Pul, kredit va banklar
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
9.5. Tijorat krediti Tijorat krediti – kreditning boshqa turlariga nisbatan tarixan juda qadimda paydo bo’lgan. Uning vujudga kelishi bevosita tovarlarni ishlab chiqarish va ularning realizatsiyasi bilan chambarchas bog’liqdir. Tijorat kreditining ob’ekti bo’lib – savdo kapitali hisoblanadi. Tijorat krediti sotuvchi tomonidan sotib olingan tovarlarning to’lovini ma’lum muddatga kechiktirish orqali amalga oshiriladi. Xalqaro bank amaliyotida ushbu kreditni vekselli kredit sifatida ta’kidlaydi. Veksel tijorat kreditining “quroli” hisoblanib, asosan barcha tijorat kreditlari veksel 48 Lavrushin O.I. Bankovskie delo. –M.: “F i S.”, 2005. –S. 486. 49 Neshitoy A.S. Finansi i kredit. –M.: “Birja i banki”, 2006. –S. 571. 50 Mo’minova E.A. “Tijorat banklarida ipoteka krediti risklarini samarali boshqarish masalalari” i.f.n. darajasini olish bo’yicha tayyorlangan dissertatsiya ishi. –T.: 2010. yordamida amalga oshiriladi. Bunda sotib oluvchi korxona sotuvchidan olgan tovarlar yoki ko’rsatgan xizmatlari uchun unga vekselni taqdim etadi. Veksellar odatda ma’lum muddatlarga (3 oy, 6 oy va 12 oy) sotib oluvchi tomonidan chiqarilgan bo’lib, sotuvchi vekselda ko’rsatilgan muddat etib kelganda uni bankka topshirish asosida asosiy summani va unga hisoblangan qo’shimcha foiz to’lovini olish huquqiga ega bo’ladi. Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda tijorat kreditini xo’jalik krediti sifatida ham yuritishadi. Buning sababi shundaki, tijorat kredit bilan bog’liq iqtisodiy jarayonlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida amalga oshirilib, ushbu kredit turi kreditor – korxona tomonidan tovar yoki pul ko’rinishida berilishi mumkin. Tijorat kreditida kreditning ob’ekti tovarlar hisoblanib, tovarlarga to’lovlarni kechiktirish yo’li bilan veksel asosida beriladi. Pul ko’rinishidagisida kreditning ob’ekti qiymat hisoblanadi, bu kredit korxonaning ixtiyoridagi vaqtinchalik foydalanilmaydigan pul mablag’lari hisobidan beriladi. Tijorat krediti tovar yoki pul ko’rinishida berilishidan qat’iy nazar, bank kreditiga nisbatan juda qisqa muddatlarga beriladi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling