Pul, kredit va banklar
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
9.3. Bank krediti
Bank krediti – kreditning eng rivojlangan shakli bo’lib, ushbu kredit tijorat banklari tomonidan vaqtincha bo’sh pul mablag’larni jalb qilish hisobiga, qo’shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj tug’ilgan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi. Kreditning shakllari tarkibida bank krediti asosiy ulushga ega bo’lib, jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lar asosan banklarda jamlanadi. Buning natijasida, banklar ushbu mablag’lar hisobidan foyda topish maqsadida, ularni iqtisodiyotning turli sohalariga bank krediti shaklida joylashtiradi. Bank kreditining boshqa kredit shakllariga qaraganda afzalliklari juda ko’p bo’lib, xo’jalik yurituvchi sub’ekt istagan paytda va miqdorda kredit olish uchun bankka murojaat qilishi mumkin. Bank krediti pul shaklida namoyon bo’ladi, shu bois bu sharoitda kreditning ob’ekti bo’lib pul kapitali hisoblanadi. Bank krediti qarz oluvchiga pul shaklida berilishi tufayli tijorat kreditining hajmini chegaralashga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Pul shaklida olingan kredit qarz oluvchi tomonidan korxona ishlab chiqarish faoliyatining istagan jarayoniga yo’naltirish imkoniyatini beradi. Bank kreditini yo’naltirish va qarz oluvchi tomonidan foydalanish maqsadiga qarab turlicha nomlanishi mumkin. Masalan, bank krediti ishlab chiqarishni kengaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalni ko’paytirishga yo’naltirilsa, bank krediti ssuda kapitali bo’ladi. Agar bank krediti xo’jalik yurituvchi sub’ektning kassadagi mablag’larning etishmasligiga yo’naltirilsa bank krediti pul ssudasi deyiladi. Pul ssudasi faqat xo’jalik faoliyatining oborot kapitalini to’xtovsiz davom etishini ta’minlaydi, lekin uning miqdorini ko’paytirishga olib kelmaydi. Ssuda kapitali esa qarz oluvchining kapitali miqdorini ko’paytiradi. Banklar turli toifadagi kredit oluvchilarga bank kreditini beradi. Xususan, korxonalar, korporatsiyalar, aholi, kredit muassasalari, mahalliy xokimiyatlar shular jumlasidandir. Kredit oluvchilar faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, banklar bilan kredit munosabatlarini tashkil etadi. Kredit munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy hujjat ular o’rtasida tuzilgan kredit shartnomasi hisoblanadi. Bank kreditlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning takror ishlab chiqarish jarayonini to’xtovsizligini ta’minlashga va oborot mablag’larining hajmini oshirishga yo’naltiriladi. Bank kreditlari muddati jihatidan qisqa va Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling