Pul bozori funksiyalari, pulga talabning klassik nazariyasi. Pul taklifi. Bank multiplikatori. Pul bozoridagi muvozanat


Download 80.28 Kb.
bet7/10
Sana28.12.2022
Hajmi80.28 Kb.
#1009560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Pul sekto`rida barqarorlik omillari.

M = (1/ rr ) x D
Bunda: M- pul taklifi xajmi; rr – majburiy zaxiralash normasi ;
D - dastlabki depozit.
Keltirilgan formuladan ko`rinib turibdiki, pul taklifi 1/rr koeffitsentiga bog`liq bo`lib, uni bank mul’tiplikatori yoki pul ekspansiyasi mul’tiplikatori, deb ataladi. U ushbu bank zaxiralar normasida ortikcha zaxiralarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin bo`lgan yangi kredit pullarining eng ko`p miqdorini bildiradi.
Pul taklifining kengaytirilgan modeli. Pul mul’tiplikatori.
Pul taklifining umumlashma modeli Markaziy bankning pul taklifidagi roli xamda pulning bir kismini depozitlardan Naqd pullarga okib o`tishni xisobga olgan xolda yoziladi. Bu model bir kator yangi o`zgaruvchilarni o`z ichiga oladi. Bular:
- pul bazasi (rezerv pullar, yukori kuvvatli pullar) – bank tizimidan tashkaridagi Naqd pullar va tijorat banklari Markaziy bankda saklaydigan depozitlar summasi;
- deponentlash koeffitsienti - Cr = S/ D
Pul bazasini MV va bank rezervlarini R deb belgilasak,
MB=C+R.
Pul taklifining kengaytirilgan modelini quyidagicha yozish mumkin:
Cr +1
Ms =------------- · MB yoki Ms = m · MB
Cr + rr
(Cr +1)/ (Cr + rr) nisbat pul mul’tiplikatori deb yuritilib bir so`mlik pul bazasi xisobiga necha so`mlik pul taklifi yuzaga kelishini ko`rsatadi. Pul mul’tiplikatorini – pul taklifining pul bazasiga nisbati ko`rinishida yozish mumkin:
Ms S+D S/ D + D/ D Cr + 1
m = ------------ = ----------- = ------------------- = --------------
MB C+R S/ D + R / D Cr +rr
Cr miqdori – axolining o`z mablaglarini Naqd pullar va depozitlar o`rtasida kanday proportsiyada saklashni tanlashga bog`liq.
rr = R / D miqdori esa – axolining nafaqat Markaziy Bank belgilab bergan majburiy rezerv normasiga, balki tijorat banklari saqlab turishni mo`ljallanayotgan ortikcha rezerv miqdoriga xam bog`liq.
Demak, pul taklifi pul bazasi va pul mul’tiplikatori miqdoriga bog`liq ekan.Pul mul’tiplikatori pul bazasining bir miqdorga oshishi natijasida pul taklifi kanday o`zgarishini ko`rsatadi.
Markaziy bank pul taklifini avvalambor, pul bazasiga ta`sir etish yo`li bilan tartibga soladi.
Mamlakatda pul miqdori ko`payadi, agar:
-pul bazasi o`ssa;
- majburiy zaxiralash normasi pasytirilsa;
- tijorat banklarining ortikcha rezervlari kamaysa;
-Naqd pullarningn depozitlar umumiy summasiga nisbati pasaysa.




  1. Download 80.28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling