Pul, kredit va banklar
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
Arab valyuta jamg’armasi (AVJ) mintaqaviy moliyaviy tashkilot bo’lib,
1976 yil 27 aprelda 20 ta arab mamlakatlari ishtirokida Marokkoda tashkil etilgan. Asosiy maqsadi, arab mamlakatlarining iqtisodiy va valyuta siyosatini tartibga solib turishdan iborat. Jamg’armaning yana bir muhim vazifalaridan biri, arab mamlakatlarida neftdollarni tartibga solish bo’lib, jamg’armaga a’zo mamlakatlardagi ortiqcha neftdollarni g’arbdan erkin foydalanish bo’yicha mustaqillik darajasini oshirishga qaratilgan. Evropa ittifoqiga a’zo malaktalar tomonidan o’nga yaqin xalqaro moliyaviy tashkilot, institut, markazlar (1960 – 65 yillardan buyon) tashkil etilgan bo’lib. Ularni tashkil etilishining asosiy maqsadi quyidagilar bilan izohlanadi: 1. yagona bozor va yagona valyutani yaratish asosida iqtisodiyotning, shuningdek valyuta – kredit va moliya munosabatlarining rivojlanishi va integratsiyasini ta’minlash; 2. G’arbiy Evropa mamlakatlari jahon iqtisodiyotidagi mavqieni mustahkamlash asosida AQSh va Yaponiya markazlari bilan raqobat qila oladigan muhitini yaratishga bo’lgan harakat; 3. rivojlanayotgan iqtisodiy hamkor mamlakatlarga yordam berish mintaqada ijtimoiy – iqtisodiy siyosatni barqarorligini ta’minlash maqsadida qo’shma jamg’armalarni kengaytirishga bo’lgan zaruriyatning mavjudligi. 17.6. O’zbekistonning xalqaro moliyaviy institutlari bilan hamkorligi va istiqbollari O’zbekiston Respublikasi va ETTB ning o’zaro hamkorlik aloqalari 1992 yil 30 aprelda boshlandi. 1993 yildan mamlakatimiz ETTB ning to’laqonli a’zosi va aktsioneri bo’ldi. O’zbekiston ETTB ning hamkorlikdagi aloqalarini rivojlanishga quyidagi holatlarni ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiq. 1993 yil Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov Buyuk Britaniyaga rasmiy tashrifi chog’ida ETTB ning shtab – kvartirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo’nalishiga 60 mln dollar hisobidagi birinchi kelishuv imzolandi. 1994 yil Toshkentda ETTB ning vakolatxonasi ochildi va shu yilning 10 yanvarida ETTB O’zbekistonda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari uchun majburiy garovni bekor qildi. Bu esa, ikki tomonlama hamkorlikning yanada ishonchli tusga kirganidan xabar beradi. 2002 yilning yakunida ETTB Prezidenti Jan Lemerani yurtimizga rasmiy tashrifi ETTB va O’zbekiston o’rtasida 2003 yil 4 martdan strategik hamkorlik boshlanishiga sabab bo’ldi. ETTB tomonidan amalga oshirilgan loyihalar O’zbekistonda asosan paxta va neftni qayta ishlash, qurilish, tekstil va tog’kon sanoati, temir yo’l transporti, bank sektori va qimmatbaxo qog’ozlar bozori sohalariga yo’naltirilgan. Bundan tashqari bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, turizm va energetikani rivojlanishida faol ishtirok etmoqda. ETTB ning 60 mln dollar qiymatidagi birinchi kredit liniyani kichik biznesni qo’llab quvvatlash maqsadida Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) Milliy banki orqali amalga oshirildi. Ushbu kredit liniyasi orqali umumiy qiymati 96,47 mln dollarlik 21 ta loyixa 1996 yil nihoyasiga etdi. Bozor munosabatlarining rivojlanishini belgilovchi omillardan biri, bozorda sog’lom raqobat muxitini shakllantirishdan iborat. Shu maqsadda 2002 yilning 7 – 9 avgust kunlari Evropa tiklanish taraqqiyot banki, Jaxon tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida O’zbekistondagi xususiylashtirish jarayonlari va telekommunikatsiya sohasidagi qonunchilik xolati bo’yicha “aylana stol” tashkil etildi. 1995 – 1996 yillarda bevosita ETTB ishtiroki bilan O’zbekistonda “O’zbeklizing Interneyshnl” lizing kompaniyasi tashkil etildi. Ushbu loyihaga ETTB 0,9 mln.dollar kompaniya ustav kapitalining 15 % ni yo’naltirdi. ETTB Yaponiya xukumati bilan kelishgan holda O’zbekistonda BAS dasturini amalga oshirdi. Dastur maqsadi O’zbekistonda ishlab chiqarilgan maxsulotlarni sertifikatlashtirish va tashqi bozorga olib chiqishdan iborat. Bu dastur bugungi kunda bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan 10 ta davlatda amal qilib, eksport korxonalarining sertifikatlashtirish bilan bog’liq 50 % harajatlarini qoplaydi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling