Pul, kredit va banklar


-mavzu: Nobank kredit tashkilotlari va ularning turlari


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

14-mavzu: Nobank kredit tashkilotlari va ularning turlari 
 
14.1. Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari 
14.2. Lombardlar va ularning tashkil topishi
14.2. Mikrokredit tashkilotlari 
14.3. Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasi 
14.4. Nobank kredit tashkilotlarining aktiv operatsiyalari 
 
 
14.1. Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari 
Kredit uyushmasimikromoliyalash tashkilotlari tarkibidagi asosiy 
moliya muassasasi hisoblanib, vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jalb 
qilish asosida mikrokredit va kreditlar berish bilan shug‘ullanadigan tijorat 
tashkilotidir.
Kredit uyushmasiga Markaziy bankning tegishli me’yoriy hujjatlarida
kredit uyushmasi – kreditlar berish hamda boshqa moliyaviy xizmatlar 
ko‘rsatish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy teng 
huquqli a’zolik asosida tuziladigan kredit tashkiloti sifatida ta’rif berilgan.
Kredit uyushmalariga iqtisodiy adabiyotlarda notijorat moliyaviy 
tashkilot sifatida ta’riflar berilgan. Bizningcha dastlabki kredit uyushmalari 
notijorat asosida tashkil topgan bo‘lishi mumkin, biroq hozirgi kunda 
mamlakatimizda tashkil etilayotgan va faoliyat yuritayotgan barcha kredit 
uyushmalarining asosiy maqsadi foyda olishga qaratilgan. 
Kredit uyushmalari faoliyatiga kengroq ma’noda e’tibor qaratadigan 
bo‘lsak, kredit uyushmalari kooperativ tashkilot bo‘lib, jismoniy va yuridik 
shaxslarning vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli shartlar asosida 
o‘ziga jalb etadi va o‘zining a’zolariga ushbu mablag‘lar hisobidan 
kreditlarni taqdim etadi.
Ayrim ma’nbalarga ko‘ra, dastlabki kredit uyushmalari 1844 yilda 
Angliyaning Rochdeyl shahrida to‘qimachlik korxonasi ishchilari tomonidan 
tashkil etilgan. XIX – asrning 60 yillarida kredit uyushmalari tashkil etish 
g‘oyalari Germaniya va Avstriyalik Fridrix Rayffayzen va German Shultse – 
Delichlar tomonidan ilgari surildi. Shu davrda kredit uyushmalari faoliyati 
rivojlandi va moliyaviy muassasalar sifatida mamlakat moliya tizimiga kirib 
keldi.


Rayffayzen dastlabki qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatadigan kredit 
klasslari, shuningdek, savdo – sotiqni kreditlaydigan uyushmalarning 
asoschisi hisoblanadi.
Shultse – Delich tomonidan tashkil etilgan kredit uyushmalarining 
asosiy faoliyati shaharlarda faoliyat yuritadigan hunarmand, kosib va mayda 
tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishga qaratildi.
Hozirgi kunda, kredit uyushmalari AQSh, Kanada, Irlandiya, 
Avstraliya, Janubiy Koreya, Tayvan mamlakatlarida juda keng rivojlangan, 
shuningdek, ayrim MDX mamlakatlarida (Rossiya, Qozog‘iston, Estoniya) 
ham jadal rivojlanish bosqichini o‘z boshidan kechirmoqda.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling