Pul, kredit va banklar


 Xalqaro valyuta jamg’armasi


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

17.2. Xalqaro valyuta jamg’armasi 
 
Xalqaro valyuta jamg’armasi (XVJ) jamg’armaga a’zo mamlakatlarning 
valyuta – kredit munosabatlarini tartibga solish va ularning to’lov balansi 
defitsetini qoplash uchun xorijiy valyutada qisqa, o’rta va uzoq muddatga kredit 
berish bilan shug’ullanadi.
Jamg’arma BMTning rasmiy ixtisoslashgan muassasi statusiga ega. U dunyo 
valyutasining institutsional asosi sifatida faoliyat yuritadi. XVJ BMTning 1944 yil 
1 – 22 iyulda AQShning Bretton – Vudse shahrida o’tkazilgan xalqaro valyuta – 
moliya munosabatlariga bag’ishlangan konferentsiyasida ta’sis etilgan.
Konferentsiya XVJning Kelishuv moddalarini qabul qildi. Ushbu hujjat 
1945 yil 27 dekabrdan kuchga kirdi. Jamg’arma o’z faoliyatini 39 a’zo – mamlakat 
bilan 1946 yil mayda boshladi, valyuta opertsiyalari faoliyati bo’yicha 
operatsiyalari 1947 yil 1 martdan kuchga kirdi. Sobiq ittifoq Bretton – Vudse 
konferentsiyasida ishtirok etdi, biroq Janub va G’arb o’rtasidagi “sovuq urush” 
tufayli jamg’arma kelishuvlarini ratifikatsiya qilmadi.
XVJga a’zo mamlakatlar soni 2004 yilda 184 taga etdi. Jamg’armaning bosh 
ofisi Vashingtonda joylashgan, shu bilan birga Bryussel, Parij, Jeneva va Tokioda 
ofislari, Nyu Yorkda BMT huzurida vakolatxonasi mavjud.
XVJning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
1) “valyuta – moliya doirasida xalqaro hamkorlikni rag’batlantirish”;
2) a’zo – mamlakatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, bandlilikning 
yuqori darajasini ta’minlash va aholining real daromadini oshirish maqsadida 
“xalqaro savdoni kengaytirish va uning muvozanatligini ta’minlashga yordam 
berish”;
3) “valyutaning barqarorligini ta’minlash, a’zo – mamlakatlar o’rtasida 
valyuta munosabatlari bilan bog’liq masalalarni hal etish” va raqobatbardosh 
muhitni ta’minlash maqsadida milliy valyutaning barqarorligini tushib ketishining 
oldini olish;
4) a’zo – mamlakatlar to’lov balansidagi salbiy qoldiqni bartaraf etish 
maqsadida kreditlar berish;
5) a’zo – mamlaktlar o’rtasida hisob – kitoblarni tashkil etishga yordam 
berish, shuningdek valyuta cheklovlariga barham berish. 


XVJning maxsus hisob – kitob valyutasi hisoblangan SDR (Spetsialnix prav 
zaimstvovaniya, Maxsus ayirboshlash huquqi)ning rasmiy kursi SDR savatchasiga 
kirtilgan valyutalar asosida aniqlanadi. Quyida XVJning SDR savatchasiga 
kiritilgan valyutalar va ularning ulushi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Jadvaldan SDR savatchisida asosiy ulush AQSh dollari hissasiga to’g’ri 
kelganligini kuzatish mumkin, keyingi o’rinlarda Evropa ittifoqiga a’zo 
mamlakatlarda amal qiladigan evro pul birligi egallab turibdi.
XVJda ovozlar “tortilgan” tamoyilga amal qilib, a’zo – mamlakatlar 
ularning jamg’armadagi a’zolik badali miqdoridan qa’tiy nazar 250 “asosiy” 
ovozga ega bo’lib, har bir qo’shimcha ovoz uchun 100 ming SDR badal to’lanishi 
lozim. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling