Psixologiyaning tadqiqot metodlari va
Download 312 Kb. Pdf ko'rish
|
2 mavzu Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlar. (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Determinizm tamoyili.
- Ong va faoliyatning birligi tamoyili.
3. Psixologiya fanining
tamoyillari birinchi navbatda, yoshlarda yangicha iqtisodiy tafakkur shakllanishining jamiyat iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatiga e‟tiborni qaratgan edilar. Demak, yangi davr shaxsini tarbiyalash va uning jamiyatga moslashuvi masalasida psixologiya iqtisodiyot fanida qo„lga kiritgan yutuqlar, yangiliklar va iqtisodiy samaraga erishish omillarini hisobga olsa, iqtisodiyot o„z navbatida iqtisodiy islohotlarning ob‟ekti hamda sub‟ekti bo„lmish inson omilidagi barcha psixologik o„zgarishlarni aniqlash, tahlil qilish va shu asnoda bashorat qilish vazifasini echishi kerak. YUqorida ta‟kidlangan fan tarmoqlari psixologiya bevosita uzviy aloqada rivojlanadigan fanlarning asosiy qismi xolos. Bugungi kunda har bir fan rivoji uchun inson omilini hisobga olish zarur ekan, psixologiya o„sha barcha fanlar bilan aloqada va hamkorlikda rivojlanadi. SHuning uchun bugungi kunda psixologiya fanidan alohida bo„lib ajralib chiqqan tarmoqlar to„g„risida ham fikr yuritish mumkin. Psixikani o„rganish qator boshlang„ich boshqaruv nizomlariga asoslangan tamoyillarga tayanadi, bu tamoyillar tadqiq etilayotgan ob‟ektni mazmunli bayon etish, tajriba ma‟lumotlariga ega bo„lish muolajalarini rejalashtirish, ularni umumlashtirib, izohlash, shuningdek, ilmiy farazlarni ilgari surib, ularni tekshirish imkonini beradi. Psixologiyaning asosiy metodli tamoyillari sifatida quyidagilar ko„rsatilgan: 1. Determinizm tamoyili. Bu tamoyilga asosan, barcha mavjudliklar ma‟lum sabab, qonuniyatga ko„ra paydo bo„ladi, o„zgaradi va nobud bo„ladi. Psixologik tadqiqotda psixika hayot tarzidan kelib chiqib, mavjudlikning turli tashqi sharoitlari ta‟sirida o„zgarishini bildiradi. Hayvonlar psixikasi haqida so„z yuritilganda, uning rivojlanishi biologik qonun sifatidagi tabiiy tanlanish bilan belgilanishini ta‟kidlash lozim. Odam psixikasini oladigan bo„lsak, inson ongi kelib chiqishining shakllari va rivojlanishi oxir-oqibat hayot uchun zarur moddiy vositalarni ishlab chiqish usulining rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi. Determinizm tamoyilidan kelib chiquvchi xulosa sifatida inson ongining ijtimoiy-tarixiy xususiyatini tushunish xizmat qiladi. 2. Ong va faoliyatning birligi tamoyili. Ong va faoliyat uzviy birlikni tashkil etadi, lekin ular bir-biriga aynan o„xshash emas. Ong faoliyat jarayonida uning ichki rejasini, dasturini hosil qilgan holda shakllanadi. Aynan, ongda voqelikning harakatchan ko„rinishlari yuzaga keladi, ular yordamida inson atrof muhitda o„z yo„nalishini aniqlay oladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling