Psixologiyasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/97
Sana11.11.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1766811
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   97
Bog'liq
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B

Muhabbat psixologiyasi
61


ham muhabbat haqidagi turlicha, ko‘pincha bir-biriga 
zid fikr va ta’riflami uchratish mumkin.
Ba’zi mualliflar esa muhabbat hislarini sof ruhiyat 
komponenti sifatida bayon etib, undagi fiziologik kom- 
ponentni inkor etadilar. Fiziologik komponent hayvon- 
larga xos bo‘lgan organik ehtiyojlami qondirishdan iborat 
instinktning ifodalanishi sifatida idrok etiladi. Shu sababli 
ham ular odam hayvoniy hirsdan, jinsiy intilishlardan 
ozod bo‘lishi kerak deb, hisoblashadi va muhabbat hislar- 
iga bir yoqlama yondashishadi. Klassik asarlarda, jum- 
ladan, qadimgi hind traktatida muhabbatga bir muncha 
to ‘liq ta’rif beriladi: «Aql mayli hurmatni tug‘dirsa, qalb 
mayli do‘stlikni, tana mayli xohishni tug‘diradi. Aql, qalb 
va tana bir bo‘lib sevgi-muhabbatni tug'diradi». Volter: 
«Sevgi-muhabbat — bu ham qalb, ham aql va tanaga bir 
vaqtning o ‘zida hujum qilinadigan eng kuchli, zavqli his- 
tuyg‘ulardan biridir», — deb ta ’rif beradi. Bu ta ’riflami 
o'zaro taqqoslash va ruhiy tahlil qilish, sevgi-muhabbat- 
da zaruriy ruhiyat komponenti bilan bir paytda fiziologik 
komponent ham hisoblanadi.
Qadimgi 
yunonlar sevgi-muhabbatni 
qanday 
yo'nalishda 
ketishiga qarab ikki turga — «eras» va 
«agape»ga bo'lganlar, vaholanki, ular muhabbatning ik­
ki muhim tomonidir, ya’ni «eras» — muhabbat ob’ekti- 
ga ega bo'lishga, uni o ‘ziniki qilib olishga qaratilgan 
bo‘lsa, «agape» — hissiyotni boshidan kechirayotgan 
shaxsning hissiyot ob’ektiga o‘zini bag‘ishlashidir. Ana 
shu hissiyot har bir odamda uchraydi. Shu hissiyotlarda 
qaysi biri ustunlik qilishiga qarab, kishidagi muhabbatni, 
aniqrog‘i hissiyotni boshidan kechirayotgan shaxsni va 
uning muhabbatdagi istiqbolini ham oldindan aytib 
berish mumkin. Basharti «agape» ustunlik qilsa, his- 
siyotning umri uzoq bo‘lishi va aksincha «eras» ustun 
bo‘lsa, tez orada hissiy qoniqish sodir bo‘lib, bunday 
odamdagi muhabbat hislarining umri nihoyatda qisqa 
bo‘lishi mumkinligi kuzatiladi.
Sevgi-muhabbat tuyg‘ularini D.A.Li bir necha 
turlarga bo'ladi:
1. EROS — kuchli sevgi-muhabbat hislari bo‘lib, bu 
hislar asosida yotgan motiv muhabbat ob’ektiga jis­
moniy ega bo'lish. Bunda jinsiy intilish yetakchilik 
qiladi.
62


63


2. LYUDUS — sevgi hislarining unchalik chuqur 
bo‘lmagan muhabbat o £yini sifatida idrok qili- 
nadigan, sevgi hislari ob’ekti oson almashishi 
mumkin bolgan turi.
3. STORGE — tashqi ko‘rinishidan kuchli ifodalan- 
magan, ammo ishonchli muhabbat-do‘stlik turi.
4. PRAGMA (L+S) — lyudus va storgelardan iborat 
doimo ong nazoratida bolgan, sevgan shaxsining 
manfaatlarini ko‘zlagan maqsadlari asosida yuza­
ga kelgan sevgi hislaridir.
5. MANIYA (E+L) — eros va lyudusdan iborat 
b o lib , sevgan kishi sevgi ob’ektidan tobeligi bilan 
xarakterlanadi. Ammo eros va lyudusdan bu 
turning farqi sevgan shaxsda o £ziga ishonch his­
lari yetarli bolm aydi.
6. AGAPE (E+S) — eros va storgelar yiglndisidan 
iborat kuchli ifodalanadigan, 
sevgan kishi 
muhabbat ob’ektiga hamma narsasini va hatto 
o‘zini ham bag‘ishlashga tayyor bolgan hislar 
turi va hokazo.
Kuzatishlarga ko£ra, erkaklarning sevgi-muhabbat 
hislarida ko£proq qismini eros va lyudus, ayollarda esa 
pragma, storge va maniya turlari tashkil etadi.
0 £smir va o£spirin yoshidagi o£g£il va qiz bolalarda 
ko£proq maniya turi, 
katta yoshdagilarda esa boshqa 
turlar kuzatiladi.
Bir shaxsning hayotida muhabbatning yuqoridagi bir 
necha turlari alohida kuzatilishi mumkin. Ba’zilarda esa 
faqat bitta tur uchraydi. Bizning fikrimizcha, muhabbat 
turlari sevgan va sevilgan kishilaming yoshiga, husniga, 
m a’lumotiga, madaniy saviyasiga, jam iyatda tutgan 
mavqeiga, hayot tarziga, dunyoqarashiga, qaysi muhitda 
tarbiyakolganligiga, xarakteriga, jinsiy hulqiga, qarama- 
qarshi jins haqidagi tasawuriga, nerv sistemasiga, milliy 
psixologik xususiyatlariga bogliq. Ba’zi yigit va qizlarda 
sevgi hislari bir turda boshlanib, m a’lum vaqtdan so£ng 
o £zga turga o ‘tishi mumkin. Masalan: «Eros» turida 
boshlanib «agape»ga aylanish yoki «lyudus» tarzida yuza­
ga kelib, «storge» turiga o lish i mumkin.
Agar muhabbat turiga nazar tashlaydigan bolsak, 
erkin muhabbatning shakllanishi o £rta asrlarga to £g£ri 
keladi. Xususiy mulkchilikning 
ravnaqi, antagonistik
64


sinflaming mavjudligi, ayollarning huquqsizligi erkin 
muhabbatning ravnaq topishiga to‘sqinlik qiladi. «Layli 
va Majnun», «Tohir va Zuhra», «Farhod va Shirin», 
«Romeo va Juletta» kabilarni erkin muhabbatning yuza­
ga kelishi va uning taqdiri haqidagi ilk asarlar deb aytish 
mumkin.
Taraqqiy etgan jamiyatda yangi tartiblarga asosan 
yuzaga kelgan oila, erkak va ayol o'rtasidagi mavjud 
tengsizliklami yo'qotish muhabbatning yuqori darajada 
ravnaq topishiga zaruriy shart-sharoit yaratadi.
Lekin, afsuski, ba’zi yoshlar «erkin hayot», «erkin 
muhabbat» kabi ruhiyat omillarini noto‘g‘ri tushunib, 
m a’naviy axloqsizlikka mayl q o ‘yishyapti, insonlar 
o‘rtasidagi eng nozik bolm ish jinsiy munosabatlardan 
esa «boylik orttirish», «go‘zal hayot» kechirish manbai 
sifatida foydalanishmoqda. 
Bu axloqiy tubanlik, 
nosoglom dunyoqarash oqibatidir. Bu hoi ba’zi oilalar­
da m a’naviy tarbiya masalasi unutib qo’yilganligining, 
ayrim ta’lim-tarbiya muassasalari va ularning pedagogik 
jamoalarining o ‘z vazifalarini yetarh darajada uddalay 
olmayotganliklari natijasidir.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling