Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Investitsiyalarni 
har 
tomonlama 
kafolatlash 
agentligi 
(IXKA) 
rivojlanayotgan mamlakatlarga to’g’ridan – to’g’ri investitsiyalarni jalb etishni 
rag’batlantirish maqsadida 1988 yilda tashkil etilgan. IXKA a’zo – mamlakatlarga 
kiritilayotgan investitsiyalarni notijorat risklardan, ya’ni investitsiya mulklarini 
eksproportsiya qilish, siyosiy kataklizma, valyuta konvertatsiyasini bekor qilish, 
hukumat qarori natijasida kontrakt shartnomalarini bajarilmaslik holatlarini 
kafolatlaydi. Odatda investitsiyalarni 15 yilga, ayrim hollarda 20 yil muddatgacha 
kafolatlaydi. Kafolatlangan investitsiyalar bo’yicha muammolar vujudga kelganda 
ularning 90 foizi IXKA tomonidan qoplab beriladi. IXKA o’zining kafolatlash 
faoliyatini milliy sug’urta kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etadi.
Investitsion munozaralarni tartibga solish bo’yicha xalqaro markazi (IMXM) 
1966 yilda tashkil etilgan bo’lib, investitsion nizolarni arbitraj yordamida, xalqaro 
huquq mexanizmlari asosida tartibga solish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb 
etishga ko’maklashadi. Shu bois ham ko’plab investitsiyalar haqidagi kelishuvlar 
shartida IXKAning arbitraj yordamida hal etishga havola qilinadi.
17.4. Evropa tiklanish va taraqqiyot banki 
 
Frantsiyaning sobiq Prezidenti Fransua Mitteran 1989 yilning 25 oktyabrda 
Evropa parlamentining yig’ilishida Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (EETB)ni 
tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Shundan so’ng 1990 yil 29 mayda Parijdagi 
kelishuvga asosan EETB ta’sis etildi va bu kelishuv 1991 yil 28 martdan kuchga 
kirdi.
1991 yil 15 – 17 aprel kunlari bank boshqaruv kengashining birinchi yig’ilishi 
bo’lib o’tdi va unda bank ta’sischilari bo’lgan 40 ta mamlakat va 2 ta xalqaro 
tashkilot, ya’ni Evropa ittifoqi (EI) va Evropa investitsiya banki (EIB) ishtirok 
etdi.
ETTB faoliyatining eng asosiy jihatlarini quyidagilarda ko’rishimiz mumkin. 
1991 yilning noyabrida ETTBning Varshava vakolatxonasi ochildi va Estoniya, 
Latviya va Litva davlatlari bankga a’zoligi tasdiqlandi. Bugungi kunda ETTBning 
aktsiyadorlari 60 mamlakat, EI va EIB xalqaro tashkilotlar xisoblanadi. Umumiy 
imzolangan kapital – 1964 mlrd evro, to’langan kapital – 5,2 mlrd evro.
ETTBning faoliyat maqsadi va asosiy vazifasi bozor munosabatlarini 
rivojlantirish va jahon iqtisodiy integratsiyasini chuqurlashtirish uchun tashkil etish 
hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan ETTBning asosiy vazifasi Markaziy va Sharqiy 
Evropa mamlakatlarida, Rossiya va Markaziy osiyo mamlakatlarida rejali 
iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonlarini tezlashtirishdan iborat.


Bugungi kunda ETTB loyixalari Evropa va Osiyoning 27 davlatida amal qilmoqda. 
Boshqa xalqaro moliya tashkilotlaridan farqli o’laroq, bank nizomiga asosan loyixa 
amalga oshirilayotgan davlatlarda ko’p partiyaviylik, plyuralizm va bozor 
iqtisodiyoti tamoyillari amal qilishi shart.
ETTB ning investitsiya loyihalari orqali: 
36. sanoatda tarkibiy islohatlar o’tkazish; 
37. raqobat, xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish; 
38. moliyaviy tashkilotlar faoliyati va xuquqiy tizimni barqarorlashtirish; 
39. xususiy sektorni rivoji uchun infrastrukturani qo’llab quvvatlash; 
40. korporativ boshqaruv tizimini tadbiq etish, shu jumladan tabiatni 
muhofaza qilish masalalari moliyalashtiriladi. 
ETTBning tarkibiy tuzilishi va faoliyati ustidan boshqaruv kengashi, 
direktorlar kengashi va bank prezidenti nazorat olib boradi. Boshqaruv kengashi 
ETTBning yuqori organi bo’lib, bankning har bir a’zosidan ikkitadan shaxsni 
boshqaruvchi va uning muovinini o’z ichiga oladi. ETTBga a’zo mamlakatlar 
hoxishiga qarab, bu shaxslar istalgan vaqtda o’zgartirilishi mumkin. 
Direktorlar kengashining 23 a’zosi bo’lib, uning ikkitasi EI va EIB 
tomonidan; 6 ta direktor AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Italiya va 
Yaponiya tomonidan saylanadi. 15 ta direktorlar saylash bir xil davlatlarga to’g’ri 
keladi: 4 tasi donor mamlakatlar, 5 tasi istisno tariqasida loyiha amalga 
oshirilayotgan mamlakatlar tomonidan va 6 tasi donor va loyiha amalga 
oshirilayotgan davlatlar kelishuviga ko’ra saylanadi. ETTBni yig’ilishlarida ovoz 
berish tartibi aktsiyalar ulushiga qarab belgilanadi.
ETTB ustav kapitali tarkibida EI va EIBning kvotalari 51 % ni, Markaziy va 
Sharqiy Evropa davlatlariniki – 13%, boshqa Evropa mamlakatlariniki – 11% , 
boshqa a’zo mamlakatlar hissasiga – 24 % kvota to’g’ri keladi. Bankning kapitali 
tarkibida eng yuqori ulush AQSh (10%), Italiya, FRG, Frantsiya, Buyuk Britaniya 
va Yaponiya (8,5 % dan) mamlakatlari hissasiga to’g’ri keladi.
Quyidagi rasmda ETTBning 2004 – 2008 yillarda investitsion loyihalarni 
moliyalashtirish bo’yicha ajratgan mablag’lari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
ETTBning 2004 – 2008 yillarda investitsion loyihalarni moliyalashtirish 
bo’yicha ajratgan mablag’lari va dinamikasi, loyihalar soni donada, kreditlar 
miqdori mln. evroda. 
265
276
301
353
302
0
2000
4000
6000
8000
10000
12000
14000
2004
2005
2006
2007
2008
Лойиҳалар сони
Лойиҳаларнинг умумий қиймат и


 
Rasmdan ko’rinib turibdiki, bank tomonidan moliyalashtirilgan investitsion 
loyihalar soni 2008 yilda 2007 yilga nisbatan 51 taga, kreditlar hajmi qariyb 1000 
mln. evroga kamaygan. Buning asosiy sababi, 2008 yilda AQShda yuz bergan 
jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozidir. 
ETTBning kredit siyosatiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, asosan a’zo – 
mamlakatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek hamkorlikda sindikat 
kreditlarini berish, korxonalarning ustav kapitaliga investitsiyalar kiritish, qimmatli 
qog’ozlarni joylashtirishni kafolatlash, mamlakat infrstrukturasini rivojlantirish va 
eksport – import operatsiyalari bo’yicha dasturlarni qo’llab – quvvatlash masalalari 
alohida o’rin tutadi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling