Pul, kredit va banklar


Xalqaro valyuta tizimining elementlari


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Xalqaro valyuta tizimining elementlari
jahon pulining funktsional shakli; 
valyutalarni o’zaro konvertirlash shartlari; 
valyuta pariteti rejimining reglamenti; 
davlatlararo valyutaviy chegaralarni tartibga solish; 
xalqaro valyuta likvidligini davlatlararo tartibga solish usuli; 
xalqaro kredit mablag’lari muomalasini unifikatsiyalash qoidalari; 
xalqaro hisob–kitoblar shakllarini qo’llashning qoidalari; 
xalqaro valyuta va oltin bozorlarining faoliyat yuritish rejimi; 
davlatlararo valyutani tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlar; 
Milliy valyuta tizimining asosini shu mamlakat milliy valyutasi tashkil etadi. 
Ushbu valyuta tegishli qonunchilik xujjatlari asosida mamlakatda yagona to’lov 
vositasi sifatida mustahkamlanadi. Xalqaro hisob –kitoblarda qo’llaniladigan pul 
(milliy valyutalar) valyuta deb yuritiladi.
 
16.2. Valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari 
 
Klassik oltin standarti
(1815 – 1914 yy.) 
 
Jahon tsivilizatsiyasining asrlar davomida rivojlanishi, dunyodagi turli 
mamlakatlar ijtimoiy – iqtisodiy hayot tarziga turlicha ta’sir ko’rsatdi. Shu nuqtai 


nazardan XIX asrni tom ma’noda g’arb tsivilizatsiyasining oltin asri yoki klassik 
oltin standarti hukmronligi asri deyishimiz mumkin. Bu davrda muomalada oltin 
bilan birga kumush ham to’lov vositasini bajargan, lekin mamlakatlar o’rtasidagi 
hisob – kitoblar oltinda amalga oshirilar va jahon mamlakatlari iqtisodiyoti oltin 
standarti ostida birlashgan edi.
Mamlakatda amal qilgan milliy valyutalar (dollar, funt, frank va h.k.) esa, 
faqatgina belgilangan oltin qiymatini o’lchov birligi bo’lib xizmat qilgan. Masalan, 
dollarning nomlanishi – 1/20 untsiya og’irlikka teng bo’lgan oltinni anglatgan, funt 
sterling nomi esa – oltinning ј untsiya og’irligini anglatgan. Shundan kelib chiqib, 
ayirboshlash kurslari davlat ishtirokisiz qat’iy belgilangan baholarda amalga 
oshirilgan. Mamlakat milliy valyutalari o’lchov birligiga bog’liq ravishda bir – 
biriga doimo mos kelgan. Ya’ni, 1 funt (o’lchov birligi) doimo 16 untsiyaga, xuddi 
shunday 1 funt sterling (oltin o’lchov birligi) 4,86 dollarga teng bo’lgan.
Xalqaro oltin standarti insonlarga juda katta imkoniyatlar yaratgan va butun 
jahonda amal qiluvchi universal pul vazifasini o’tagan. AQShning rivojlangan va 
boy mamlakat darajasiga etishining asosiy sabablaridan biri sifatida, dunyoning 
deyarli barcha davlatlarida dollarning to’lov vositasi sifatida amal qilishi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Buni iqtisodiyotning rivojlanishida mehnat taqsimotida, 
xalqaro kapital oqimida, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasida va boshqalarda 
ko’rishimiz mumkin.
Shuni qayd etish joizki, oltinni erkin iqtisodiyotda amal qilishi, barcha 
tovarlarga erkin ayriboshlanadigan umumiy ekvivalent “maxsus tovar” sifatida tan 
olinishi uchun 100 yillar talab qilindi va davlatning bu jarayonlardagi o’rni 
unchalik katta emas. Chunki, oltinni muomalaga chiqishi davlat ixtiyori bilan 
emas, balki bozor talabidan kelib chiqib belgilangan. Xalqaro oltin standartining 
amal qilishi mamlakatda sun’iy inflyatsiyani yuzaga kelishiga yo’l qo’ymasligi 
bilan birga, mamlakat to’lov balansining muvozanatini ta’minlagan. 
Mamlakatda pul taklifini ortishi mahalliy tovar va xizmatlar bahosining 
ortishiga olib keladi. O’z navbatida aholining nominal daromadlari ortadi, bu esa 
importning o’sishiga ta’sir ko’rsatadi. Chunki, import tovarlar bahosi mahalliy 
tovarlarga nisbatan ancha past bo’ladi. Natijada mamlakatda eksportning hajmi 
importga nisbatan qisqaradi. O’z navbatida mamlakat tashqi savdo balansida 
taqchillikni keltirib chiqaradi. Bu esa mamlakat oltin valyuta zaxiralarini 
kamayishiga olib keladi. Shu o’rinda aytish joizki, bank depozitlarining sun’iy 
ravishda oshishi va bank tomonidan beriladigan kreditlar hajmining ortishi ham 
oltin – valyuta zaxiralarini kamayishiga olib keladi. Chunki, bu holda ham 
importerlar yoki bank mijozlari depozitlarni oltin miqdorida qaytarishni talab 
qiladilar. Shuning uchun mamlakatda pul taklifini kamaytirish va uning tegishli 
me’yorini saqlash lozim bo’ladi. Pul taklifining pasayishi tovarlar narxini 
tushishiga olib keladi va shu tariqa bozorda narxlar muvozanati ta’minlanadi. Bu 
esa eksport hajmini oshirish ehtiyojini tug’diradi va mamlakatga oltin oqimining 
ortishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu holat o’zaro savdo – iqtisodiy munosabatda 
bo’lgan barcha davlatlarda narxlar muvozanati ta’minlangunga qadar davom etadi.
O’z davrida davlatning oltin standarti pul tizimini mustaqil amal qilishiga 
aralashuvi, uning samaradorligiga salbiy ta’sir qilgan va ushbu pul tizimining 


mukammalligidan qat’iy nazar inflyatsiya, retsessiya natijasida iqtisodiy tsiklning 
izidan chiqish holatlari yuz bergan. Oltin tangalarni zarb etish ustidan davlat 
nazoratini o’rnatilishi, qonuniy to’lov vositalarining davlat tomonidan belgilab 
qo’yilganligi, qog’oz pullarni joriy etilishi va inflyatsiyani rag’batlantirilishi kabi 
yo’nalishlar orqali davlat erkin pul bozorini boshqarishga xarakat qilgan. 
Davlatning pul muomalasiga ta’sir etish choralarini joriy etilishiga qaramay, ushbu 
sohadagi o’zgarishlar asosan bozor talabidan kelib chiqib amalga oshirilgan.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling