Pul, kredit va banklar


Lombardlar va ularning tashkil topishi


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

14.2. Lombardlar va ularning tashkil topishi
 
Lombardlarixtisoslashgan tijorat tashkiloti bo‘lib, asosiy faoliyati 
fuqarolarning harakatdagi mulklari garovi ostida, qisqa muddatli kreditlar 
berish va buyumlarni saqlash bilan shug‘ullanadi. Lombardlarning 
ixtisoslashganlik darajasiga qarab buyumlar, oltin buyumlar va avtoulovlar 
garov sifatida qabul qilinadi. Buyumlar tomonlarning o‘zaro kelishuvi 
asosida baholanadi. Lombard va kredit oluvchi shaxs o‘rtasida tuzilgan 
shartnoma asosida kredit beriladi. 
Dastlabki lombardlar XV asrlarda Frantsiyaning Lombard shahrida 
savdogarlar tomonidan tashkil etilgan. Hozirgi kunda amaliyotda qo‘llanilib 
kelinayotgan “lombard” termeni shu tariqa paydo bo‘lgan. 
Lombardlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ushbu 
muassasalar mijozning ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan summani juda tez 
fursatda berish imkoniyatiga egaligidir. Bunda lombard va qarz oluvchi 
o‘rtasida, ko‘pchilik hollarda qimmatbaho buyumlar garov sifatida 


foydalaniladi. Lombard tashkiloti berilgan kredit uchun undirilishi lozim 
bo‘lgan foiz to‘lovini, ko‘pchilik hollarda, oldindan kredit summasidan 
chegirib qoladi.
Lombard kredit uchun hisoblanadigan foiz summalari quyidagi tartibda 
hisoblanadi.
Masalan, kredit summasi – 1,0 mln so‘m, oylik foiz to‘lovi – 3 %, 
kreditdan foydalanish muddati – 20 kun.
Kredit summasidan kelib chiqib, ushbu kredit summasiga nisbatan 
to‘lanadigan foiz to‘lovi quyidagicha aniqlanadi: 1000000*0,003*20=60000 
so‘m.O‘zbekistonda lombardlar bank tizimining ikkinchi pog‘onasidagi 
kredit muassasalari tarkibiga kiradi. 
Ilk marotaba kredit kooperativini tashkil etish kontseptsiyasi 1850 yilda 
Germaniyada, aholining kam ta’minlangan qatlamlarining moliyaviy 
ehtiyojlarini qondirish maqsadida paydo bo‘lgan. Tegirmonchi va 
novvoylarning dastlabki kooperativ kredit jamiyatini tuzgan German Shultse-
Delich va kredit uyushmalari faoliyatining asosiy qoidalarini birinchi bo‘lib 
bayon 
etgan 
hamda 
keyinroq 
kredit 
uyushmalari 
federatsiyasi 
(assotsiatsiyasi)ni shakllantirishga ko‘mak bergan Frederik Rayfayzen 
kooperativ harakatiga asos solganlar. Frederik Rayfayzeng‘ bu inson birinchi 
bo‘lib kredit uyushmalar uchun faoliyat printsiplarini yozadi va keyinchalik 
kredit uyushmalari assotsiatsiyasini tashkil etadi. Bu assotsiatsiyani tashkil 
etib, yangi ochilgan kredit uyushmalarni qonun, mijozlar bilan ta’minlash 
bilan shug‘ullangan. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling