Pul islohotlari Bajardi: Mamatova Nasiba


YUqoridagi maqsadlarga etishish uchun pul-kredit siyosatida quyidagi usullar qo‘llaniladi: bevosita (ma’muriy usul)


Download 1.72 Mb.
bet2/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1494184
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pul islohotlari

YUqoridagi maqsadlarga etishish uchun pul-kredit siyosatida quyidagi usullar qo‘llaniladi: bevosita (ma’muriy usul);

bilvosita (iqtisodiy usul)

Bevosita (ma’muriy) usullarga Markaziy banklar faoliyatining miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga nisbatan belgilaydigan bevosita cheklovlar yoki taqiqlar kiradi. Ma’muriy ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llashda ko‘pincha quyidagi vositalar qo‘llaniladi:

Bevosita (ma’muriy) usullarga Markaziy banklar faoliyatining miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga nisbatan belgilaydigan bevosita cheklovlar yoki taqiqlar kiradi. Ma’muriy ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llashda ko‘pincha quyidagi vositalar qo‘llaniladi:

  • turli toifadagi qarzlarni berishning va kredit resurslari jalb qilishning eng yuqori miqdorlarini joriy qilish;
  • tijorat banklarining filiallar va bo‘limlar ochishini cheklash;
  • vositachilik haqining, xar xil xizmatlar ko‘rsatganligi uchun ta’riflarni, foiz stavkalarining miqdorlarini chegaralash;
  • operatsiyalarning, shuningdek ta’minotning ayrim turlarini, ba’zi xil operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan banklar ro‘yxatini belgilash.
  • Bevosita (ma’muriy) usul vositalari hukumat tomonidan ko‘zda tutilgan pul-kredit siyosatining maqsadlarini rejalash raqamlari bevosita ko‘rsatib o‘tilgan qoidalaridan foydalanish asosida erishish uchun mo‘ljallangandir. Bozor iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosatini ro‘yobga chiqarishni asosiy turlariga quyidagilar kiradi:

  • eng kam zaxira talablarini joriy etish;
  • tijorat banklarini qayta moliyalash miqdorlari va shartlarini belgilash;
  • ochiq bozordagi operatsiyalar.

Pul islohotlari - milliy valyutani mustahkamlash, pul birligini barqarorlashtirish va pul muomalasini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan mamlakat pul tizimini toʻliq yoki qisman qayta tashkil etish. Pul islohotlari qogʻoz pul belgilarining hammasi yoki bir qismi qadrsizlanganda va ularning hajmi koʻpayib, yangisi (qogʻoz yoki metall) bilan almashtirish lozim boʻlganda, pulning oltin qiymati yoki valyuta kursi oʻzgarganda, pul tizimiga oʻzgartish kiritish zarur boʻlganda oʻtkaziladi. Pul islohotlari mamlakatdagi iqtisodiy holatga, pulning qadr-sizlanish darajasiga va davlatning siyosatiga bogʻliq holda turli usullar-da: ortiqcha qogʻoz pullarni yoʻq qilish yoʻli bilan pul hajmini kamaytirish (deflyasiya); eski pul belgilarini yoʻq qilib, yangi qogʻoz pul belgilarini zarur miqdorda chikarish (nullifikatsiya); eski pul belgilarini yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish (denominatsiya); pul birligi yoki qogʻoz pul birligi kursining metall qiymati va chet el valyutasiga nisbatan kursini pasaytirish (devalvatsiya); pul birligidagi metall qiymati yoki qogʻoz pul kursini tashki davlatlar valyutasiga nisbatan oshirish (revalvatsiya) va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.


Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling