Psixologiyaning tadqiqot metodlari va
Download 312 Kb. Pdf ko'rish
|
2 mavzu Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlar. (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAYANCH TUSHUNCHALAR : Tamoyillar
- Identifikatsiya - ijtimoiylashtirishning muhim mexanizmi bo„lib hisoblanadi. Ijtimoiy fatsilitatsiya
- Sotsiometriya
1.Psixologiya sohasida ilmiy tekshirish olib borishning о‘ziga xosligi 2. MAVZU: PSIXOLOGIYANING TADQIQOT METODLARI VA TARMOQLARI REJA: 1. Psixologiya sohasida ilmiy tekshirish olib borishning o„ziga xosligi. 2. Psixologiyaning asosiy tamoyillari 3. Psixologiyaning tadqiqot metodlari TAYANCH TUSHUNCHALAR: Tamoyillar - tadqiq etilayotgan ob‟ektni mazmunli bayon etish, tajribama‟lumotlariga ega bo„lish muolajalarini rejalashtirish, ularni umumlashtirib, izohlash, shuningdek, ilmiy farazlarni ilgari surib, ularni tekshirish imkonini beradi. Identifikatsiya - ijtimoiylashtirishning muhim mexanizmi bo„lib hisoblanadi. Ijtimoiy fatsilitatsiya – bu ba‟zi odamlarning boshqalarning faoliyatiga ular oldida yoki bevosita ishtirokida amalga oshiriluvchi ijobiy rag„batlantiruvchi ta‟siri. Sotsiometriya – o„zaro munosabatlar va psixologik kelishuvchanlikning tuzilishini aniqlash maqsadida guruhdagi shaxslararo munosabatlarni psixologik tadqiq etish metodi. Hozirgi zamon psixologiyasi yaxlit fanning o„zidan emas, balki mustaqil fan bo„lishga da‟vogarlik qiluvchi ilmiy fanlar majmuasidan iborat. Bu majmuadan psixologiyaning ta‟lim bilan bog„liq bo„lgan asosiy va amaliy, umumiy va maxsus sohalari o„rin olgan. Psixologiya fanining asosiy sohalari odamlarning aniq bir faoliyat bilan shug„ullanishidan qat‟iy nazar, odamlarning hulq-atvor psixologiyasini bilish va tushuntirib berishda umumiy ahamiyatga ega. Fanning bu sohalari odam hulq-atvori va psixologiyasi bilan qiziquvchilarga birday zarur bo„lgan bilimlarni berishlari kerak. Ba‟zida umumiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ular «umumiy psixologiya» atamasi bilan umumlashtiriladi. Umumiy psixologiya sohasidagi tadqiqotlar natijalari psixologiya fanining barcha soha va bo„limlarining rivojlanishi uchun asos bo„lib hisoblanadi. (2.1 rasm). SHu bilan birga, ma‟lum maxsus yoki nazariy faoliyatning u yoki bu turi bilan mashg„ul odamlar hulq-atvori va psixologiyasini tadqiq etuvchi fanning maxsus yoki amaliy sohalari ham ajratiladi (2.2 rasm). Psixologiya fanida ilmiy tadqiqotlarning integratsiyalashuvi va differensiatsiyalash jarayonlari ro„y beradi. Xususan, psixologiyaning jadal rivojlanishi uning differensiatsiyasiga – psixologiya fanlari qator sohalarining, shu jumladan, psixologiyani boshqa fanlar bilan bog„lovchi fanlararo sohalarning yuzaga kelishiga olib keldi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, psixik Yosh psixologiyasi Ijtimoiy psixologiya Psixofiziologiya Zoopsixologiya UMUMIY PSIXOLOGIYA Bilish jarayonlari va holatlar psixologiyasi Shaxs psixologiyasi Individual tafovutlar psixologiyasi Download 312 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling