Pul, kredit va banklar


Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) 1960 yilda tashkil etilgan bo’lib, 
XTTB va XRA boshqaruv tartibi bir xil va ular bitta bank prezidenti tomonidan 
boshqariladi. XTTBning moliyaviy resurslari muomalaga chiqarilgan qimmatli 
qog’ozlar bo’lsa, XRAning resurs manbasi a’zo – mamlakatlarning badallari va 
XTTBning foydasi hisoblanadi. XRA 20, 25 va 40 yil muddatga, 10 yillik imtiyoz 
davri bilan kreditlar beradi. Berilgan kreditlar bo’yicha foizlar hisoblanmaydi
biroq juda yuqori bo’lmagan 0,75 foiz miqdorida komission to’lovlar undiriladi. 
Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yillik daromad 875 AQSh dollaridan kam 
bo’lgan mamlakatlar XRAning kreditiga da’vogarlik qilishi mumkin. Dunyo 
bo’yicha bunday mamlakatlar soni taxminan 81 tani (2008 yil) tashkil etib, ushbu 
mamlakatlarda 2,5 mlrddan ortiq aholi yashaydi.
XRAning kreditlari asosan ta’lim, sog’liqni saqlash va qishloq xo’jaligini 
rivojlantirishga yo’naltirladi. Unga XTTBga a’zo – mamlakatlar kirishga haqli 
bo’lib, lekin ko’pchilik mamlakatlar bu imkoniyatdan foydalanmaydi, shuning 
uchun XTTBga a’zo bo’lgan 184 ta mamlakatdan faqat 164 tasi uning a’zosi 
hisoblandi. 
0
5
10
15
20
25
30
35
1998
2002
Танспорт
Энергетика
Қишлоқ, ўрмон ва балиқчилик хўжалиги
Қайта ишлаш саноати
Соғлиқни сақлаш ва бошқа ижтимоий хизматлар
Таълим
Молия соҳаси
Давлат бошқаруви
Бошқа тармоқ ва йўналишлар


Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) 1956 tashkil etilgan. U XTTB va 
XRAga nisbatan boshqa strategik siyosatni amalga oshiradi. XMK asosan xususiy 
sohani kreditlash bilan shug’ullanib, uning kreditlari bo’yicha XTTB va XRAdan 
farqli o’laroq, davlat kafolati talab etilmaydi. XMK berayotgan kreditlar asosan 
loyiha summasining 25 foizidan ortmaydi. Kreditlarning muddati asosan 7 – 8 yil 
va eng yuqorisi 15 yilgacha berilishi mumkin. XMKning moliyaviy resurslari 
xalqaro moliya bozorlaridan qimmatli qog’ozlarni joylashtirish asosida 
shakllantiriladi. ,

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling