Psixologiyasi


Ilk o‘spirin va kasb tanlash


Download 1.27 Mb.
bet52/78
Sana11.03.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1260068
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   78
Bog'liq
Ontogenez psixologiyasi. E. G oziyev

6.3. Ilk o‘spirin va kasb tanlash
Endigina o‘sib kelayotgan ilk o‘spirinlik yoshidagi o‘quvchilar kasbga qanday yondashadilar? Bu muammo ko‘pchilikni qiziqtiradi. Kuzatishlardan va turmush tajribasidan ma’lumki, odatda ilk o‘spirinlik yoshidagi o‘g‘il-qizlar hayotda mustaqil qadam tashlash to‘g‘risida aniq, asosli fikr bildirishga qiynaladilar. Shu sababli kasb tanlash davrida oqilona va to‘g‘ri yo‘l tutishni bilmay dovdirab qoladilar yoki tavakkaliga ish ko‘radilar. O‘zlarining imko-niyatlarini hisobga olib harakat qilishga ojiz bo‘ladilar. Natijada noxush kechinmalar, umidsizliklar, ijtimoiy sustlik holatlari vujudga keladi. O‘quvchilarning ba’zilari kasb tanlashda yaqqol ko‘zga tashlanib turgan namunalarga taqlid qiladilar. Bunda o‘z atrof-laridagi yaqin kishilarni nazarda tutadilar, ularning yo‘lidan borishni mo‘ljallaydilar. Kuzatishlarimizning birida Gʻ. ismli ilk o‘spirin (akademik lisey o‘quvchisi) o‘z kelajagi haqida quyidagi fikrlarni bildirdi: "Ehtimol, qishloq xo‘jalik tex-nikumiga o‘qishga kirarman. U mengatanish. Unda akamlar o‘qiganlar. Balki jamoa xo‘jaligida qolib ishlarman. O‘qituvchi bo‘lish orzum ham bor. Chunki pedagogika institutida tog‘amlar ta’lim olmoq-dalar..." O‘quvchining bu mulohazasini tahlil qilishning hojati yo‘q, chunki unda biror maqsadga yo‘nalgan g‘oya mavjud emas.
O‘quvchilar kollejda fanlarning asoslaridan bilim oladilar, har qaysi ilk o‘spirin fizika yoki matematika bilan tanishadilar.
225.
Biroq ularning hammasi kelajakda fizik yoki matematik kasbini egallashni xohlayvermaydi. Unda yer kurrasi o‘rganiladi, barcha planetalarning xususiyati bilan tanishiladi, uzoq qitalar dunyo xalqlari tarixi va san’ati bo‘yicha bilimlar beriladi. Ammo barcha o‘quvchilar sayyoh bo‘lishni istamaydi. Fan asoslari o‘quvchilarga keng qo‘lamda ma’lumot va axborotlar berishga moslashtirilgan bo‘lib, o‘spirinlar olingan bilimlarning kelajak, shaxsiy turmush, bilimdon shaxs bo‘lish uchun amaliy ahamiyatini anglab olishi kerak.
O‘quvchilarda biror o‘quv faniga ishtiyoq natijasida ularda har xil kasblarga qiziqish vujudga keladi. Tanlangan kasbni o‘zlash-tirish bilan bog‘liq fanga qiziqish ham ortadi. Natijada to‘garak mashgulotlarga va fakultativ kurslarga ko‘chish imkoniyati vujudga keladi. Bunday imkoniyatdan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Akademik lisey va kollej o‘quvchilarini qiziqishlari, mayllari, intilishlari, qobiliyatlari, iste’dodlari asosida tanlagan kasblariga to‘g‘ri yo‘naltirish o‘spirinlar uchun katta hayotiy masaladir. Kasb tanlash jarayonida ilk o‘spirinlarga o‘qituvchilar, ota-onalar, jamoatchilik, o‘z kasbining ustalari, murabbiylar alohida e’tibor berishlari kerak. Ko‘p hollarda ular kattalarning maslahat va tavsiyalarini hisobga olgan holda qat’iy bir qarorga kelishlari mumkin, chunki ular o‘z xohishlarini har tomonlama asoslab bera oladilar.
V.A.Kruteskiyning ma’lumotlariga qaraganda, pedagogika instituti talabalarining yarmi o‘qituvchilik kasbini yoqtirib o‘qishga kirgan. Ularning qolgan qismi esa institutga tasodifan kirib qolgan. Biroq bu oliy o‘quv yurtiga o‘z xohishi bilan kirgan talabalar orasida ham har xil mulohazalar mavjud. Pedagog kas-bini yoqtirib o‘qishga kirgan talabalarning chorak qismi faqat olgan bilimlarini boshqalarga o‘rgatish maqsadini bildirgan bo‘lsalar, yana shuncha ilk o‘spirinlar institutda o‘qitilayotgan biror fanni sevganlari uchun o‘qishga kirganini aytgan. Talabalarning beshdan bir qismi bolalarni chin ko‘ngildan yaxshi ko‘rgani uchun o‘qituvchilik kasbini tanlagan.
Akademik lisey va kollejni bitirgunicha hamma o‘quvchilar kas-bini qat’iy tanlaydi, deyish mumkin emas. Ularning aksariyati o‘zi kelajakda kim bo‘lishini tasavvur hamqila olmaydi va kelajak rejasini ham tuzmaydi. Ilk o‘spirinlarning ko‘pchiligi ta’lim muassasini tugatgandan so‘ng oliy o‘quv yurtida ham o‘qish to‘g‘risida
226
gapiradilar, bu hakda orzu qiladilar. Lekin unga kira olmagan, ya’ni o‘zining asosiy maqsadiga erisha olmagan yoshlar tushkunlikka tushadilar. Butun orzu-umidlarim barbod bo‘ldi, deb o‘ylaydilar, ba’zilari kelgusi yilda o‘qishga kirishga umid bog‘laydilar. Kasb-hunarga har xil munosabatlar hosil bo‘lishining asosiy sababi maktabda o‘qish davrida kasb tanlash bo‘yicha turli xil niyatlar paydo bo‘liyashdir.
V.A.Kruteskiy ilk o‘spirinlarda uchraydigan motivlardan quyidagilarni alohida ifodalaydi: a) biror o‘quv faniga qiziqish; b) vatanga foyda keltirish istagi (o‘ziga xos psixologik xususiyat va qobiliyatni hisobga olmagan holda); v) shaxsiy qobiliyatini ro‘kach qilish; g) oilaviy an’analarga rioya etish (vorislik); d) do‘stlari va o‘rtoqlariga ergashish; ye) ish joyi yoki o‘quv yurtining uyiga yaqinligi; yo) moddiy ta’minlanish; j) o‘quv yurti ko‘rinishining chiroyliligi yoki unga joylashish osonligi.
Shuningdek, boshqa turdagi motivlar, masalan, shaxsning biror kasbga, fanga moyilligi, maqsadi, unga intilishi, kasb to‘g‘risidagi ma’lumoti, o‘zining sihat-salomatligi, asab sistemasining va temperamentining xususiyati va hokazolar ham bo‘lishi mumkin.
Ilk o‘spirinlarda kasblar haqida yaqqol tasavvur bo‘lmasligi sababli, ular ko‘proqxatoga yo‘l qo‘yadilar. Tanlangan yoki tanlanishi zarur bo‘lgan kasb qanday shaxsiy fazilatlarni talab qilishini tushunib yetmaydilar. O‘z qobiliyatlarini oqilona baholay olmasliklari tufayli u yoki bu kasbni egallash uchun qanchalik tez va aniq harakat qila olishlarini, bu ishga moslasha olishlari mumkinligini bilmaydilar. Biroq hozir mazkur ko‘sgilsiz holatlarning oldini olish va bartaraf etish imkoniyatlari mavjud. Buning uchun quyidagi pedagogik-psixologik omillarga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir: 1) kasblarni o‘rganish usullarini ishlab chiqish, ularni tasniflash va lo‘nda qilib ifodalash; 2) o‘qituvchining kasblar bo‘yicha tashviqot ishlari olib borishi, o‘quvchilarga kasblar yuzasidan maslahatlar berishi ilk o‘spirin va uning ota-onasi bilan birga kasbga yo‘naltirish tadbirlarini ko‘rib chiqishi; 3) ularni kasbning asosiy turlari bilan tanishtirish; 4) mehnat ta’limi darslarida o‘quvchilarni kasbga tayyorlash va kiziqish uyg‘otish; 5) psixodiagnostik va kasb tanlash usullarining amaliyotga tatbiq qilishga moslashtirilgan turlarini ishlab chiqish; 6) joylarda zamon talabiga mos kasb tanlash xonalarini tashkil etish; 7) kasb tanlash targ‘iboti yuzasidan ilk
o‘spirinlarni ommaviy axborot vositalariga jalb qilish va psixologik jihatdan tayyorlash.
Tadqiqotchilar va amaliyotchilar tomonidan kasbga yo‘nal-tirishning usul va usuliyatlari ishlab chiqilgan. Kasblarni xususiyatlariga qarab tasniflash va ularni ma’lum tartibga solib ifodalab berishga erishilgan. Bu borada YeA.Klimovning sxemasi alohida ahamiyatga ega. U quyidagi kasb turlarini tavsiya qiladi:
1. Polizchi, chorvador, asalarichi, zootexnik, agronom, o‘rmonchi
— bionika mutaxassisligi "inson — tabiat".
2. Chilangar, tokar, montyor, konstruktor, radiotexnik, muhandis
— texnika mutaxassisligi "inson — texnika".
3. Ofisiant, sotuvchi, hamshira, o‘qituvchi, tarbiyachi, tashkilotchi
— sosionomika mutaxassisligi "inson — inson".
4. Bo‘yoqchi, nusxa ko‘chiruvchi, musiqachi, badiiy bezovchi yoki
pardozlovchi, bastakor, yozuvchi, rassom — artonomika mutaxassisligi
— "inson — badiiy obraz".
Oddiyroq ifodalansa, kasblarni tabiatga xizmat qilishga, texnikaga xizmat qilishga, insonga xizmat qilishga va badiiy obrazlar ustida ishlashga doir kasblarga ajratish mumkin. Lekin mazkur kasblar tasnifida ularning ko‘pchiligi ifodalanmagan. Ana shu guruhlarga o‘nlab yondosh kasb-hunarlarni kiritish mumkin.
Kasb tanlashga yo‘llash va kasblarni targ‘ib qilish usullaridan biri — ko‘rsatmali vositalar, ya’ni fotostendlardan, kitoblar ko‘rgazmasidan, yosh rassom va tabiatshunoslar ijodiy faoliyatining mahsulidan, naqqoshlik va texnika to‘garagi ishlaridan foydala-nishdir. Bundan tashqari, muzeylarga ekskursiya uyushtirish orqali ham ayrim kasblarga qiziqish uyg‘otish mumkin.
Yuritilgan mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, kasb-hunar to‘g‘risida axborotlar, maslahatlar berishning o‘zi ongli ravishda kasb tanlash uchun yetarli emas. Shunga ko‘ra, ilk o‘spirin o‘quvchi-larningbilish faoliyatini kuchaytirish, ularni mustaqil bilim olishga o‘rgatish ularga o‘zlarini muayyan faoliyatda sinab ko‘rish imkoniyatini yaratadi. Lekin kasbga yo‘naltirishning boshqa yo‘l va vositalarini ham qidirish va qo‘llash kerak.
Mehnat psixologiyasining mugaxassislari kasbga yunaltirishning boshqacha usullarini: barcha fanlarni o‘qitishning politexnik jihatini chuqurlashtirishni; tabiiy-matematik fanlarda atrofdagi ishlab chiqarishdan ob’yekt sifatida foydalanishni; ijtimoiy turkumdagi fanlarni o‘qitishda o‘lkashunoslik materiallarini
228
ko‘llab o‘quvchilarning kasbga qiziqishini oshirish, mehnatga ishtiyoq uyg‘otishni; darslarda kasblar haqida axborotlar berib borishni; mehnat sohalari bilan o‘quvchilarning mustaqil tanishishi uchun sharoit yaratishni tavsiya etmoqdalar.
Qishloq sharoitida kasb tanlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar ham mavjud. Chunonchi, yozda o‘quvchilarni ishlab chiqarishga bemalol jalb etish mumkin. Bunda jismoniy mehnatga ularni qiziqtirish, mehnat nashidasidan bahramand etish, ularda mamnuniyat hissini tarkib toptirish, ularda rejali mehnat qilish ko‘nikmasini vujudga keltirish, javobgarlik va mas’uliyat hissini tarkib toptirish lozim. Ilk o‘spirinlarni mehnatga tayyorlanishga rag‘batlantirishni malaka darajasini berish bilan yakunlash ma’qul. Ishlab chiqarish mavsumida o‘quvchilar brigadalarini tuzishda ularning yosh xususiyatlari, qiziqishlari va aqliy kamolotini hisobga olish zarur. Brigadalarda ishlash mehnat va kasbga psixologik tayyorgarlik bosqichi bo‘ladi. O‘quvchilar o‘zining qaysi kasb-hunarga yaroqliligi yoki yaroqsizligini amaliy ishlarda sinab ko‘radilar va o‘zlariga ishonch hosil qiladilar.
Kasb tanlashda ilk o‘spirin yigit-qizlarda qator maqsadlar vujudga kelishi mumkin. Dastlabki maqsad — bosh maqsad deb ataladi va u umumxalq mehnatiga o‘z ulushini qo‘sha olamanmi, qanday inson bo‘lib yetishaman, hayot va faoliyati ideallarim nimalar bo‘lishi lozim, degan fikrlardan iborat bo‘ladi. Yaqin va yaqqol maqsad — dastlabki faoliyat sohasi, mutaxassislikni qanday va qayerda egallash, o‘qishni tugatgach, dastlabki mehnat faoliyati qaysi lavozimdan boshlanishi, mehnat mahoratini oshirish istiqbollari haqidagi mulohazalardan tashkil topadi. Psixologik nuktai nazardan maqsadga erishishning tashqi va ichki shart-sharoitlari mavjud. Tashqi sharoitlarga maqsad yo‘lidagi har xil qiyinchiliklar, qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar, mazkur muassasa yoki tashkilotning imkoniyatlari, muayyan sub’yektga — yosh kasb egasiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan karshiligi va hokazolar kiradi. Maqsadga erishishning ichki shart-sharoitlariga shaxsning imkoniyatlari, sihat-salomatligi, akdiy qobiliyati, tirishqoqligi, irodaviy sifatlari (chidamliligi, sabr-toqati) tanlagan kasbi bo‘yicha ishlashi uchun zarur fazilatlari va hokazolar kiradi.
Psixologiya fanida maqsadga erishish faoliyatining qo‘shimcha, yordamchi turlari ham amalda uchrab turadi. Ular asosiy maqsad vositalari ish bermay qolganda qo‘llanadi. Ilk o‘spirinlar tajribasida" shunday hollar ro‘y beradiki, asosiy maqsadni amalga
oshirishda, yengish qiyin to‘siqlarga duch kelinadi, ana shundagina yordamchi vositalardan foydalaniladi. Bunday holatni tasavvur etish uchun ularning tajribasidan quyidagi ko‘chirmani keltiramiz: "Tanlov bo‘yicha yaqin oradagi kasb-hunar kollejiga kira olmayman, shuning uchun xuddi shu mutaxassislik bo‘yicha kollejga kirish uchun harakat kilaman..." Kasb tanlovchi ilk o‘spirinning mulohazasidan ko‘rinib turibdiki, u bir emas, balki bir nechta qo‘shimcha maqsaddan foydalanishga intilyapti. Shunga o‘xshash maqsadga erishishning qo‘shimcha, yordamchi yo‘l va vositalari uchrashi mumkin. Qo‘yilgan maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun intilish kasb tanlash jarayonida ularning shaxsiyatida jur’atlilikni vujudga keltiradi. Bu fazilat ilk o‘spirin shaxsining ajoyib yutug‘idir.
Akademik lisey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining professiogramma bilan tanishishida asosiy maqsad quyidagi tarkibiy qismlarni, jihatlarni o‘z ichiga qamrab oladi: a) asosiy mehnat qurollari — kasb tanlovchining diqqati, shijoati, fikr-xayoli — xuddi shu qurollarga qaratilgan va yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak; b) asosiy mehnat operasiyalari: mehnat quroli bilan qanday faoliyatni amalga gashrish imkoniyati mavjudligini aniqlash va qaysi sohalarda ishlatish mumkinligini bilish; ishlab chiqarish jarayonidagi operasiyalarning rolini to‘g‘ri tasavvur qila olish; operasiyalarning yangi variantlarini qidirib topish uchun harakat qilish; v) asosiy' qurollar va vositalar; qo‘l asboblaridan — chilangar, xirurg, g‘ijjakchi, kamon chaluvchi kabi kasb egalari foydalanadi; g) mehnat sharoitlari: kasb tanlovchini qurshagan tabiiy muhit va sharoitlar, kishilar va hokazolar.
Yuqoridagi mulohazalarga asoslanib, ilk o‘spirinlarni o‘z qiziqishlari, mayl, ehtiyoj, iqtidor, qobiliyat, ko‘nikma va malakalarini hisobga olgan holda kasb tanlashga yo‘naltirish jamiyatning rivoji uchun puxta zamin hozirlaydi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling