Pul, kredit va banklar


Bretton Vuds va yangi oltin deviz standarti


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Bretton Vuds va yangi oltin deviz standarti 
 (1945 – 1968 yy.) 
Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin AQSh tomonidan yangi pul tizimi 
taklif etildi. Uning qoidalari 1944 yilda Nyu – Xemshir shtatining Bretton – Vuds 
shahrida bo’lib o’tgan xalqaro konferentsiyada kelishildi va 1945 yilning iyul 
oyida AQSh Kongressi tomonidan ratifikatsiya qilindi. Yangi amaliyotga kiritilgan 
Bretton – Vuds pul tizimining 1920 yillarda qabul qilingan oltindeviz standartidan 
farqli jihatlari ko’p emas edi. Shu nuqtai nazardan, ushbu pul tizimi ham 
kamchiliklardan holi emas va navbatdagi moliyaviy tartibsizliklarni kelib 
chiqishiga tashlangan dastlabki qadam edi. 
65
 Hull C. Memoirs. New York, 1948. Vol. I. P.81. Шунингдек: Gardner R. Sterling – Dollar Conspiracy. Oxford: 
Clarendon Press, 1956. P. 141. 


Bretton – Vuds pul tizimining eski oltindeviz standartidan amaldagi farqi 
shunda ediki, uning asosini ikki “tayanch valyuta”(funt va dollar) emas, balki 
yagona dollar tashkil etib, 35 dollar 1 untsiya oltingan tenglashtirilgan. Shu bilan 
birga, amaldagi tizimni 20 yillardagi oltindeviz standartidan farqli jihatlari, 
amerika fuqarolari dollardagi hisob – kitoblarni oltin bilan so’ndirish 
imkoniyatining yo’qligi va dollardagi hisob – kitob qilish xuquqi xorijiy davlatlar 
va banklarga berilganligini e’tirof etish lozim. Ya’ni, jahon pulini (oltin) dollar 
bilan so’ndirish vakolati faqat davlat organlariga berildi. Shu jihatdan Bretton – 
Vuds tizimi ham 1920 yillarni oltindeviz standarti kabi moliyaviy piramida asosiga 
qurildi.
AQShda moliyaviy piramidaning asosini, faqatgina xorijiy davlat 
xukumatlari talab qilish xuquqiga ega bo’lgan oltin tashkil etgani holda
muomalada ta’minlanmagan dollarlar mavjud bo’lgan. Boshqa davlatlarda 
moliyaviy piramidaning asosini, valyuta zaxirasi sifatida saqlanayotgan dollar 
tashkil etgani holda, muomalada ta’minlanmagan milliy valyutalar amal qilgan. 
Bunday moliyaviy piramidani tashkil etish uchun AQShda etarlicha imkoniyatlar 
mavjud edi. Chunki, ikkinchi jahon urushidan keyin AQSh da to’plangan juda 
katta miqdordagi oltin zaxiralari (25 mlrd doll.), ularga moliyaviy piramida qurish 
imkonini bergan. Bretton – Vuds tizimi amaliyotga joriy qilinishi bilan Evropa 
davlatlari valyutalarining dollarga nisbatan kursi oshirildi. Masalan, Buyuk 
Britaniya funt sterling kursi urushgacha bo’lgan vaqtdagi qiymatga, ya’ni 4,86 
dollarga tenglashtirildi. Funtning sotib olish qobiliyatiga nisbatan qaralganda esa, 
uning qiymati pastroq bo’lgan. Ta’kidlash joizki, 1945 yilda dollar kursi sun’iy 
pasaytirilishi va boshqa davlatlar valyutalarining kursi dollarga nisbatan sun’iy 
oshirilishi natijasida “dollar tanqisligi” yuzaga keldi. AQShdan tashqarida yuzaga 
kelgan “dollar tanqisiligi”ni oldini olish maqsadida Amerika hukumati tomonidan 
Evropa mamlakatlariga moliyaviy yordam ko’rsatildi. Boshqacha qilib aytganda, 
Evropaga moliyaviy yordam berilishi, dollar kursini sun’iy pasaytirilishi natijasida 
AQSh to’lov balansi profitsitini qisman moliyalashtirishga xizmat qilgan.
Bretton – Vuds tizimida Amerika hukumatiga shunisi aniq bo’ldiki, ushbu 
tizim doirasida dollar inflyatsiyasini oshirilishi javobgarlikka olib kelmas edi. Shu 
nuqtai nazardan, urushdan keyingi davrda inflyatsiyani rag’batlantirilishi AQShda 
davlat siyosatiga aylandi.
1950 yillar boshida dollar inflyatsiyasi natijasida xalqaro savdo oqimi o’z 
yo’nalishini o’zgartirdi. AQShda pul taklifi va kredit hajmi ortib borishi natijasida, 
aksariyat Evropa mamlakatlari (G’arbiy Germaniya, Shveytsariya, Frantsiya, 
Italiya)ning valyutalari yanada mustahkamlandi. Inflyatsiya darajasi yuqori 
bo’lgan Buyuk Britaniyada esa mamlakatdan dollarni chiqishini oldini olish 
maqsadida funtni 2,40 dollargacha devalvatsiya qilindi. Evropa va Yaponiyada 
ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishi AQSh to’lov balansida kamomadni 
yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Inflyatsiyani cheklashda oltin tanga standartining 
klassik yondoshuvchanligi o’zining xususiyatini butunlay to’xtatishi bilan birga, 
Bretton – Vuds tizimining qoidalari G’arb davlatlariga doimiy dollar zaxiralarini 
ko’paytirishni va buning asosida milliy valyuta taklifi va kredit hajmini oshirishni 
talab etgan.


Shu tariqa 1950 – 1960 yillarga kelib, G’arbiy Evropa mamlakatlari va 
Yaponiya dollar zaxirasini oshirib borish siyosati samarasiz ekanligi hamda yangi 
tizim tashkil etilganda dollar kursi sun’iy baholanganligidan sarosimaga tushdi. 
Chunki dollarning sotib olish qobiliyatining tushishi, G’arb davlatlarida dollarga 
bo’lgan ehtiyojni pasaytirdi.
Bretton – Vuds tizimi Evropa mamlakatlari iqtisodiyoti uchun “tuzoq” 
sifatida qaraldi va qarama – qarshiliklar ortdi. Frantsiya nomidan Oltindeviz 
standartini yoqlab va amaldagi tizim qoidalariga qarshi fikrlar bilan davlat 
moliyaviy maslahatchisi de Gollya Jak Ryueff chiqdi. Amerika siyosatchilari va 
iqtisodchilari yuzaga kelgan qarshiliklarga e’tibor bermay, Evropa dollarni 
“tayanch valyuta” sifatida qabul qilganligini ta’kidladi. Ularning fikriga ko’ra, 
Evropa aynan Bretton – Vuds tizimini amal qilishi natijasida iqtisodiy tanglikdan 
chiqish muammosini hal etgan. Davlatlar o’rtasidagi kelishuvga asosan boshqa 
mamlakatlarda dollarning inflyatsiya darajasi ortishidan qat’iy nazar, AQSh 
yanada pul taklifini oshirish huquqiga ega edi.
Evropada oltinning bir untsiyasi uchun 35 dollarga teng bo’lgan miqdori 
saqlanib qolingan edi. 1950 yillarda Evropada dollar massasini ortib ketishi, uning 
oltinga va evropaning “qattiq” valyutalariga nisbatan qadrsizlanishiga hamda 
Amerikadan oltinni chiqib ketishiga sabab bo’ldi. Buning natijasida AQShning 
oltin zaxiralari 25 mlrd. dollardan, 9 mlrd. dollargacha kamayib ketdi. Evropa 
mamlakatlari hukumatlari va Markaziy banklarining dollarni oltin bilan so’ndirish 
talabini qondirilmasligi oqibatida Bretton – Vuds tizimining izdan chiqish xavfi 
tug’ilgan edi. Lekin, Evropa mamlakatlarida yuzaga kelgan ushbu salbiy holat ham 
AQShni pul taklifini oshirishdan qaytarmadi. Shu tariqa 60 yillarning oxirida 
Evropada 80 mlrd dollardan ortiq “evrodollar” nomini olgan pullar paydo bo’ldi. 
Evropada muomalada bo’lgan dollarni oltin bilan so’ndirish talabini to’xtatish 
maqsadida AQSh siyosiy bosim o’tkaza boshladi. 1930 yilda oltindeviz 
standartining inqirozga yuz tutishida ham Buyuk Britaniya va Frantsiya o’rtasida 
shunday vaziyat yuzaga kelgan.
Ta’kidlash joizki, iqtisodiy qonunlarni aylanib o’tish, AQSh inflyatsiyani 
hisobga olmagani kabi, mamlakatda ijtimoiy – iqtisodiy salbiy oqibatlarga olib 
keladi. Shu tariqa 1968 yilda Amerika tomonidan taklif etilgan “abadiy va 
buzilmas” Bretton – Vuds tizimi emirila boshladi. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling