Pul, kredit va banklar


Ta’minlanmagan qog’oz pullar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Ta’minlanmagan qog’oz pullar
(1931 – 1945 yy.) 
 
Birinchi jahon urushidan keyin amaldagi oltin standarti pul tizimi o’zining 
hususiyatini yo’qotib, davlatlar klassik oltin standartini saqlab qolish maqsadida 
turli choralarni qo’lladi. Lekin yigirmanchi asrning 30 yillarida dunyo 
mamlakatlari iqtisodiyotida yuzaga kelgan moliyaviy tartibsizliklar oqibatida 
muomalada oltin standartini amal qilishini butunlay to’xtadi. Mamlakatlar 
iqtisodiyotidagi inqiroz taboro chuqurlashib, ishsizlik darajasi ortib bormoqda edi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda davlatlar o’z manfaatlarini himoya qilish 
maqsadida 
turli 
valyuta 
cheklovlarini 
o’rnatish, 
milliy 
valyutalarni 
devalvatsiyalash, savdo va valyuta ustidan nazoratni kuchaytirish orqali o’zaro 
iqtisodiy va moliyaviy urush olib borishdi. Iqtisodiyotda to’g’ri va egri suzib 
yuruvchi valyuta kurslari yuzaga keldi
64
. Xalqaro savdo va investitsiyalarni to’xtab 
qolishi natijasida o’zaro savdoni amalga oshirish uchun xukumatlar ishtirokida 
tuzilgan bitimga ko’ra tovarlar barter qilindi. AQSh davlat kotibi Kordell Xoll 
64
“Clean floating” – плавающий курс, определяемый действием закона спроса и предложения на рынке. – 
Прим. пер 


ushbu holatga izoh berib, “Ikkinchi jahon urushining asosiy sababi 30 yillarda 
yuzaga kelgan moliyaviy va iqtisodiy kelishmovchiliklar” – deya ta’kidlagan edi.
65
AQShda oltin standartini amal qilishi Evropaga nisbatan ikki yilga cho’zildi. 
1933 – 1934 yillarda AQShning, “turg’unlikni oldini oladi” – degan teskari 
siyosati tufayli oltin standarti amaliyotda to’xtatildi. Amerika fuqarolariga 
mamlakatda (shu jumladan xorijda) oltinni ishlatish, olib yurish man etildi va 
dollarli hisob – kitoblarni oltin bilan so’ndirish ta’qiqlandi. Lekin, 1934 yildan 
keyin ham AQShda oltin standartining o’ziga xos yangi shakli amal qildi. Unga 
asosan qadrsizlangan dollar 1/35 untsiya oltinga tenglashtirilib, oltin bilan chet el 
hukumatlari va banklar talablari qondirilgan. Dollarning oltinga oz bo’lsada 
bog’liqligi va Evropadagi tartibsizliklar hisobiga AQShga kirayotgan oltin hajmi 
yanada ortdi.
Milton Fridman va Chikago maktabi vakillarining qarashlarida iqtisodiy va 
siyosiy kamchiliklar mavjudligini 1930 yillardagi iqtisodiy tartibsizliklar ko’rsatib 
berdi. Fridman va uning izdoshlari – erkin bozor sharoitida qanday taklif bilan 
chiqishdi? Ularning qarashlari bo’yicha dastlab oltin standartidan voz kechish va 
milliy valyutani chiqarish vakolati davlat ixtiyorida bo’lishi lozim edi. Ya’ni, 
davlat tomonidan chiqarilgan ta’minlanmagan qog’oz pullar, qonuniy to’lov 
vositasini bajarishiga erishish nazariyasini ilgari surilgan. Shundan co’ng dastlab 
davlat qog’oz pullarni muomalaga chiqarishi va boshqa valyuta kurslariga nisbatan 
tebranishiga imkon berish kerak. Bunda inflyatsiya darajasini belgilangan 
me’yorda bo’lishini davlat tomonidan nazorati ta’minlanishi lozim edi. Lekin 1930 
yillardagi jahon iqtisodiyotidagi tartibsizliklarni kelib chiqishi, aynan mamlakatlar 
pul tizimini izdan chiqishi bilan bog’liq edi.
Shunday qilib, 30 yillarning ta’minlanmagan qog’oz pullariga asoslangan 
pul tizimining ayanchli tajribasi va uni oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy tanglik 
shuni ko’rsatdiki, ikkinchi jahon urushidan so’ng xalqaro iqtisodiy munosabatlarni, 
xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi va kapital oqimini yo’lga qo’yish maqsadida 
AQSh o’z oldiga jahon pul tizimini qayta tiklash vazifasini qo’ydi. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling