Pul, kredit va banklar
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy valyuta tizimining asosiy elementlari
Valyuta tizimi – valyuta munosabatlarini tashkil etish va tartibga solish
shakli bo’lib, maxalliy qonunchilik yoki xalqaro kelishuv asosida mustahkamlanadi. Xalqaro iqtisodiy adabiyotlarda – milliy, xalqaro va hududiy valyuta tizimlari mavjudligi e’tirof etiladi. Dastlab milliy valyuta tizimlari vujudga kelgan. Milliy valyuta tizimlari xalqaro amaliyotdagi normalarni inobatga olgan holda mahalliy qonunchilik hujjatlari asosida tartibga solinadi. Milliy valyuta tizimi mamlakat pul tizimini tashkil etib, erkin ravishda mamlakat hududidan o’zga hududlarda to’lov vositasini bajarishi mumkin. Buning uchun qator omillar mavjud bo’lishi lozim. Xususan, milliy iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligi taminlangan bo’lishi, milliy valyutani sotib olish qobiliyati mustahkam bo’lishi, mamlakat jahon xo’jaligida yuqori mavqie va reytingga ega bo’lishi kabilar shular jumlasidandir. Xalqaro valyuta tizimining vujudga kelishining asosini mamlakatlarning milliy valyuta tizimi tashkil etadi va mamlakatlar o’rtasida o’zaro kelishuvlar asosida mustahkamlanadi. Dastlabki xalqaro valyuta tizmining vujudga kelishi 1850 yillarga to’g’ri keladi. Xalqaro valyuta tizimining barqaror samarali amal qilishi, uning tegishli tamoyillariga rioya etilishi, mamlakatlar o’rtasida siyosiy iqtisodiy barqarorlik ta’minlanishini talab etadi, aks holda xalqaro valyuta tizimi vaqti – vaqti bilan inqirozga uchraydi, buning natijasida amaldagi valyuta tizimi barham topib, uning o’rniga yangisi tashkil topadi. Milliy va xalqaro valyuta tizimining amal qilishi, ularning elementlarida namoyon bo’ladi. Milliy valyuta tizimining asosiy elementlari quyidagilardan iborat: milliy valyuta; konverterlash shartlari; milliy valyuta pariteti; milliy valyuta kursining rejimi; valyutaviy chegaraning mavjudligi yoki chegaralanmaganligi, valyuta nazorati; mamlakatning xalqaro valyuta likvidligini tartibga solish tartibi; xalqaro kredit mablag’laridan to’lov vositasi sifatida foydalanishi reglamenti; mamlakatning xalqaro hisob – kitoblar reglamenti; mahalliy valyuta va oltin bozorlarini faoliyat ko’rsatish rejimi (tartibi); mamlakat valyuta munosabatlarini tartibga soladigan va boshqaradigan mahalliy organlar. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling