Pul, kredit va banklar


 Valyuta kursi va uning turlari


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

 
16.3. Valyuta kursi va uning turlari 
 
Iqtisodiy adabiyotlarda valyuta kursi va uni aniqlash xususida juda ko’p 
fikrlar va yondoshuvlar mavjud. Ular ko’p holatda bir – biriga mos kelmaydi. 
Buning asosiy sababi valyuta kursi haqida bildirilgan fikrlar turli georgrafik va 
ijtimoiy – iqtisodiy muhitda yaratilganligi bo’lsa kerak.
Valyuta kursi bo’yicha iqtisodchi olimlar tomonidan bildirilgan fikr va 
yondoshuvlarning umumiy mazmuni “Valyuta kursi – bu bir mamlakat milliy 
valyutasi “bahosini” boshqa mamlakat pul birligida ifodalanishini” anglatadi.
Valyuta kursi valyuta tizimining muhim elementlaridan biri hisoblanadi
chunki xalqaro iqtisodiy munosabatlar turli mamlakatlarning milliy valyutalarini 
bir–biriga o’lchashni taqozo etadi. Bu esa valyuta kursi orqali aniqlanadi. Turli 
mamlakatlar valyutalari bir – biriga taqqoslab bahosini aniqlash ishlab chiqarish va 
ayriboshlash jarayoniga asoslanib ularni ob’ektiv qiymat munosabatlari orqali 
amalga oshiriladi. 
Valyuta kursi fundamental va boshqa ob’ektiv–sub’ektiv omillar ta’sirida 
doimiy ravishda tebranib turadi, bozorda tovarlar va xizmatlar xajmining 
o’zgarishi hamda pul tizimining ta’sirida valyutalar kursi aniqlanadi va uni 
aniqlash tartibi ham o’zgarib turadi. 
Xalqaro amaliyotda valyuta kursining tartibga solib turiladigan va suzib 
yuruvchi usullari mavjud.
Tartibga solinadigan valyuta kursi nazariyasinin tarafdorlari valyuta kursini 
davlat 
tomonidan 
tartibga 
solish 
orqali 
uni 
mamlakat 
iqtisodiyotini 
rivojlantirishning qo’shimcha mexanizmi ekanligini ta’kidlaydi. Frantsiya 
iqtisodchisi Dj. Mid, R. Mandellning fikricha xalqaro bozorlarda valyuta kursining 
doimiy ravishda o’zgarishi milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko’rsatadi, chunki 
davlat har doim ham undan samarali foydalana olmasligi mumkin, shuning uchun 
ham davlat milliy valyuta kursini iqtisodiyotning samarali rivojlanish 
yo’nalishidan kelib chiqib o’zi belgilashi lozimligini ta’kidlaydi, Amerikalik 
iqtisodchi E. Birnbaum valyuta kursi davlatlararo tashkil etilgan xalqaro moliyaviy 
tashkilotlarning o’zaro kelishuvi asosida o’rnatilishi lozimligini ta’kidlaydi. 
Valyutaning suzib yuruvchi kursining nazariyasi tarafdorlari asosan 
neoklassik yo’nalishdagi iqtisodchilar hisoblanadi. Jumladan, ularning qatoriga M. 
Fridmen (Chikago maktabining yo’lboshchisi), F. Maxlup (Prinston universiteti), 
A. Lindbek (Stokgolm universiteti), G. Djonson (Chikago va London 
universitetlari), L. Erxard, G. Girsh, E. Dyurr (Germaniyaning Freyburg maktabi) 
va boshqalar kiradi.


Valyutaning suzib yuruvchi kursining qattiq valyuta kursidan quyidagi 
afzalliklari mavjud: 
• mamlakat to’lov balansini avtomatik tarzda tartibga soladi; 
• mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy yo’nalishlari bo’yicha siyosatni tashqi 
aralashuvsizlar tanlash imkoniyatini beradi; 
• valyuta savdosini rivojlanishiga keng imkoniyat beradi, bozordagi talab va 
taklif asosida kimdir yuttiradi kimdir esa yutadi; 
• xalqaro savdoni rivojlanishini rag’batlantiradi; 
• valyuta bozori valyuta kursini davlatga nisbatan tez va aniqroq aniqlash 
imkoniyatini beradi. 
Har bir mamlakat valyuta kursining qanday usulini joriy etishni mustaqil hal 
etadi. Bunga qator omillar ta’sir etadi, jumladan, mamlakatning ijtimoiy–iqtisodiy 
holati, mamlakat bank tizimida pul –kredit siyosatining o’ziga xos xususiyatlari
iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligi kabilar shular jumlasidandir. 
Valyuta kursining tartibga solinadigan usuli amaliyotda qo’llanilganda milliy 
valyutaning kursi asosan Markaziy bank tomonidan o’rnatiladi, valyuta kursining 
ushbu turi asosan iqtisodiyotni ma’muriy boshqarish sharoitiga xosdir. Bu 
sharoitda valyuta kursi mamlakat Markaziy banki tomonidan derektiv ko’rsatilgan 
tarzda joriy etilib, tovar va xizmatlar bahosi ma’muriy usulda joriy etiladi. Bunday 
sharoitda, asosan milliy valyutalar boshqa mamlakat valyutasiga erkin 
ayirboshlanmaydi. 
Valyuta kursining suzib yuradigan turi, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tovar – 
pul munosabatlarida keng joriy etilib, bunda milliy valyutalarning xorijiy 
mamlakatlar valyutasiga nisbatan kursi talab va taklif asosida o’rnatiladi. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling