Pul, kredit va banklar


Monometallizm pul tizimi sharoitida


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Monometallizm pul tizimi sharoitida – bitta qimmatbaho metall (oltin va 
kumush, asosan oltin) umum ekvivalent vazifasini bajardi. Shu bilan birga, pul 
timizining monometallizm davrida muomalaga oltin tangalarga maydalanadigan 
boshqa pul belgilari (xazina biletlari, banknotlar va mayda monetalar) ham kirib 
kela boshladi.
Xalqaro valyuta – kredit munosabatlarini amalga oshirishda XIX asrda to‘liq 
va XX asrning boshlarigacha muomalada oltin asosiy rol o‘ynadi. Oltin 
standartining rivojlangan davri 1880 – 1914 yillarga to‘g‘ri keladi.
Monometallizm o‘z navbatida oltin tanga, oltin quyma va oltin deviz 
standartini o‘z ichiga olar edi.
Oltin tanga standarti tovarlarning bahosi oltinda ifodalanadi, mamlakat 
bozorlarida oltin to‘lov vositasini bajaradi va erkin ravishda zarb etiladi. Oltin 
pulning barcha funktsiyalarini bajaradi. Oltin tanga standarti sharoitida pul tizimi 
talab va taklif asosida tartibga solinib, muomaladan ortiqcha bo‘lgan oltin tanglar 
“avtomatik ravishda” jamg‘armaga yo‘naltirildi, muomalada qo‘shimcha to‘lov 
vositasiga ehtiyoj tug‘ilganda ular jamg‘armadan muomalaga qaytariladi. Oltin 
tanga standarti sharoitida mamlakatda pul tizimini tashkil etish silliq va samarali 
tarzda amalga oshirildi, biroq kishilarning tovar moddiy qiymatlarga bo‘lgan 
talabining hajmi iqtisodiyotdagi mavjud oltin zaxiralari hajmidan sezilarli darajada 
ortib bordi, shuningdek, oltin tanga standarti sharoitida Markaziy banklarda 
ma’lum darajadagi oltin zaxiralarini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Oltin tanga standartining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat edi: 
– oltin tangalarni qat’iy o‘rnatilgan qiymatlarda erkin ravishda zarb etish; 
– o‘zining qiymatini oltinda ifoda etadigan pullarni maydalash; 
– oltinning mamlakatlar o‘rtasida erkin ayirboshlanuvi
– oltin pulning barcha funktsiyalarini bajarishi. 
Birinchi jahon urushi juda katta miqdordagi moliyaviy xarajatlarni vujudga 
kelishiga sabab bo‘ldi, buning natijasida hukumat byudjet taqchilligini qoplash 
maqsadida muomalaga qog‘oz pullarni emissiya qildi. Bu o‘z navbatida birinchi 
jahon urushida ishtirok etgan barcha mamlakatlarda (AQShdan tashqari) oltinni 
qog‘oz pullarga almashtirish va xorijga olib chiqib ketish qonunan ta’qiqilab 
qo‘yildi. Birinchi jahon urushidan keyin, birorta mamlakat oltin tanga standartiga 
qaytish imkoniyatini qila olmadi. 1920 yillarda qator mamlakatlarda oltin quyma 
standarti joriy etildi.


Oltin quyma standarti sharoitida banknotalar davlat tomonidan o‘rnatilgan 
summada oltin quymalarga ayirboshlanadi, oltin quyma standarti sharoitida 
muomalada oltin tangalarning to‘lov vositasi sifatida harakati va erkin zarb 
qilinishi amal qilmaydi.
Oltin quyma standartlari asosan oltin zaxiralariga boy bo‘lgan AQSh, 
Angliya, Frantsiya va Yaponiyada hukm surdi. Unga ko‘ra muomalaga oltin 
tangalarning erkin zarb qilinishi barham topib, pullarni oltinga almashtirish 
quyilmalarning qiymati asosida chegaralanib qo‘yildi. Masalan, Buyuk Britaniyada 
bir oltin quyilmasi 12,4 kg.ga to‘g‘ri kelar edi. Ushbu quyilmani olish uchun 1700 
funt sterling zarur edi. Frantsiyada bir quyilma 12,7 kg bo‘lib, ushbu quyilma 215 
ming franka baholanar edi. 
Katta miqdorda oltin zaxiralariga ega bo‘lmagan mamlakatlarda (Avstraliya, 
Germaniya, Daniya, Norvegiya va boshqalar) oltin deviz standarti amal qilar edi. 
Oltin deviz standarti joriy etilgan mamlakatlarda milliy valyutalar devizlarga, ya’ni 
oltinga erkin almashadigan chet el valyutalariga ayirboshlanishi joriy etildi. 
Buning natijasida bir mamlakatning ikkinchi mamlakatga valyutaviy bog‘liqligi 
vujudga keldi. 
1929 – 1933 yillarda yuz bergan butunjahon iqtisodiy inqirozi natijasida 
oltin monometallizmining barcha shakllari amal qilish faoliyatini to‘xtatdi, AQSh 
dollarining oltinga nisbatan pariteti saqqlanib qoldi. 1930 yillardan boshlab xalqaro 
va mahalliy hisob – kitoblarda qog‘oz – kredit pul tizimi faoliyat yurita boshladi. 
Ushbu tizimning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat edi:
– oltinning umumekvivalent sifatida muomaladagi harakati to‘xtatildi, 
bankotlarning oltinga ayirboshlanishi va maydalanishi barham topdi, oltin ichki va 
tashqi oborotdan chiqib zaxira sifatida saqlanadigan bo‘ldi; 
– banklarning kredit operatsiyalari asosida muomalaga naqd va naqdsiz pul 
belgilari chiqarildi; 
– pul oborotining asosiy ulushini naqd pulsiz hisob – kitoblar egallay 
boshladi; 
– davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solish kuchaytirildi
iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solishning instrumentlari ishlab chiqildi. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling