Pul, kredit va banklar


Bretton Vuds tizimining barham topishi


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Bretton Vuds tizimining barham topishi
(1968 – 1971 yy.) 
Evropada dollar massasining ortib borishi va AQShda oltin zaxiralarini 
kamayishi, London va Tsyurixdagi erkin oltin bozorlarida oltinning untsiyasi 
uchun belgilangan 35 dollar narxni ta’minlab turish AQShga qiyinchiliklar tug’dira 
boshladi. Mamlakatlar o’rtasida Bretton – Vuds tizimining qoidalari kelishilganda 
ushbu narx (oltinning bir untsiyasi uchun 35 dollar) butun tizimning asosini tashkil 
etgan. Amerika fuqarolariga 1934 yilda oltinga egalik qilish ta’qiqlangan bo’lib, 
boshqa davlat fuqarolari oltin quyma va oltin tangalarga qonuniy egalik qilishi 
mumkin bo’lgan. Ularning dollarni oltin bilan so’ndirish imkoniyati faqat erkin 


bozorda 35 dollarga sotish orqali amalga oshirilgan. Amerikadagi inflyatsiya 
darajasining o’sishi, dollarning yanada qadrsizlanishi natijasida AQSh to’lov 
balansidagi kamomad o’sdi, oltinga egalik qilgan fuqarolar esa erkin bozorda faol 
ravishda oltin xarid qilar edi. O’z navbatida AQSh, London va Tsyurix erkin oltin 
bozorlaridagi oltin narxini belgilangan miqdorda ushlab turish uchun qisqarib 
borayotgan oltin zaxirasidan berishga majbur bo’ldi.
Erkin oltin bozoridagi dollarga bo’lgan ishonchsizlik, 1968 yilning mart 
oyida AQSh tomonidan mavjud pul tizimga o’zgartirishlar kiritishiga olib keldi. 
Ya’ni, amaldagi tizimni saqlab qolish maqsadida, oltinni erkin bozoridagi 
faoliyatini to’xtatish zarur degan xulosaga keldi. Shunday qilib, “ikki pog’onali 
oltin bozori”: oltinni erkin bozori – mustaqil va mamlakatlar Markaziy 
banklarining oltin hisob – kitoblari – mustaqil faoliyat yurita boshladi. AQSh 
taklifiga binoan oltinning erkin bozor bahosini belgilangan 35 dollar miqdorida 
xarid qilinishi rad etildi. Shu bilan birga, barcha davlatlar oltin untsiyasi uchun 35 
dollar miqdorni abadiy belgilangan narxda bo’lishiga kelishib oldi.
Mamlakat Markaziy banklari va Hukumatlari “tashqi” (erkin) bozordan 
oltinni sotish va sotib olishdan bosh tortdi, natijada oltin Markaziy banklar 
o’rtasidagi hisob – kitoblarda hisob birligi (1 untsiya = 35 doll) sifatida qo’llanila 
boshladi. Oltinning erkin bozori ham umumiy pul tizimiga aloqasi bo’lmagan 
holda rivojlandi.
Ikki pog’onali oltin bozorining parallel ravishda amal qilishi, AQShni yangi 
zaxira qog’ozlarini joriy etish to’g’risidagi fikrini ilgari surdi va maxsus xuquq 
beruvchi birlik (SDR)ni muomalaga kiritish maslasi ko’rildi.
66
Amerika bunday 
birlikni kiritish orqali oltinning o’rnini bosuvchi yangi qog’oz pul shaklidagi jahon 
valyutasini joriy etish bo’lgan. SDRni amaliyotga joriy etish va uni emissiya qilish 
xuquqini Jahon banki ixtiyoriga berish rejalashtirilgan edi. SDRni joriy etish va uni 
jahon valyutasiga aylantirish xususida, ilgari surilgan tizimni barpo etish orqali 
AQSh boshqa davlatlar bilan birlashgan holda pul taklifini yanada oshirish 
imkoniyatiga ega bo’lar edi. Bu tizimni joriy etish, albatta dunyo iqtisodiyotining 
izdan chiqishiga jiddiy xavf tug’dirdi.
SDR amaliyotini tarqalishiga qarshilik ko’rsatayotgan G’arbiy Evropa va 
qattiq valyutaga ega bo’lgan mamlakatlar AQSh valyuta zaxiralarining sezilarsiz 
miqdorini tashkil etgan.
Qog’oz pullar nazariyasini qo’llab – quvvatlagan Milton Fridman ham o’z 
qarashlarida jahon valyuta tizimidan oltinni butunlay bekor bo’lishini ilgari surgan. 
Ya’ni, Bretton – Vuds tizimi joriy etilganda, AQShning etakchi ekspertlari 
sanoatda dollarga talab ortishi natijasida oltin narxini 10 dollargacha pasayishini 
taxmin qilishgan. Lekin, ushbu tizimni mukammal ishlashi uchun dollar 
inflyatsiyasini belgilangan me’yorda saqlash lozim edi. 1973 yilning boshlariga 
kelib, oltinning bir untsiyasi 125 dollargacha ko’tarildi.
Bundan xulosa qilib aytish mumkinki, AQShning taklifiga asosan ikki 
pog’onali oltin bozorining yaratilishi, Bretton – Vuds tizimining faoliyat yuritish 
muddatini bir necha yilga cho’zishga xizmat qildi. Chunki, inflyatsiyaning o’sishi 
66
Special drawing rights. 


oqibatida Amerikaning to’lov balansi kamomadi ortib, oltin zaxiralari qisqarib 
bordi. Evropa Markaziy banklari hisobvarag’larida esa, “evrodollar”lar miqdori 
ortib bordi. O’z navbatida erkin oltin bozorida dollar massasini ortishi, oltin 
narxini ortishiga va dollarga bo’lgan ishonchsizlikni ortishiga olib keldi. Endilikda, 
oltinga egalik qilgan shaxslar, uni sotishdan voz kechayotgan edi. Bu o’z navbatida 
avvaliga erkin oltin bozori faoliyatini, keyinchalik Bretton – Vuds tizimini 
batamom to’xtashiga olib keldi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling