Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

 
17.3. Jahon banki 
 
Jahon banki (JB) BMT tarkibidagi ixtisoslashgan moliyaviy muassasa 
hisoblanadi. Jahon banki Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va uning 
bo’limi hisoblangan Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA), Xalqaro moliya 
korporatsiyasi (XMK), Investitsiyalarni har tomonlama kafolatlash agentligi 
(IXKA) va Investitsion munozaralarni tartibga solish bo’yicha xalqaro markazi 
(IMXM) kabi moliyaviy tashkilotlarni o’z tarkibiga oladi.
JB tarkibidagi birinchi uchta moliyaviy tashkilot dunyo rivojlanish bankining 
vazifalarini bajaradi, keyingi ikkitasi esa rivojlanayotgan va iqtisodiyoti o’tish 
jarayonini boshidan kechirayotgan mamlakatlarga investitsiya oqimlarini 
rag’batlantirish bilan shug’ullanadi. 
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki guruh tarkibida bosh tashkilot sifatida 
Xalqaro valyuta jamg’armasi bilan birgalikda Bretton – Vudseda 1944 yil 1 – 22 
iyulda bo’lib o’tgan xalqaro konferentsiyada tashkil topgan bo’lib, faoliyatini 1946 
yil iyuldan boshlagan. 
XTTBning resurslari ikkita manba:

birinchisi, aktsiyadorlarning kapitali (6 foiz atrofida) hisobidan;

ikkinchisi, xalqaro moliya bozorlarida aktsiyalarni joylashtirish orqali (95 
foizga yaqini) shakllantiriladi.
Tashkiliy jihatdan XTTB aktsiyadorlik jamiyati tamoyili asosida tashkil 
etilgan. XTTBda aktsiyadorlarni ovoz berish soni ularning ustav kapitalidagi 
ulushi doirasida aniqlanadi. XTTBda asosiy ovoz berish huquqi AQShga (16,8%) 
tegishli, bu AQShga bankda qabul qilinayotgan qarorlarga veto qo’yish huquqini 
ta’minlaydi, qarorlarni qabul qilinishi uchun umumiy aktsiyadorlarning 85 foizi 
ovoz berishi lozim bo’ladi. Ovozlar soni bo’yicha ikkinchi o’rinda Yaponiya (8%) 
turadi, shuningdek Germaniya (4,6%), Buyuk Britaniya va Frantsiya (4,4% dan) 
mamlakatlari sezilarli ovozlar soniga ega.
XTTBning boshqaruv organi Boshqaruv kengashi va Direktor (ijrochi 
organ)dan iborat bo’lib, Boshqaruv kengashi tarkibi unga a’zo mamlakatlar moliya 
vaziri yoki markaziy banki boshliqlaridan tashkil topadi. Boshqaruv kengashi har 
yili bir marta yig’ilib tegishli qarorlarni Xalqaro valyuta jamg’armasi bilan 
kelishgan holda qabul qiladi. Bank siyosiy o’yinlardan holi emas, u tashkil 
topgandan buyon amerika fuqarosi bo’lgan shaxslar tomonidan boshqarib 
kelinmoqda.
XTTB tashkil topganda unga 38 mamlakat a’zo bo’lgan bo’lsa, 2004 yil iyun 
oyida ularning soni 184 taga etgan. XTTBning asosiy faoliyati investitsion 
loyihalarni kreditlashga qaratilgan.
XTTBning 1950 – 60 yillarga qadar asosiy maqsadi a’zo – mamlakatlarning 
xalq xo’jaligini tiklashga qaratilgan bo’lib, 1960 yillardan so’ng ijtimoiy 
loyihalarni kreditlash masalasi birinchi darajaga ko’tarildi. Buning asosiy sababi 
ko’pchilik mamlakatlarda iqtisodiy o’sish sura’tlari barqaror ko’rsatikichga ega 


bo’lsada, boy va kambag’allar o’rtasida farq oshib borish tendentsiyasi mavjud 
bo’lib, bu esa o’z navbatida turli ijtimoiy ziddiyatlarni kelib chiqishiga sabab 
bo’lar edi. Shu bois, XTTB o’z kreditining asosiy qismini aynan shu muammolarni 
hal qilishga yo’naltira boshladi.
XTTB dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy integratsiyalashuv, shuningdek turli 
iqtisodiy inqirozlar natijasida kreditlash tamoyillarini va siyosatini doimiy ravishda 
takomillashtirib o’zgartirib borishga majbur edi. Masalan, 1990 yillardan keyin yuz 
bergan moliyaviy – iqtisodiy inqirozlarni bo’lishida XFJ va XTTB jiddiy tanqid 
ostiga olindi.
Quyidagi rasmda XTTBning kreditlarini tarmoqlar kesimidagi tarkibi 
keltirilgan. Rasmdan 1998 yilda bank tomonidan berilgan kreditlarning deyarli 30 
foizi moliya sohasiga berilganligi, 2008 yilda kreditlarning asosiy qismi davlat 
boshqaruvi hissasiga to’g’ri kelganligini ko’rish mumkin. Bu XTTBning kredit 
siyosatini unga a’zo – mamlakatlarda yuz berayotgan ijtimoiy – iqtisodiy 
jarayonlar natijasida o’zgarib boaryotganligini anglatadi. 
XTTBning 1998 va 2002 yillarda kredit portfeli tarkibi, jamiga nisbatan 
foizda. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling