Psixologiyaning tadqiqot metodlari va


 Rasm. Psixologiya fanining asosiy sohalari


Download 312 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana22.01.2023
Hajmi312 Kb.
#1110211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2 mavzu Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlar. (4)

2.1. Rasm. Psixologiya fanining asosiy sohalari
Pedagogik psixologiya 
Tibbiyot psixologiyasi 
Harbiy psixologiya 
Psixologik tadqiqotlarning maxsus sohalari
Koinot psixologiyasi 
Muhandislik psixologiya 
Mehnat psixologiyasi
Siyosiy psixologiya 
Huquqiy psixologiya 
 2.2.Rasm. Psixologiya fanining maxsus sohalari 


jarayonlarning 
asosi 
bo„lgan 
fiziologiya 
mexanizmlarini 
o„rganuvchi 
psixofiziologiya shakllandi. XVIII-XIX asrlarda boshlangan hayvonlar psixik 
faolligini o„rganish bo„yicha tadqiqotlar ekologiya, otologiya va boshqa fanlar 
bilan uzviy bog„langan zoopsixologiyani yuzaga keltirdi. Psixologiyaning alohida 
sohasi bo„lib psixogigiena, psixoterapiya va tibbiyot deontologiyasi masalalarini, 
patopsixologiya (qabul qilish, xotira, tafakkur va boshqalar kabi psixik 
jarayonlarning izdan chiqish qonuniyatlarini tadqiq etuvchi), neyropsixologiya 
(psixik jarayonlarning bosh miya ma‟lum tuzilmalari bilan aloqasini o„rganuvchi) 
va psixokorreksiyani o„rganuvchi tibbiyot psixologiyasi hisoblanadi. 
Bir-biri bilan o„zaro uzviy bog„langan bolalar psixologiyasi (bola psixik 
rivojlanishining qonuniyatlarini o„rganadi) va pedagogik psixologiya (maqsadga 
yo„naltirilgan pedagogik jarayon sharoitida psixikani tadqiq etib, ta‟lim va 
tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqadi), yosh psixologiyasi (o„rganish 
predmeti – psixikaning yosh xususiyatlari), mehnat psixologiyasi (issleduet mehnat 
jarayonida psixik faoliyat va shaxsni tadqiq etib, kasb tanlash, mehnat jamoalarini 
tashkil etish va boshqalar bo„yicha tavsiyalar ishlab chiqadi), boshqaruvning 
avtomatlashtirilgan tizimlarini loyihalash va ularni takomillashtirishda muhim 
ahamiyatga ega bo„lgan muhandislik psixologiyasi («inson – qurilma» tizimida 
inson faoliyatini o„rganuvchi mehnat psixologiyasining bo„limi); koinot 
psixologiyasi (koinotga parvoz sharoitida psixik faoliyatning xususiyatlarini 
o„rganadi), ijtimoiy psixologiya (jamoada inson faoliyati va shaxslararo 
munosabatlarning shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etadi), qiyosiy psixologiya 
(o„rganish predmeti – odam va hayvon psixikasi kelib chiqishi va rivojlanishidagi 
umumiylik va tafovutlar) kabi mustaqil bo„limlarga shakllandilar.
1
Psixologiyaning ko„plab sohalari quyidagi mezonlar bo„yicha ajratiladi: 
- aniq faoliyat (mehnat psixologiyasi, tibbiyot, pedagogik psixologiya, san‟at, 
sport psixologiyasi va shu kabilar); 
- rivojlanish (hayvonlar psixologiyasi, qiyosiy psixologiya, rivojlanish 
psixologiyasi, bolalar psixologiyasi va shu kabilar); 
- ijtimoiy umumiylik (ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, guruh, sinf 
psixologiyasi, etnopsixologiya va h.k.). 
Sohalar bo„yicha faoliyat maqsadiga ko„ra tafovut muhim ahamiyat kasb etadi 
(yangi bilimlarga ega bo„lish va ularni qo„llash): asosiy va amaliy fanlar; tadqiq 
etish predmetiga ko„ra – rivojlanish psixologiyasi, ijod, shaxs psixologiyasi va h.k. 
Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi asosida yuzaga kelgan fanlar sifatida 
psixofiziologiya, neyropsixologiya, matematik psixologiya va boshqalarni keltirish 
mumkin. Psixologiyaning amaliyotning turli sohalari bilan murakkab aloqalarining 


rivojlanishini tashkiliy, muhandislik psixologiyasi, sport psixologiyasi, pedagogik 
psixologiya va shu kabilarda kuzatish mumkin. 
Turli mualliflar psixologiyaning 100dan ortiq sohalarini sanab o„tadilar. 
Lekin aslida hozirgi kunda ularning soni bundan oshib ketgan. 
SHuningdek, psixologiyaning maxsus bo„lim va yo„nalishlari ham mavjud: 
differensial psixologiya (odamlar o„rtasidagi individual tafovutlarni o„rganadi), 
qabul qilish psixologiyasi, kriminalistika va sud psixologiyasi, ilmiy, texnikaviy va 
badiiy ijod psixologiyasi, qarish psixologiyasi (gerontopsixologiya), aviatsiya 
psixologiyasi. 
Hozirgi zamon psixologiyasi boyib, turli-tuman bo„lib bormoqda, oxirgi 
yillarda psixologiyaning yangi sohalari: antropologik psixologiya, akmeologiya
tahdid va terrorizm psixologiyasi, xristianlik psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, 
davriy psixologiya, biokonstitutsion psixologiya, «buyukshunoslik» psixologiyasi, 
o„sish psixologiyasi, tirik hayot psixologiyasi, kvant psixologiyasi, tergov 
psixologiyasi, badiiy qabul etish psixologiyasi, psixologik adabiyotshunoslik, 
eshitish qobiliyatlar psixologiyasi, ko„zi ojiz kar-soqovlar psixologiyasi, 
kitobxonlar va kitob psixologiyasi, mavh etish psixologiyasi, tushlar va tush 
ko„rish psixologiyasi, sevgi psixologiyasi, inqirozli va xavfli vaziyatlar 
psixologiyasi, ekzoteratik psixologiya, taqdir psixologiyasi, mutaassiblik 
psixologiyasi, qobiliyatlar psixologiyasi, xususiylik psixologiyasi, o„quv faoliyat 
psixologiyasi, ayollar psixologiyasi, tobe hulq-atvor psixologiyasi, genotsid va 
ommaviy qotilliklar psixologiyasi, xizmat muloqoti psixologiyasi, o„qituvchi 
psixologiyasi, tashqi ko„rinish psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, buyruq 
psixologiyasi, savdo-sotiq psixologiyasi, OAV psixologiyasi, elektoral hulq-atvor 
psixologiyasi, erkaklar psixologiyasi, din psixologiyasi, tomalogiya, qo„rquv 
psixologiyasi, o„lim psixologiyasi, muqobil psixologiya va boshqalar faol 
shakllanib bormoqda. 
Bu sohalar bilan bir qatorda yoki, real hodisalar va inson turlarini, yoki, 
bilimlar sohasi yoinki maxsus kurslarni ifodalovchi umuman kutilmagan so„z 
birikmalari yuzaga kelmoqda, xususan,: qarzdor, qarz beruvchi, qimmatli 
qog„ozlar egasi, narx-navo, so„roq qilish, futbolchilar, rassom, diktatura, bezori, 
kasbiy daraja, ishonch, e‟tiqod, jinsiy munosabatlar, murabbiylik faoliyati, 
muloqot, ishoratlar, hissiy kuyish, muxbirlik psixologik madaniyati, o„qituvchilik 
faoliyati, bir tarafmalilik, dizayn, bolalar o„yini, baxtsizlik, hissiy munosabatlar, 
ayol xiyonati, janjal, yutuqqa erishish, sayohat, millatga tegishlilik, qasd qilish 
hulq-atvori, ta‟sir o„tkazish, ishdan bo„shatish, bolalar ijodiyoti, tarbiyasi og„ir 
o„smirlar, aqli zaif o„quvchi, bayram, tabassum, jizzakilik, er-xotinlar, telefon 
so„zlashuvlari, qotil psixologiyasi shular jumlasidandir. 


An‟anaviy psixologik fanlar – umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, 
shaxs psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, yosh va pedagogik psixologiya chuqur 
o„zgarishlarga uchramoqda. 
Hozirgi zamon psixologiyasining negizini psixikaning umumiy qonunlari, 
qonuniyatlari, mexanizmlarini o„rganuvchi umumiy psixologiya tashkil etadi. U 
ilmiy kashfiyotlarni amalga oshiruvchi nazariy konsepsiyalar va tajriba 
tadqiqotlarini o„z ichiga oladi. Umumiy psixologiya akademik fan nomini olgan. 
Bu fan sifatida u universitetlarda va akademiya institutlarida rivojlanib, o„z oldiga 
asosiy bilimlarni orttirishni maqsad qilib qo„ygan. 
Bundan farqli o„laroq, amaliy psixologiya aniq bir talabgor bilan ish yuritadi, 
noma‟lumlikni ilmiy tarzda ochib beruvchi keng hajmli va chuqur tadqiqotlarni 
olib bormasdan, mijozning amaliy ehtiyojlari, masalan, savdo tashkiloti, vazirlik 
yoki idora, harbiy kasalxona yoki umumta‟lim maktabi bilan ish ko„radi. Amaliy 
psixologlarning asosiy ish vositasi – treninglar, xususan: psixodrama, jismoniy 
treninglar, NLP-treninglar, o„zini o„stirish treninglari, ijtimoiy o„zaro munosabatlar 
treninglari, geshtalttreninglar, shaxsiy o„sish treninglari va biznes-treninglar, 
autotreninglar va qobiliyatlarni rivojlntirish treninglari, ota-onalar va bolalar uchun 
treninglar. 
Amaliy psixologiyaning bir qismini qator masalalarni, jumladan, ish bo„yicha 
yuzaga keladigan qiyinchiliklar (ishdan qanoatlanmaslik, hamkasblar va boshliqlar 
bilan kelishmovchiliklar, ishdan bo„shatilish imkoniyati, yangi ish izlash 
muammolari), shaxsiy hayotdagi tartibsizliklar oiladagi ixtiloflar, baynalminal 
oilalarning muammolari, maktab yoki oliygohdagi yomon o„zlashtirish, ota-onalar 
va bolalar munosabatlarining muammolari, o„ziga nisbatan ishonch va hurmatning 
etishmovchiligi, shaxslararo munosabatning o„rnatilishi va mustahkamlashdagi 
qiyinchiliklarni hal etuvchi – psixologik maslahat tashkil etadi.

Download 312 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling