Psixologiyasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B
Rashk hislari
Sevishganlar yoki oila qurayotganlarning o ‘zaro munosabatlarini xarakterlovchi vaziyat, sharoitlardan biri bu — rashkdir. Sevikli odamidan ajralib qolish, uni yo‘qotib qo’yish xavfmi hech qachon boshdan kechirma- gan odam rashkni qandaydir tushunarsiz aqlsizlikdek tasaw ur qilishi mumkin. Sevikli odamidan ajralib qolish nima ekanligini bir marta bo‘Isa ham boshidan kechirgan 79 odam esa rashkchini osongina tushunadi va unga m a’lum darajada hamdardlik bilan munosabatda bo‘ladi. Oldingi vaqtlarda, ayniqsa, sobiq ittifoq davrida (40—60-yillarda) ayrim salmoqli adabiyotlarda, rashk — bu «o’tmishning jirkanch qoldig‘i», «xususiy mulkchilik asosida tug‘ilgan past hissiyot»dir, odamning shaxsiy erkinligini va boshqa odamlar shaxsiyatini hurmat qilish darajasiga erishilsa, rashk haqidagi gaplar o ‘z -o ‘zidan yo‘q bo‘lib ketadi, chunki bunaqa sharoitlarda uning yuzaga kelishi uchun hech qanday asos bo‘lmaydi, deb yozilar edi. Haqiqatan ham, rashk aksariyat hollarda xususiy mulkchilik psixologiyasi izlarini o ‘zida namoyon qiladi, ayrim odamlarda «rashk qiladimi — demak sevadi!» — degan qarash hozir ham mavjud. Ko'pchilik odamlar uchun rashk — sevgining o ‘ziga xos zarur «ziravor»lari- dan biridir. Hozirgi vaqtlarga kelib bu o ‘tmish «qoldig‘i» asta- sekinlik bilan qayta oqlanmoqda. Nafaqat badiiy ada biyotlarda, balki publitsistik va ilmiy asarlarda ham bu hissiyotning yashashga, mavjud bo ‘lishga haqqi borligi tez-tez qayd etilmoqda. 0 ‘z navbatida A. I. Gersen rashk haqida gapirib: «Rashkni bir yoqlama qat’iy yo‘q qilib yu- borish, shu bilan birga ayolga, erkakka bo‘lgan sevgini jinsga bo‘lgan sevgi bilan aralashtirib, uni butunlay yo‘q qilib yuborishdir», — degan edi. Sevuvchi va shu'sevgan odamiga nisbatan hech qachon rashkini his qilmagan, sevgan odami xulqiga nisbatan bee’tibor munosabatda bo'lgan birorta odamni topish qiyin, rashk bu sevgini hi- moya qiluvchi vosita sifatida vujudga kelgan. Shuning uchun ham uni faqat sevgi bilan birgalikdagina yo‘qotish mumkin. Atoqli shoirimiz Uyg‘un aytganidek: Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling