Psixologiyaning tadqiqot metodlari va


Download 312 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/15
Sana22.01.2023
Hajmi312 Kb.
#1110211
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 mavzu Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlar. (4)

SHaxsni bilish testlari – individ shaxsining turli tomonlariga baho berish 
imkonini yaratuvchi psixologik tashhislash metodikasi. 
5. Loyihalash testlaripsixologik izohlashga, ya‟ni, sub‟ekt tomonidan 
xususiy xossalari va holatlarining ustun bo„lgan ehtiyojlar, mazmunlar va 
qadriyatlar ta‟sirida ongli va ongsiz ravishda tashqi ob‟ektlarga ko„chirilishiga 
asoslangan shaxsni yaxlit o„rganish uchun qo„llaniladigan metodikalar jamlanmasi. 
YUqorida keltirilgan testlar turlarining aniq qo„llanilishi haqidagi 
ma‟lumotlarga A.X. YUgayning «Obщaya psixologiya: laboratorno-prakticheskie 
zanyatiya» (Tashkent, 2007) o„quv qo„llanmasi yordamida ega bo„lish mumkin. 
6. Suhbat metodi o„rganilayotgan muammoni qo„shimcha ravishda yoritib 
berish uchun yordamchi vosita bo„lib hisoblanadi. Suhbatbu nutq muloqoti 
orqali psixologik axborotga to„g„ridan-to„g„ri yoki bevosita yo„l bilan ega bo„lishni 
ko„zda tutuvchi metod. Suhbat sinaluvchi, uning harakatlari mayllari va motivlari, 
2
S.K.Mangal: “General Psychology” 2013y 37p 


psixik holatlari va boshqalar haqida ma‟lumot olishning asosiy usuli bo„lib xizmat 
qiladi. 
7. Psixologik intervyu – insonning shaxsiy sifatlari, tasavvurlari, motivlari va 
boshqalarni o„rganishga yo„naltirilgan intervyu. Psixologik metod sifatida intervyu 
o„tkazilishi uchun katta kuch va vaqt talab qilgani hisobiga, asosan, individual 
tadqiqot ishida, ya‟ni, shifoxona amaliyotida, maslahat berishda, shaxsiy 
psixologik korreksiya jarayonida qo„llaniladi. Bu metodning afzalligi shundaki
etarlicha tayyorgarlikka ega bo„lgan psixolog yordamida so„z iboralari, mimika, 
holat, tovush sifati, tashqi ko„rinish, harakatlarning o„ziga xosligi, faollik darajasi, 
hissiy reaksiya va boshqa muloqotning barcha omillari kabi manbalardan inson 
haqida katta hajmli axborot olish mumkin. 
8. Anketa – oldindan tuzilgan savollar tizimiga javoblar olish uchun 
so„rovnoma varag„idan iborat verbal kommunikatsiya asosida birlamchi ijtimoiy-
psixologik axborot olishda qo„llaniladigan metodik vosita. 
9. Sotsiometriya – o„zaro munosabatlar va psixologik kelishuvchanlikning 
tuzilishini aniqlash maqsadida guruhdagi shaxslararo munosabatlarni psixologik 
tadqiq etish metodi. 
Xulosa o„rnida aytish mumkinki, metodni samarali qo„llash uning validligi 
(oldindan belgilab qo„yilgani bo„yicha baholash uchun mos kelishi) va 
ishonchliligiga (takroriy va qayta tadqiq etishda bir xil natijalar olish imkonini 
beruvchi) bog„liqdir. 
Ishonchlilik va validlik – bular psixologik tashhisning sifati va yuqori 
samaradorligini aniqlash mumkin bo„lgan mezonlar.

Download 312 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling