Psixologiyasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari


Bola emizish (laktatsiya)


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/97
Sana11.11.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1766811
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   97
Bog'liq
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B

Bola emizish (laktatsiya)
Bola emizish hozirgacha tug‘ishlar orasidagi tanaf- 
fuslami cho‘zishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib kel- 
moqda. Aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarda bu 
usullar boshqa usullardan ko‘ra muhimroqdir.
Ta’sir qilish mexanizmi: Bolani emizish fiziologiyasi 
tuxum donlar vazifasining nisbatan kamayishi va ano- 
vulyasiya sodir bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Anovulyatsiya 
tug‘ruqdan keyingi 4-21 oydan to 24 oygacha davom eta­
di.
Samarasi va afzalliklari: Bolani emizish tug‘ilishni 
nazorat qilishning eng muhim samarali usullaridan biri- 
ga aylanishi mumkin. Emizish davrida homilador bo‘Ub 
qolish har lOOta ayoldan faqat 2—12 tasidagina kuzatil- 
ganligi bu usulning boshqa usullarga samarasi jihatidan 
tenglashishiga dahl bo‘la oladi.
Kamchiliklari va samarasizliei: Ba’zi ayollar ko’krak 
suti bilan emizishda tajribasi bo’lmaganligi sababli ush- 
bu usulning samarasiz chiqishi hollari sodir bo‘ladi. 
Ko'krakda ahyon-ahyonda emizish, qo'shimcha ovqat- 
lantirish kabi omillar hayz siklining qayta tiklanishiga 
olib keladi. Natijada ayolning homilador bo‘lib qolish 
xavfi tug‘iladi.
Tavsivalar: Emizikli davr amenoreyasini tez-tez va 
qisqa yoki uzoq muddatli emizish bilan saqlab qolish 
mumkin.
190


Jinsiy aloqani oldindan to‘xtatish
Taraqqiy etgan hamda rivojlanayotgan mamlakatlar- 
da keng tarqalgan usul.
Ta’sir qilish mexanizmi: Jinsiy olat shahvat to‘ki- 
lishidan oldin chiqarib olinadi.
Samarasi va afzaUiklari: Bu usulning samarasi past 
hisoblanadi. Ammo erkak o ‘zini boshqara olsagina bu 
usulning samarasi birmuncha ortadi.
Noxush ta ’sirlari: Yuqorida keltirilgan usul hech 
qanday ko‘ngilsiz tibbiy oqibatlarga olib kelmaydi-yu
lekin er-xotin orasida jinsiy qoniqmaslik hollariga sabab 
bo‘hshi mumkin.
Tavsivalar: Homiladorlikdan saqlanishning boshqa 
usullaridan foydalanish imkoni bo‘lmagan hollardagina 
bu usuldan foydalanish m a’quldir.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling