Pul, kredit va banklar
-mavzu: Pul aylanishi va uning tarkibi
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Pul aylanmasining mohiyati
2-mavzu: Pul aylanishi va uning tarkibi
2.1. Pul aylanmasining mohiyati 2.2. Naqd pul aylanmasini tashkil etish 2.3. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning tamoyillari 2.4. Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari 2.1. Pul aylanmasining mohiyati Naqd pul va naqd pulsiz shaklida hisob – kitoblarni amalga oshirish pul aylanmasini tashkil etadi. Naqd pul aylanmasi – bu qog‘oz pullar va tanga pullar vositasida amalga oshirilib, naqd pullar harakati jarayonida namoyon bo‘ladi. Naqd pul aylanmasi asosan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Naqd pulsiz aylanmalar – bu kredit muassasalarida ochilgan hisobraqamlar yordamida pullarni hisobdan hisobga ko‘chirish orqali amalga oshiriladi. Pul doimiy ravishda “harakatda” bo‘ladi, bu harakat davomida juda ko‘plab tovar va xizmatlarni sotish va sotib olish jarayonida bevosita ishtirok etib, sotuvchi va sotib oluvchilarga xizmat qiladi. Xususan, pul o‘z harakati jarayonida bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda tovarlar va xizmatlar bahosini belgilaydi, bu pulning qiymat o‘lchovi, muomala vositasi va to‘lov vositasi funktsiyalari orqali amalga oshiriladi. Pul vaqtinchalik hisob – kitoblar va aylanmalarda ishtirok etmagan vaqtda jamg‘arma vositasi funktsiyasini bajarish orqali, o‘zining sohibiga qo‘shimcha daromad keltirdi va real iqtisodiyotda muhim rol o‘ynaydi. Pul aylanmasi tarkibida naqd yoki naqdsiz hisob – kitoblar bilan amalga oshirilayotgan to‘lovlar hajmining yuqori yoki pastligiga pulning barqarorligi, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va boshqa qator omillar ta’sir qiladi. Pulning aylanmasi mohiyatini yanayam chuqurroq aniqlash uchun uning ob’ekti va sub’ektlariga e’tibor berish maqsadga muvofiq. Pul aylanmasi sub’ektlari sifatida davlat va davlat muassasalari, Markaziy bank, kredit va moliya muassasalari, mamlakat rezidenti va norezedentlari, korxona va tashkilotlarni keltirish mumkin. Uning ob’ekti esa tovar va tovarsiz operatsiyalar jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, ya’ni aylanmalar hisoblanadi. Pul aylanmasi sub’ektlari o‘rtasida amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar naqd va naqd pulsiz ko‘rinishida amalga oshiriladi. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy adabiyotdarida pul aylanmasi deyarli o‘rganilmaydi. Buning asosiy sabablaridan biri, balki mazkur mamlakatlar bank muassasalarida hisob – kitoblarni amalga oshirishda pul aylanmasi naqd va naqd pulsiz ko‘rinishi shakllari o‘rtasida farq mavjud emasligi bo‘lishi mumkin. Haqiqatda ham rivojlangan va ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar banklarida naqd va naqdsiz pul hisob – kitoblarni amalga oshirish o‘rtasida farq mavjud emas. Shu bilan birga, MDH mamlakatlari iqtisodiy adabiyotlarining deyarli barchasida “pul aylanmasi” va “to‘lov aylanmasi” alohida – alohida o‘rganiladi. Ularni bir – biridan farqlashda asosiy etibor hisob – kitoblarni amalga oshirishda naqd pulni ishtirok etishi yoki etmasligiga qaratiladi. Pul aylanmasida bevosita naqd pullar to‘lovlarni amalga oshirishda ishtirok etadi. Keyingi yillarda hisob – kitoblarni amalga oshirishda plastik kartochkalar, hisob – kitob cheklarni joriy etilishi pul aylanmasi tarkibida naqd pulli hisob – kitoblar ulushining sezilarli darajada pasayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, AQSh, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyada pul aylanmalarining ulushi 1 – 1,5 foizni tashkil etadi. Quyidagi rasmda pul aylanmasining tarkibiy tuzilishi va uning o‘zaro bog‘liqligini tavsiflovchi holatlar keltirilgan. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling