Psixologiyaning tadqiqot metodlari va


 Psixologik tadqiqot metodlari


Download 312 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana22.01.2023
Hajmi312 Kb.
#1110211
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
2 mavzu Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlar. (4)

 
4. Psixologik tadqiqot metodlari 
Ong va faoliyatning birligi tamoyili ruhshunoslarga hulq-atvor, faoliyatni 
o„rgangan holda, samarali maqsadga muvofiq harakatlarning ichki psixologik 
mexanizmlarini aniqlash, ya‟ni, psixikaning ob‟ektiv qonuniyatlarini ochib berish 
imkonini beradi. 
3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanish tamoyili. Ushbu tamoyil psixika 
haqida uning faoliyat jarayoni va natijasi sifatida uzluksiz rivojlanishda ko„rib 
chiqilgandagina to„g„ri tushuncha hosil bo„lishini bildiradi. 
Har bir psixik hodisaning tadqiq etilishi shu hodisaning aynan hozirgi vaqtga 
tegishli bo„lgan xususiyatlarining ta‟rifini, yuzaga kelish va shakllanish tarixini, 
shuningdek, rivojlanish istiqbollarini o„z ichiga olgan bo„lishi kerak. 
Olimlar inson psixologiyasi va hulq-atvorini o„rganishda ularni bir tomondan, 
organizmning biologik tuzilishi va faoliyati nuqtai nazaridan, ikkinchi tomondan, 
ijtimoiy rivojlanish qonunlari yordamida tushuntirib berishga harakat qiladilar. 
Har bir fan aniq ma‟lumotlarga 
asoslanadi. Ob‟ektiv voqelikning bunday 
hodisalarini to„plab, solishtirib, guruhlarga 
ajratib va umumlashtirib, fan yaratilishi kabi eng muhim zaruriyatni, aynan, 
irodamiz va ongimizdan mustaqil ravishda mavjud olamning ob‟ektiv qonunlarini 
ochib beradi. Bu ma‟lumotlarga ega bo„lish usullari ilmiy-tadqiqot metodlari yoki 
bilim, nazariya, ta‟limot deb ataladi. SHunday qilib, metod – ilmiy-tadqiqot 
yo„nalishi yoki biror-bir reallikni bilish usuli. Ilmiy metod o„z tuzilishiga ko„ra, 
yondoshuvlar va muolajalar yig„indisidan iborat. Ilmiy tadqiqotlarning metodlari 
yordamida olimlar keyinchalik ilmiy nazariyalar tuzish va amaliy tavsiyalar ishlab 
chiqish uchun ishonchli ma‟lumotlar oladilar. 
Har qanday fanga o„xshash psixologiya ham o„zining tadqiqot metodlariga 
ega. Psixologik tadqiqotda qo„llaniladigan metodlarning barchasini to„rt guruhga 
ajratish mumkin: 1) tashkiliy metodlar; 2) tajriba metodlari; 3) ma‟lumotlarni qayta 
ishlab chiqish metodlari; 4) izohlash metodlari. Birinchi guruhga qiyosiy, 
longityud va majmua metodlari kiradi. Ma‟lumotlar olishning tajriba metodlari 
kuzatish va o„zini kuzatish (introspeksiya), tajriba metodlari (laboratoriya, tabiiy, 
shakllantiruvchi), 
psixologik 
tashhislash 
metodlari 
(testlar, 
anketalar, 
so„rovnomalar, sotsiometriya, suhbat, intervyu), faoliyat mahsuli tahlili 
(xronometriya, kasbiy ta‟riflar, mahsulot va bajarilgan ishlarni baholash va 
boshqalar), tarjimai hol va egizaklar metodlarini o„z ichiga oladi. Ma‟lumotlarni 
qayta ishlash metodlariga miqdoriy (statistika) va sifat (materialni guruhlarga 
ajratish, tahlil) metodlari kiradi. Izohlash metodlariga turli xildagi irsiy 
(materilning rivojlanishdagi alohida davrlar, bosqichlar, xavfli vaziyatlar va 
boshqalarni ajratib ko„rsatgan holda tahlili) va tarkibiy (psixika barcha 
xususiyatlarining tuzilishlari o„rtasidagi aloqani o„rnatish) metodlar kiradi. 


Endi esa psixologik tadqiqotning asosiy metodlarini birmuncha to„liqroq 
holatda ko„rib chiqamiz. 
Qiyosiy metod («ko„ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub 
odamlarning yoshi, ma‟lumoti, faoliyati va muloqotiga ko„ra taqqoslashdan iborat. 
Masalan, yoshi va jinsi bir xil bo„lgan odamlarning ikkita katta guruhi (talabalar va 
ishchilar) ilmiy ma‟lumotlarga ega bo„lish uchun bir xil tajriba metodlari bilan 
tadqiq etiladi va olingan ma‟lumotlar o„zaro solishtiriladi. 

Download 312 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling