Psixologiyasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
S o ‘r o g ‘in sa lo m d e k so ‘ra y d i alik
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0 ‘smirlarning yosh-psixologik xususiyatlari
S o ‘r o g ‘in sa lo m d e k so ‘ra y d i alik.
Birinchi b o ‘sa d a n yo sh lik boshlanar, U ngacha bo 'Igani b a n bolalik. U y g ' u n . 0 ‘smirlik davri haqida tushuncha Psixologiya fanining muhim sohalaridan biri bo'lmish yosh psixologiyasi bevosita inson psixologiyasining namoyon bo‘lishi va rivojlanishining turli yoshlarda qan day kechish xususiyatlari, qonuniyatlari, mexanizmlarini o‘rganadi. Psixika namoyon bo‘lishining yosh xususiyat lari o ‘rganilar ekan, shuni nazarda tutish kerakki, yosh psixologiyasida turli yosh davrlari bir-biridan sezilarli farqlanadi. Bular: chaqaloqlik davri, ilk bolalik davri, maktabgacha ta ’lim davri, kichik maktab yoshi davri, o ‘smirlik davri, ilk yoshlik davri, yoshlik davri, yetuklik davri va keksalik davrlaridir. Bu davrlaming har biri o ‘zi- ga xos xususiyatlarga, sifatlarga ega bo‘lib, ular bir-biridan odamning xronologik yosh ko‘rsatkichlariga ko‘ragina emas, balki shu davrda inson ruhiyatida kechadigan hodisalar, ro‘y beradigan o‘zgarishlar, uning ruhiyatidagi umumiy qonuniyatlarga ko‘ra ham farqlanadi. Biz ushbu mavzu orqali Sizlar haqingizda, Siz o ‘smir- larning yosh-psixologik xususiyatlaringiz haqida, ya’ni o‘smirlik davri psixologiyasi haqida to ‘xtalib o‘tamiz. 0 ‘smirlik davri insonning bolalikdan — yoshlikka o ‘tuvchi va o‘z navbatida boshqa davrlardan o ‘zining nisbatan keskinroq, murakkabroq kechishi bilan farq- lanib turuvchi davrdir. Bu davr taxminan bolalaming 5—8-sinflarda o ‘qish paytlariga to ‘g‘ri keladi va 11—12 yoshdan 14—15 yoshgacha bo‘lgan davr oralig‘ida kechadi. Ayrim bolalarda bu davr 1—2 yil ertaroq yoki kechroq kuzatilishi ham mumkin. 0 ‘smirlarning yosh-psixologik xususiyatlari 40 0 ‘smirlik davri ayrim maxsus psixologik adabiyot- larda «o‘tish davri», «og‘ir davr», «inqiroz davri» kabi nomlar bilan ham ataladi. Bu davming «og‘irligi», «keskinligi», «murakkabligi» nimalar bilan asoslanadi? 0 ‘smirlik davrining og‘ir, murakkab davr ekanligi ko‘plab psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog‘liq. Bu davrda rivojlanishning barcha jihatlari: jis- moniy, aqliy, axloqiy, ijtimoiy va shu kabilaming maz- mun — mohiyati ham o ‘zgaradi. Bu davrda o‘smir hay- otida, uning ruhiyati, organizmining fiziologik holatlari- da, uning ijtimoiy holatida jiddiy o ‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Aksariyat holatlarda ularda bir-biriga qarama- qarshi bo'lgan turh xil an’analar kuzatiladi. Bu davrga kelib bola endi «bola» emas va shu bilan birga hali «kat ta» ham emas. Uning o‘z-o‘ziga va atrofdagilarga nis batan bo‘lgan munosabatlari butunlay boshqacha xarak- ter kasb etib boradi. Uning qiziqishlari tizimi, ijtimoiy yo'nalganligi qaytadan shakllanadi, o ‘z-o‘zini anglashi, baholashi, qadriyatlari o'zgaradi. Uning uchun o ‘z «men»i va shu «men»ning ahamiyati ortadi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling