Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

 (1926 – 1931 yy.) 
Birinchi jahon urushi natijasida jahon valyuta tizimi inqirozga uchragan edi. 
Urushdan keyingi davrga kelib, mamlakatlararo valyuta – pul tizimini yo’lga 
qo’yish maqsadida oltin standartini joriy qilishning imkoniyatlarini ko’rib chiqish 
zaruriyatini yuzaga keltirdi. O’sha davrda yuzaga kelgan vaziyat shuni taqozo etar 
ediki, evropa mamlakatlari pullarini oltinga nisbatan qadrsizlanishidan kelib 
chiqib, valyuta kurslari o’rtasidagi nisbatni pul taklifi va narxlar darajasiga bog’liq 
ravishda qaytadan o’rnatish kerak edi. Chunki, agar urushdan oldingi davrda funt 
sterling 4,86 dollarga teng bo’lgan oltin birligiga ayriboshlangan bo’lsa, urush 


so’ngida inflyatsiya oqibatida valyuta bozoridagi funt sterlingning kursi 3,50 
dollargacha tushib ketdi. Boshqa davlatlarni pullari ham shu tariqa qadrsizlangan 
edi. Shuning uchun Buyuk Britaniya oltin standartiga qaytadigan bo’lsa, funtning 
haqiqiy qiymati 3,50 dollar nisbatida belgilanishini talab etar edi. O’z navbatida 
oltin standarti amal qilishi uchun barcha davlatlar ushbu holatga rozi bo’lishi kerak 
edi. Lekin bu borada mamlakatlarning bir to’xtamga kelishi qiyin bo’ldi. Masalan, 
Buyuk Britaniyaning kamchiligi shunda ediki, nafaqat oltin standartini qayta 
tiklash, balki funtning avval amalda bo’lgan 4,86 dollar darajadagi kursiga 
qaytarish edi.
63
Buyuk Britaniyaning bunday siyosati dunyoning moliyaviy markazi bo’lgan 
Londonning obro’sini saqlashga qaratilgan edi. Buni amalga oshirish uchun Buyuk 
Britaniya eng avvalo pul taklifini kamaytirish va tovarlar narxini pasaytirishga 
erishishi kerak edi. Lekin, funt kursi 4,86 dollarga tenglashgan holda Buyuk 
Britaniya tovarlarlarini jahon bozoridagi narxi ortib raqobatbardoshligiga salbiy 
ta’sir ko’rsatar edi. Kasaba uyushmalari ta’sirining ortishi va davlat tomonidan 
ishsizlik uchun nafaqalarni joriy qilinganligi pul taklifini kamaytirish imkonini 
bermas edi. Deflyatsiyani amalga oshirish (pul taklifini kamaytirish bilan aholi 
nominal daromadlarini pasaytirish) uchun Buyuk Britaniya ijtimoiy himoyaga 
asoslangan davlat qurish nazariyasidan voz kechishi yoki ayrim “ijtimoiy 
kafolat”larni muzlatishi kerak edi. Buning o’rniga Buyuk Britaniya ijtimoiy 
himoyaga asoslangan davlat dasturlarini bajarish maqsadida pul taklifini yanada 
orttirib bordi, o’z navbatida inflyatsiya darajasi ham o’sib bordi.
Yigirmanchi asrning 20 yillarga kelib, Buyuk Britaniyada inflyatsiya va 
ishsizlik darajasi yuqori nuqtaga kelgan, mamlakat eksport hajmi ham tushib 
ketgan edi. Bu davrda boshqa evropa davlatlarida iqtisodiy o’sish kuzatilayotgan 
edi. Shuning uchun Buyuk Britaniyada qabul qilingan qarorlardan voz kechmagan 
holda yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish muammosi ko’ndalang turgan edi. Shu 
maqsadda 1922 yili Genuya shahrida bo’lib o’tgan konferentsiyada Buyuk 
Britaniya yangi pul standarti bo’lgan oltindeviz standartini taklif qildi.
Dunyo mamlakatlari ichida AQShda klassik oltin standarti saqlangan bo’lib, 
Buyuk Britaniya va boshqa evropa mamlakatlari 1926 yilga kelib klassik oltin 
standartiga tenglashtirilgan yangi pul tizimiga o’tishdi. Unga ko’ra Britaniya funti 
va boshqa valyutalar oltin tangalarga emas, balki faqatgina yirik tashqi savdoni 
amalga oshiruvchilar uchun oltin quymalarga ayriboshlanar edi. Buyuk Britaniya 
va boshqa Evropa mamlakatlari fuqarolari kundalik hayotda oltin tangalardan 
foydalana olmas edilar. Bu bank kreditlarini va inflyatsiyani rag’batlantirishga 
xizmat qilar edi. Yangi oltindeviz standartiga asosan Buyuk Britaniya funtni 
so’ndirishda oltin bilan birga dollardan ham foydalanar, boshqa davlatlar esa 
o’zlarining valyutalarini oltinga emas, funtga ayirboshlar edilar. Shu yo’l bilan 
aksariyat mamlakatlarda milliy valyutalar kursi sun’iy oshirildi va oltin standartiga 
qaytishdi. Natijada oltinga asoslangan moliyaviy piramida tashkil topdi. Uning 
asosini qisman funt bilan ta’minlangan Evropa mintaqasi valyutalari, qisman dollar 
63
О принципиальной ошибке Великобритании и ее последствиях, пришедших к депресии 1929 г., см.: 
Robbins L . The Great Depression. New York: MacMillan, 1934.


bilan ta’minlangan funt, qisman oltin bilan ta’minlangan dollar tashkil etgan va bu 
“oltindeviz standarti” deb ataldi, dollar va funt esa “tayanch valyutalar” 
hisoblangan.
Buyuk Britaniya iqtisodiyotida pul taklifi hamda kredit hajmining ortishi 
hisobiga tashqi savdo balansda taqchillik yuzaga keldi. Bunday vaziyatda oltin 
standarti inflyatsiyani cheklashga xizmat qilmay qo’ydi. Oltindeviz standarti 
Buyuk Britaniyaga milliy valyuta taklifini oshirish va inflyatsiya darajasini 
oshishiga sharoit yaratgan. Evropaning boshqa davlatlari funtni oltin bilan 
qoplashni talab qilmas edi. Shu tariqa Evropa va Buyuk Britaniyada inflyatsiya 
darajasi taboro chuqurlashayotgan, tashqi savdo kamomadi ortib borayotgan edi. 
Undan tashqari, Buyuk Britaniya mamlakatdan oltin va dollarni chiqib ketishini 
oldini olish maqsadida AQSh Federal zaxira tizimining dollar taklifini oshirishiga 
erishgan edi.
Oltindeviz standartining alohida xususiyati shunda ediki, u uzoq muddat 
amal qilishi mumkin emas edi. Chunki ushbu moliyaviy piramidaning izdan 
chiqishi qochib bo’lmas haqiqat bo’lgan. AQSh, Frantsiya va boshqa davlatlar 
iqtisodiyotida katta hajmda ta’minlanmagan Buyuk Britaniya funt sterlingi yig’ildi. 
1931 yilda Evropa mamlakatlarida inflyatsiya darajasi yuqoriligidan Frantsiya 
"qattiq pul" siyosatini olib bordi va Buyuk Britaniyadan iqtisodiyotda yig’ilgan 
funt sterling o’rniga oltin ayirboshlashni talab qilishi evropa banklarini bankrot 
bo’lishiga olib keldi. Bu esa Buyuk Britaniyani butunlay oltin standartidan voz 
kechdi. Buning natijasida barcha Evropa mamlakatlari o’zini bankrot deb e’lon 
qildilar.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling