Pul, kredit va banklar


-mavzu: Xalqaro moliya institutlari va ularning turlari


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

 


17-mavzu: Xalqaro moliya institutlari va ularning turlari
 
 
17.1. Xalqaro moliyaviy institutlariga umumiy xarakteristika 
17.2. Xalqaro valyuta jamg’armasi 
17.3. Jahon banki 
17.4. Evropa tiklanish va taraqqiyot banki 
17.5. Mintaqaviy moliya – kredit institutlari 
17.6. O’zbekistonning xalqaro moliyaviy institutlari
 
17.1. Xalqaro moliyaviy institutlariga umumiy xarakteristika 
 
Xalqaro valyuta – kredit va moliya munosabatlarining institutsional tuzilishi 
o’z ichiga ko’plab halqaro moliyaviy tashkilotlarni oladi. Ularning ayrimlari yirik 
moliyaviy resurs va katta vakolatlarga ega bo’lib, dunyo iqtisodiyoti va moliya – 
kredit jarayonlarida bevosita va bilvosita ishtirok etadi. Boshqalari hukumatlararo 
moliyaviy masalalarni muhokama etish, moliya – kredit siyosati bo’yicha 
tavsiyalar va maslahatlar berish hamda moliyaviy yordam ko’rsatish bilan 
shug’ullanadi. Yana boshqalari axborot yig’ish, muhim valyuta – kredit va moliya 
muammolari va umuman, iqtisodiyotda statistik va ilmiy – tadqiqot ishlarini 
amalga oshiradi.
Ushbu xalqaro moliyaviy tashkilotlar zamonaviy xalqaro moliyaviy 
institutlari deb yuritiladi. Ularning vujudga kelishi, tashkil topishi va 
rivojlanishining asosiy sababi jahon xalqaro iqtisodiyotining taboro globallashib 
borayotganligidir (quyidagi rasmga qarang).
Bu institutlarning asosiy maqsadi – xalqaro va mahalliy ijtimoiy – iqtisodiy 
doirada yuz berayotgan murakkabliklarga va qarama – qarshiliklarni bartaraf etish, 
yumshatish hamda ularning o’zaro hamkorligini ta’minlashga qaratilgandir.
Dunyoda global ahamiyatga ega bo’lgan xalqaro moliyaviy institutlar 
tarkibiga, BMTning hayrxoxligida tashkil etilgan, ixtisoslashtirilgan Xalqaro 
valyuta jamg’armasi (XVJ), Jahon banki guruhi, Butunjahon savdo tashkiloti 
kiradi. Bu ixtisoslashtirilgan xalqaro moliyaviy institutlar Birlashgan millatlar 
tashkiloti (BMT)ning faoliyati bilan bog’liq xalqaro moliyaviy va iqtisodiy 
masalalarni hal etishda bevosita ishtirok etadi. 
BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi – iqtisodiy kengash – Evropa, 
Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi uchun 4 mintaqaviy komissiya tuzgan. Osiyo va 
Lotin Amerikasi komissiyalari Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Amerikalararo 
taraqqiyot banki (ATB)ni tashkil etilishiga vositachilik qilgan. Maxsus 
jamg’armalar bu tashkilotlarni to’ldirib turadi. 
«Marshall rejasi»ning amalga oshirilishi munosabati bilan 1948 yilda 
tuzilgan Evropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti, keyinchalik Evropa to’lov 
ittifoqining tashkil etilishiga yo’naltirilgan (1950 – 1958 yillar), 1960 yilda esa 
iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga (IXTR
67
, Parij) almashtirilgan. 
Hozirda bu tashkilot o’z ichiga 32 mamlakatni oladi, uning vazifalariga – 
67
OESR – Organizatsiey ekonomicheskogo sotrudnichestvo i razvitiya. 


tashkilotga a’zo mamlakatarda iqtisodiy o’sishga ko’maklashish, moliyaviy 
barqarorlikka qaratilgan siyosatni ishlab chiqish, xalqaro savdoni rivojlantirish, 
diskriminatsion qarama – qarshiliklarni cheklash, rivojlanayotgan mamlakatlarga 
yordam ko’rsatish kabilar kiradi IXRT ramkasida 100 ga yaqin qo’mita faoliyat 
kursatadi. 
Ularning tarkibiga Noqonuniy yo’l bilan topilgan daromadlarni 
legallashtirishga qarshi kurash gruppasi (FATF) ham kiradi. Bu tashkilot 1989 
yilda tashkil etilgan va IXRTga a’zo mamlakatlar bilan hamkorlikda noqonuniy 
daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash ishlarini amalga oshiradi.
IXRTning maqsadi – erkin savdoga, yosh davlatlarning rivojlanishiga, a’zo 
mamlakatlarni iqtisodiy rivojlantirishga va moliyaviy barqarorlashtirishga 
ko’maklashashishdir. IXRT – o’ziga xos klub bo’lib, yiliga 2 marta sanoati 
rivojlangan mamlakatlar uchun fikrlar almashish va iqtisodiy siyosatni 
muvofiklashtirish, valyuta – kredit va moliya siyosatni samaradorligini oshirish, 
ilmiy – tadqiqot ishlarini tashkil etish, jahon iqtisodiyotining ekonometrik 
andozalari asosida halqaro qiyoslash va bashoratlarni ishlab chiqish borasida 
yig’ilib turadi.
Kreditor mamlakatlarning Parij klubi – rivojlangan mamlakatlarning 
norasmiy tashkilotidir. Bu erda mamlakatlarning davlat qarzlari bo’yicha to’lov 
muddatlarini boshqarish muammolari muhokama kilinadi. Bir tomonlama 
moratoriyadan qochish maqsadida (to’lovni uzaytirish) kreditorlar tashqi qarzlarni 
qayta ko’rib chiqish shartlari xaqida qarzdorlar bilan «yuzma – yuz» bitimlar olib 
boradi. Klub faoliyati 1956 yilda tashkil etilgan bo’lib, Argentina kreditorlari 
Parijga qarzdorlar bilan muzokaraga taklif qilingan paytga to’g’ri keladi.
Parij klubining majlislarida XVJ, Jahon banki va boshqa yirik moliyaviy 
institutlardan kuzatuvchilar ishtirok etishadi va ko’pincha tashqi qarzlarning joriy 
yilda to’lanishi lozim bo’lgan qismi ko’rib chiqiladi. 
Xususiy bank – kreditorlarning norasmiy London klubi 1976 yildan 
faoliyatini boshlagan bo’lib, qarzdor mamlakatlarning xususiy tashqi qarzlarini 
tartibga solish muammolarini muhokama qiladi. London klubi XVJ va Parij klubi 
bilan iqtisodiy hamkorlik olib boradi.
1970 – yillardan boshlab davlatlaro moliyaviy – iqtisodiy muammolar 
dastlab “ettilik”, keyinchalik Rossiiya Federtsiyasi qo’shilgandan so’ng 
“sakkizlik”, Belgiya, Niderlandiya, Shvetsariya va Shvetsiya qo’shilgandan keyin 
“o’nlik” davlat va hukumat rahbarlari darajasida hal etilishi yo’lga qo’yildi. 
“O’nlik” mamlakatlar rahbarlari yig’ilishida asosiy e’tibor xalqaro valyuta – kredit 
masalalariga qaratiladi va “har kim o’zi uchun”, ya’ni markazga intilish 
tendentsiyalariga qarama – qarshi bo’lgan halqaro hamkorlik va liberalizm 
tamoyillari asosida ish ko’rishga intiladi.
Halqaro moliya institutlari, Halqaro xisob – kitoblar (HHKB, 1930 yil) 
bankidan tashqari, asosan ikkinchi jahon urushidan keyin paydo bo’lgan.
Bu davlatlararo institutlar mamlakatlarga kreditlar berish, jahon valyuta 
tizimining amal kilish tamoyillarini ishlab chiqish, halqaro valyuta – kredit va 
moliya munosabatlarini davlatlararo tartibga solish bilan shug’ullansada, ularni 
tashkil etilishining tub sabablaridan biri rivojlanayotgan mamlakatlarda siyosiy 


mustaqillikni joriy etish, ularning xalqaro doiradagi ishtirokini faollashtirish, milliy 
iqtisodiyotda vujudga kelayotgan muammolarni minatqa va xalqaro darajada 
echish masalalariga qaratilgan. 
Shu bilan birga, zamonaviy xalqaro moliya institutlarining vujudga kelishiga 
quyidagi omillarni keltirish mumkin. 
33. Xalqaro iqtisodiyotda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash borasida 
kuchlarni umumlashtirgan holda hamkorlikda faoliyat yuritish. 
34. Davlatlararo valyuta va moliya – kredit siyosatini tartibga solish 
yuzasidan xalqaro andozalarni yaratish va amaliyotga joriy etish. 
35. Hamkorlikda jahon valyuta va moliya – kredit siyosati yuzasidan 
strategik taktikani ishlab chiqish. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling