Pul, kredit va banklar
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
16-mavzu: Xalqaro valyuta munosabatlari va ularni tartibga solish masalalari 16.1. Valyuta tizimi va uning elementlari 16.2. Valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari 16.3. Valyuta kursi va uning turlari 16.1. Valyuta tizimi va uning elementlari Xalqaro valyuta munosabatlarining rivojlanishida mamlakatlar o’rtasida xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, xalqaro bozorlarning paydo bo’lishi, xo’jalik yuritishning xalqaro tizimini shakllanishi va xalqaro iqtisodiy aloqalarning globallashuvi hamda internatsionallashuvi asosiy omillardan bo’lib hisoblanadi. Xalqaro valyuta munosabatlari xalqaro ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarni rivojlanishi bilan bevosita bog’liq. Xalqaro takror ishlab chiqarish va valyuta munosabatlari o’rtasida bevosita va qarama– qarshi aloqa mavjud bo’lib, ular xalqaro daromadli tovarlar, moliyaviy kapital va xizmatlarni ayirboshlash jarayonida namoyon bo’ladi. Mamlakatlar o’rtasida valyuta munosabatlarining holati milliy va xalqaro iqtisodiyotning rivojlanishi, mamlakatlar o’rtasidagi siyosiy muhit, shuningdek, boshqa qator omillar bilan baholanadi. Xalqaro iqtisodiyotning globallashuvi va internatsionallashuvi sharoitida ichki ishlab chiqarish jarayonlar tashqi omillarga bog’liq bo’lib qoladi. Jumladan, xalqaro ishlab chiqarish, savdo, fan va texnika taraqqiyoti, xorijiy kapitalning migratsiyasi kabi boshqa jarayonlar valyuta munosabatlari orqali tartibga solib boriladi. Xalqaro valyuta munosabatlarining zaiflashuvi, jahon moliyaviy inqirozlari mahalliy va xalqaro darajadagi takror ishlab chiqarish jarayoniga salbiy tasir ko’rsatadi. Mamlakatlar o’rtasida xalqaro ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlar – ning rivojlanishi xalqaro valyuta munosabatlarining shakllanishi va mazmunan rivojlanib, takomillashib borishiga zamin yaratdi. Bu o’z navbatida valyuta tizimini shakllanishiga xizmat qildi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling