Psixologiyasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B
Muhabbatning belgilari
Sevgi qalbga umrbod yo'ldosh, Muhabbatdan voz kechib bo'lmas. Hayotimning mazmuni sevgi, Qalb teparkan, muhabbat o ‘lmas 73 muhabbat hislarini boshdan kechirayotgan shaxs o'z sevgilisi bilan birga bo'lishni, bo'sh vaqtlarini birga o ‘tkazishni, tezroq u bilan oila qurishni va umrining oxiri- gacha birga b o ‘lishni orzu qiladi, shunga intiladi, u ko‘pincha bu rejasini amalga oshiradi. Bunday oliy baxtga erishish yo‘lida turli to ‘siqlar uchrashi muqarrardir. Chunki hayot bitmas-tugunmas, turli-tuman qiyinchilik- lar va qarama-qarshiliklardan, jumladan, ota-onalaming qarshiligi, sevgilisining o‘zga kishi bilan nikohda ekanligi, ikkalalarining ham nikoh yoshida emasligi, ijtimoiy va iqtisodiy yetuklikka erishmaganligi, uy-joyning yo‘qligi, birining o‘zga shahardan yoki qishloqdan kelganligi, o ‘zga millatga mansubligi va hokazolardan iboratdir. Yuqoridagi sabablar sevgi hissiyotini boshidan kechi rayotgan yoshlar uchun to‘siq bo‘la olmaydi va ular bu to ‘siqlarning bariga e’tiborsizlik bilan qarashadi. Ularning fikricha muhabbat barcha narsaga qodir, bar cha to ‘siqlarni yenga oladi, ayni vaqtda muhabbatlari haqiqiy bo‘Isa, ular barcha qiyinchiliklarga birgalikda bardosh berishadi. Haqiqatan ham, chin muhabbat bu to ‘siqlami so‘zda yoki tasavwurda emas, balki hayotda, amalda yengib o‘tadi va oila qurishda, hayotiy qi- yinchiliklarni yengib o ‘tishda katta omil hisoblanadi. Lekin yoshlar faqat ikki narsani oldindan ko‘ra bilmay- dilar: 1) muhabbatning hissiy kuchi uchinchi bosqichga o ‘tgandan keyin bir muncha susayishini; 2) hissiyot kuchi susayishi bilan hayot qiyinchiliklari ahamiyatining keskin oshishi va sevishganlarning o ‘zaro munosabatla- riga salbiy ta ’sir ko‘rsatishini, ko‘pgina sevishganlar o ‘z muhabbatlarini boshqalamikidan ustun qo‘yishadi va umrlarining oxirigacha shunday qoladi, deb o‘ylaydilar. 4. Sevgilisida boshqalar ko‘rmagan iihatlarni ko‘rish. o‘zgalar ahamivat bermaaan xislatlarni sezish. hali yaqqol ifodalanmagan qobiliyatni aniqlash, uning qanday mutaxassis bo‘lib yetishishini oldindan ko‘ra bilishning barchasi muhabbat ziyrakligining namoyon bo‘hshidir. Bu, albatta, sevgan odamning qanday ko‘z bilan qarashiga bog‘liq. Bu qarashning o‘ziga xos ruhiy tomoni shundaki, u basharti ijobiy tomonlarini bo‘rttirib ko‘rsatsa, salbiy tomonlarga e ’tibor bermaydi. Shular tufayli ko‘pincha sevgilisining ota-onasi ham ko‘ra bil- magan istiqbolini aytib bera oladi. 74 6. Sevsan odam da havotea nisbatan muhabbat kuchavadi. Buni quyidagilarda ko‘rish mumkin: ularda ruhiy jihatdan keskin o'zgarish sodir boladi, dunyoni o'zgacha tasawur qilishadi, hayotni chuqurroq idrok eta boshlaydilar, o‘zgalarni qalbdan tushunish, ularga ham- dardlik bildirish kuchayadi, ilgari yaqqol ifodalanmagan rahmdillik hislari paydo bo'ladi va ortadi. 0 ‘zgalarga yordam qo‘lini cho'zish, tevarak-atrofdagi go’zallikni ko‘ra olish — estetik idrok qilish kuchayadi. Axloqiy qarashlar yuksaladi, oldingi yomon odatlarini tashlaydi (bu muhabbatning tarbiyaviy ta ’siri o‘zgalarga bo'lgan hurmatning oshishi tufaylidir), ijodiy faoliyati va ish qo- biliyati ortadi (chunki muhabbat kishi faoliyatiga kuchli ta ’sir qiladi) va h.k. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling