Pul, kredit va banklar


 Tijorat banklari daromad va xarajatlari


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

 
13.4. Tijorat banklari daromad va xarajatlari 
Tijorat banklarining daromadi foizli va foizsiz daromadlardan iborat. Tijorat 
banklarinining daromadlari tarkibida foizli daromadlar asosiy salmoqni egallaydi. 
Daromadlar bank balansining passivida hisobga olib boriladi.
Tijorat banklari daromadlarini manbalari turli – tuman bo‘lib, ularni 
quyidagi tartibda guruhlash mumkin. 
38. Mulkiy shaklidan qa’tiy nazar yuridik va jismoniy shaxslarga qisqa, 
o‘rta va uzoq muddatga so‘mda va xorijiy valyutalarda berilgan kreditlar bo‘yicha 
daromadlar. 
39. Markaziy bankdagi va boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlar 
bo‘yicha daromadlar. 
40. Qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha daromadlar. 
41. Trast, lizing, faktoring va forfeyting operatsiyalari bo‘yicha daromadlar. 
42. Qimmatbaho metallar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha 
daromadlar.
43. Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan RYePO bitimlari 
bo‘yicha daromadlar. 
44. Xorijiy valyutalar kursining o‘zgarishi natijasida olinadigan daromadlar. 
45. Berilgan kafolatlar va tijorat faoliyatidan olinadigan daromadlar.
46. Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, qo‘shma korxonalarga va sho‘‘ba xo‘jalik 
jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar. 
47. Maslahat va vositachilik xizmatlaridan olingan daromadlar. 
48. Boshqa daromadlar. 
49. Tijorat banklarining foizli daromadlari asosan ular tomonidan 
berayotgan kreditlar hisobidan shakllanadi.
Tijorat banklarining xarajati foizli va foizsiz xarajatlardan iborat bo‘ladi. 
Xarajatlar bank balansining aktiv tomonida hisobga olib boriladi.
Tijorat banklari o‘z faoliyatini tashkil etish jarayonida turli xarajatlarni 
amalga oshiradi, shu bois xarajatlarni moddalar bo‘yicha guruhlarga ajratib 
o‘rganish maqsadga muvofiq.
50. Bankning moliyaviy resurslarini shakllantirish va uning bevosita 
faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar. Ushbu xarajatlar tarkibiga: 
1. mijozlarning 
talab 
qilib 
olinguncha 
saqlanadigan 
depozit 
hisobvaraqlariga xarajatlar; 
2. depozit sertifikatlar, omonatlar va aktsiyalarga to‘lanadigan xarajatlar; 
3. boshqa bank va bank bo‘lmagan tashkilotlardan olingan kreditlar 
bo‘yicha xarajatlar; 


4. Markaziy bankdan qayta moliyalash tarzida olingan resurslarga 
to‘lanadigan xarajatlar; 
5. naqd pullarni olib kelish, jo‘natish va saqlash bilan bog‘liq xarajatlar; 
6. qimmatli qog‘ozlar va qimmatli metallar bilan bog‘liq operatsiyalar 
bo‘yicha to‘lanadigan xarajatlar; 
7. mahalliy banklarning vakillik hisobvaraqlariga to‘lanadigan xarajatlar; 
8. xorijiy banklarning «Loro» vakillik hisobvaraqlariga to‘lanadigan 
xarajatlar; 
9. qaytarilmagan kreditlar bo‘yicha xarajatlar; 
10. boshqa xarajatlar. 
1. Xodimlarining ish haqi, ijara va boshqa ma’muriy xarajatlar: 
11. ish haqi va moddiy yordam xarajatlari
12. sug‘urta va badallarga xarajatlar; 
13. xodimlarni ijtimoiy himoya va meditsina xarajatlari; 
14. ijara, suv, elektr energiya, ta’mirlash, qo‘riqlash va boshqa xarajatlar. 
3. Xizmat safari, tarnsport va amortizatsiya xarajatlari. 
15. bank xodimlarining xizmat safari va yashash xarajatlari
16. transport va yoqilg‘i xarajatlari; 
17. bank binosi va boshqa imoratlariga amortizatsiya xarajatlari; 
18. transport, mebel va boshqa jihozlarning amortizatsiya xarajatlari; 
19. nomoddiy aktivlar va ijaraga topshirilgan binolarga amortizatsiya 
xarajatlari; 
20. soliq to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlar;
21. boshqa xarajatlar. 
4. Bankning imidjini ko‘tarish va xizmatlarining turini ko‘paytirish bilan 
bog‘liq xarajatlar: 
22. reklama va e’lonlarga qilinadigan xarajatlar; 
23. prezentatsiya va boshqa tadbirlarlarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar; 
24. kitoblar va davriy nashrlarga qilinadigan xarajatlar,
25. homiylik va vasiylik xarajatlari; 
26. boshqa xarajatlar. 
Tijorat banklarining xarajatlari tarkibida asosiy salmoqni yuqorida 
keltirilgan birinchi va ikkinchi guruxdagi xarajat moddalari egallaydi.
Tijorat bankining yuqori darajada foydaga ega bo‘lishi va kapitalning 
yetarliligini ta’minlanganligi uning iqtisodiy jihatdan mustahkamligini anglatadi. 
Bankning yuqori foydaga ega bo‘lishi uning raqobatbardoshligini va 
xizmatlarining sifatini oshirishga xizmat qiladi. Kapitalning yetarligini 
ta’minlanganligi esa bankning aktiv operatsiyalarining hajmini oshirishga va risk 
darajasini pasaytirishga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling