Psixologiyasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari


Kontratseptiv vositalardan foydalanishga qaysi


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/97
Sana11.11.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1766811
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   97
Bog'liq
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B

Kontratseptiv vositalardan foydalanishga qaysi 
omillar ta’sir qiladi?
Birinchidan, 
erkak va ayollaming anatomo-fiziologik 
xususiyatlari orasidagi tafovut. Tanasi boshqa dard bilmas, 
deydi xalqimiz, ya’ni homilani qornida 9 oy davomida 
erkaklar olib yurmasliklari, homiladorlik bilan bog‘liq 
bo‘lgan turli boshqorong‘iliklarning va ayrim patologik 
holatlami, to ‘lg‘oq va tug‘ish jarayonidagi og‘riq hislarini 
boshdan kechirmasliklari, shuningdek, oilasiz bo‘la turib 
homilador bo‘lib qolish va u bilan bog‘liq muammolardan 
xoli ekanliklari, kontraseptiv vositalardan foydalanish, 
tasodifiy homiladorliklarning oldini olish, kutilmagan 
homilani yuzaga keltirmaslik, ona salomatligi, bola 
baquwatligi maqsadida intergenetik intervallarga e’tibor 
berish kabilar aksariyat erkaklar uchun katta ahamiyat 
kasb etmaydi. Bu masalalarga aksariyat erkaklar yengil va 
beparvolik bilan qaraydilar.
Ikkinchi dan, 
o ‘zbek va boshqa mahalliy millatga 
mansub oilalarda jinsiy tarbiya, jinsiy hayot, homilador­
lik, uni tartibga solish homila va ona salomatligini 
ta’minlash shartlari, ona yoki farzand salomatligi uchun 
maqsadga muvofiq, ba’zan esa xavfli bo‘lgan homi- 
ladorlikning oldini olish ota-ona va farzandlar orasida 
muhokama qilinmaydi, bu — uyat deb bilinadi, kattalar 
tom onidan yoshlarga bu masalalar bo'yicha zarur 
m a’lumotlar berilmaydi. Aksincha, bu mavzularga oid 
adabiyotlar, aksariyat holda, farzandlar qo‘lidan olib 
qo‘yiladi.
Uchinchidan, 
yoshlarga barcha soha bo‘yicha ma’lu- 
mot berishda maktab dasturidagi anatomiya va 
fiziologiya fanidagi elementar bilim bilan cheklaniladi. 
Oqibatda yoshlar o ‘zlari uchun nihoyatda zarur bilim- 
lami oiladan ham, maktabdan ham ololmaydilar. Jinsiy 
savodsizlik, natijada avloddan avlodga o‘tadi. Chunki 
har bir yosh jinsiy tarbiyani o ‘z oilasida qanday olgan 
bo‘Isa, katta bo‘lganda o‘z farzandlariga nisbatan shun- 
day beradi, xolos.
188



Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling