Pul, kredit va banklar


Mikrokredit tashkilotlari


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

14.2. Mikrokredit tashkilotlari 
 
Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish 
uchun murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablag‘laridan 
shakllantirilgan bo‘lishi kerak. 
Mikrokredit tashkilotining firma nomi va muhri. Mikrokredit 
tashkilotining firma nomida "mikrokredit tashkiloti" so‘z birikmasi 
ifodalanishi va mazkur nom boshqa mikrokredit tashkilotlarining firma 
nomiga o‘xshash bo‘lmasligi kerak. Ushbu Qonun talablariga javob 
bermaydigan yuridik shaxs o‘z nomida "mikrokredit tashkiloti" so‘z 
birikmasidan foydalanishga haqli emas. 


Mikrokredit tashkiloti o‘zining firma nomi davlat tilida to‘liq yozilgan 
hamda joylashgan eri ko‘rsatilgan muhriga ega bo‘lishi kerak. Muhrda ayni 
vaqtning o‘zida firma nomi boshqa tilda ham ko‘rsatilishi mumkin. 
Mikrokredit tashkiloti o‘z nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va o‘z 
emblemasiga ega bo‘lishga haqlidir. 
Mikrokredit tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. Mikrokredit 
tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofik davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. 
Mikrokredit tashkiloti faoliyatini litsenziyalash.Qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan hollarda mikrokredit tashkiloti mikromoliyaviy xizmatlar 
ko‘rsatish faoliyatini litsenziya olganidan keyin amalga oshiradi. 
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish to‘g‘risidagi yoki litsenziya 
berishni asoslantirilgan holda rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish 
haqidagi ariza bilan murojaat qilingan va litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan 
hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun ichida qabul 
qilinadi. Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar 
Mikrokredit tashkiloti litsenziya olish uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankiga yoki uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni 
taqdim etishi kerak: 
1. litsenziya berish xaqidagi ariza; 
2. mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari; 
3. mikrokredit 
tashkiloti 
davlat 
ro‘yxatidan 
o‘tkazilganligi 
to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tartibda tasdiqlangan 
nusxasi; 
4. mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar; 
5. mikrokredit 
tashkilotining 
ustav 
fondi 
shakllanganligini 
tasdiqlovchi bank hujjati. 
Litsenziya berishni rad etish. Taqdim etilgan hujjatlar qonun hujjatlarida 
belgilangan talablarga nomuvofiq bo‘lgan va taqdim etilgan hujjatlarda 
ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hollarda
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mikrokredit tashkilotiga litsenziya 
berishni rad etishi mumkin. 
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror buyurtma beruvchiga rad 
etish sabablari hamda buyurtma beruvchi mazkur sabablarni bartaraf etib, 
hujjatlarni qaytadan ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan 
muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi. 


Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin. 
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va uni bekor 
qilish. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror 
quyidagi hollarda qabul qilinadi: 
 
mikrokredit tashkiloti tomonidan ushbu Qonun hamda boshqa qonun 
hujjatlari talablari, shu jumladan litsenziya talablari va shartlari buzilganda
 
mikrokredit tashkilotining faoliyatidaaniqlangan qoida-buzarliklarni 
bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar mazkur tashkilot tomonidan 
bajarilmaganda. 
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda 
qabul qilinadi: 
mikrokredit tashkiloti to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lganda; 
hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib ko‘rsatilganda; 
mikrokreditlar berish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish litsenziya berilgan 
paytdan e’tiboran olti oydan ortiq muddatga kechikkanda. 
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror qonunda nazarda 
tutilgan boshqa hollarda ham qabul qilinishi mumkin. 
Litsenziyaning soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti 
aniqlangan taqdirda, u bekor qilinadi. 
Mikrokredit tashkiloti tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar 
Mikrokredit tashkiloti quyidagi turlardagi mikromoliyaviy xizmatlar 
ko‘rsatishi mumkin: 
mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish
qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring); 
mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan mikrolizing 
(moliya ijarasi); 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar 
ko‘rsatish, shu jumladan iste’mol kreditlari berish. 
Mikrokredit tashkiloti mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va 
boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan bsg‘liq maslahat va 
axborot xizmatlari ko‘rsatishi mumkin. 
Mikrokredit tashkiloti qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik va 
jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabul qilishga haqli 
emas.Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish uchun mablag‘larning manbalari 


Mikrokredit tashkiloti quyidagilar hisobidan mikromoliyaviy xizmatlar 
ko‘rsatadi: 
1. o‘z mablag‘lari, shu jumladan olgan daromadlari; 
2. investorlar, shu jumladan chet ellik investorlar tomonidan investitsiya 
shartnomalari asosida berilgan mablag‘lar; 
3. banklarning kreditlari va davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari; 
4. xalqaro moliya institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining, shu jumladan 
chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining grantlari va qarz mablag‘lari; 
5. qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mikrokredit tashkilotlari 
faoliyatini tartibga solishga doir vakolatlari. O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki moliyaviy tizimning barqarorligini saqlash, qarz oluvchilar 
va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida 
"O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida"gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuniga muvofiq mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga 
solishni amalga oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan tartibda: 
 mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam mikdorini hamda 
moliyaviy va kassa operatsiyalari o‘tkazishning, buxgalteriya hisobi va 
hisobotini yuritishning mazkur tashkilotlar uchun majburiy bo‘lgan 
qoidalarini belgilaydi; 
 mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini tekshiradi va ularning 
faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga oid bajarilishi 
majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi; 
 mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining malakasiga doir 
talablarni belgilaydi; 
 mikrokredit tashkiloti tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalar 
o‘tkazishni uch oygacha bo‘lgan muddatga cheklaydi; 
 mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turadi, 
tugatadi yoki litsenziyani bekor qiladi. 
Mikrokredit tashkilotining filiallari. Mikrokredit tashkiloti qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda filiallar tashkil etishga haqli. 
Mikrokredit tashkilotining filiali o‘z faoliyatini mikrokredit tashkiloti 
uchun berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi. Mikrokredit tashkilotini 


qayta tashkil etish va tugatish. Mikrokredit tashkilotini qayta tashkil etish va 
tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling