Pul, kredit va banklar


Birinchi jahon urushi va undan keyingi davr


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Birinchi jahon urushi va undan keyingi davr
(1914 – 1926 yy). 
Klassik oltin standarti pul tizimi mukammal bo’lib, hozirgi kungacha 
insonlar undan samaraliroq va qulayroq pul tizimini o’ylab topa olishmagan. O’z 
navbatida “Agar oltin standarti mukammal amal qilgan bo’lsa, nima uchun 
muomaladan yo’qoldi degan savol tug’iladi.” Buning asosiy sababi, davlatning pul 
tizimiga aralashuvining ortishi va banklarning o’z majburiyatlarini to’liq 
bajarmasligi oqibatida pul tizimining izdan chiqishidir. Birinchi jahon urushi 
natijasida urushda ishtirok etgan barcha davlatlarda xarajatlarning oshishi 
natijasida pul taklifini haddan ziyod ko’paytirishga majbur bo’ldilar. O’zaro 
urushda ishtirok etayotgan mamlakatlarda inflyatsiya darajasi shu darajada yuqori 
ediki, ular xarajatlarni qoplash maqsadida emissiya qilingan qog’oz pullar oltin va 
boshqa qimmatbaho metallar bilan ta’minlanmagan edi. Shu tariqa ushbu davlatlar 
oltin standartidan voz kechdilar va o’zlarini bankrot deb e’lon qildilar.
Urushda ishtirok etgan davlatlar ichidan faqatgina AQShda dollarning taklifi 
belgilangan 
me’yoridan orttirilmadi. O’z vaqtida boshqa davlatlarda 
devalvatsiyaning ortishi, o’zaro turli valyutaviy to’siqlarning yuzaga kelishi
bojxona tariflari va kvotalarining joriy qilinishi natijasida xalqaro savdo va 
investitsiya faoliyati izdan chiqdi, bu esa mamlakat pul tizimiga jiddiy salbiy ta’sir 
ko’rsatdi. Inflyatsiya oqibatida Angliya funti, Frantsiya franki, Germaniya markasi 
oltinga nisbatan qadrsizlandi. Bu hol keyinchalik dollarning ham oltinga nisbatan 
kursini tushishiga olib keldi. Ushbu vaziyatda dunyo pul tizimi inqirozga uchragan 
va dunyoning etakchi ekspertlari va siyosatchilari iqtisodiy barqarorlikni 
ta’minlovchi oltin standartiga qaytish ustida bosh qotirayotgan edi. 
Oltin quyma va oltin deviz standarti 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling