Pul, kredit va banklar
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
uzoq muddatlarga guruhlanadi.
Qisqa muddatli kreditlar bir yilgacha muddatga berilib, korxona aylanma kapitalining xarakatini ta’minlash, joriy hisob – kitoblarni amalga oshirish, to’lov qobiliyatini mustahkamlash moliyaviy faoliyatining barqarorligini ta’minlash kabi masalalarga yo’naltiriladi. Qisqa muddatli kredit korxona va tashkilotlarning aylanma kapitalini shakllantirishning ideal manbasi bo’lib hisoblanadi. Uzoq muddatli kreditlar korxona asosiy kapitali harakatini ta’minlashga yo’naltiradi. Xususan, korxonada amalga oshirilayotgan qurilish va faoliyat yuritayotgan tashkilotlarning rekonstruktsiya qilish, yangi texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish bilan bog’liq sohalarga sarflanadi. Qisqa muddatli kreditlar bir kundan bir yilgacha, uzoq muddatlilari esa bir yil va undan yuqori muddatlarga beriladi. Bank kreditining asosiy turlaridan biri banklararo kredit hisoblanadi, ushbu kreditni banklar bir – biriga berishadi. Banklararo kreditlar bankning vaqtinchalik bo’sh pul mablag’laridan samarali foydalanish, o’zaro likvidlikni ta’minlash maqsadida beriladi. Banklar vaqtinchalik bo’sh turgan yoki yuqori daromadlarga quyilma sifatida yo’naltirilayotgan mablag’larini banklararo bozorga taklif etadi. Halqaro bank amaliyotida banklararo kredit qisqa muddatli xarajatlarga ega bo’lib, bir necha soatdan, bir necha oygacha berilishi mumkin. O’zaro bitimlar telefon yoki faks orqali tuzilib, so’ngra tasdiqlovchi hujjatlar bilan ta’minlanishi ham mumkin. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling