Pul, kredit va banklar
Pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul muomalasini tartibga solishning usullari .
- Mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish .
Pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning
ta’minlanganlik asoslari. Har bir mamlakat o‘zining milliy valyutasini emissiya qilish tartibi va qoidalarini mustaqil ravishda amalga oshiradi. Mamlakatda milliy valyutani emissiya qilish, muomalaga pullarni chiqarish va muomaladan qaytarib olish tartibini Markaziy bank amalga oshiradi. Muomaladagi pul birliklari Markaziy bankning barcha aktivlari va mamlakatdagi moddiy tovar qimmatliklar bilan ta’minlanadi. Pul muomalasini tartibga solishning usullari.Mamlakatda pul muomalasini tartibga solishning asosiy maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat bo‘lib, ushbu vazifani Markaziy bank amalga oshiradi. Markaziy bank pul muomalasini tartibga solishning asosiy instrumentlari sifatida majburiy zaxiralar siyosati, qayta moliyalash siyosati, ochiq bozordagi operatsiyalari, depozit siyosati va valyuta siyosatini amalga oshiradi. Markaziy bank ushbu instrumentlar orqali tovar massasi va pul massasi o‘rtasidagi o‘zaro mutanosiblikni tartibga soladi. Bundan asosiy maqsad mamlakat milliy valyutasining barqarorligini ta’minlashdan iborat. Mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish. Pul oboroti o‘z tarkibiga naqd pulli va naqd pulsiz hisob – kitoblarni oladi. Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan pul oborotining asosiy qismi naqd pulsiz hisob – kitoblar ulushiga to‘g‘ri keladi. Pul oborotining tarkibi, tartibi va nazorati Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. Har bir mamlakatda pul tizimining tarkibi, amal qilish usullari va tartibi davlatning tegishli qonunlari asosida o‘rnatiladi. Pul tizimining mustahkamligi va uning barqarorligiga turli omillar ta’sir qiladi. a). Mamlakat Markaziy bankining pul – kredit siyosatini amalga oshirishdagi mustaqilligi. Ko‘pchilik hollarda Markaziy bank pul – kredit siyosatini amalga oshirishga hukumatning aralashuvi va taziyqi natijasida milliy valyutaning sotib olish qobiliyati zaiflashadi, mamlakat bank tizimiga aholining ishonchi pasayib ketadi. Buning natijasida pul tizimi nobaraqaror bo‘lib, Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan pul – kredit siyosati o‘zining tegishli samarasini bermaydi. b). Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligi. Mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustahkamligi va ishlab chiqarilayotgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligi pul tizimining braqarorligini ta’minlashga bevosita xizmat qiladi. Chunki bozor munosabatlarining chuqurlashuvi mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy integratsiyani rivojlanishiga va iqtisodiyotning globallashuviga olib keladi. Ushbu sharoitda olib borilayotgan makrova mikroiqtisodiy siyosat tegishli samarani bermasa, mamlakatda importining hajmi eksportga nisbatan ortib ketishi kuzatiladi. Bu esa o‘z navbatida pul tizimining barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, pul tizimi va uning elementlarini rivojlanish, shuningdek, samarali tashkil etilishiga qator omillar ta’sir qiladi. Bulardan asosiylari sifatida mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi va barqarorligini ta’minlanganligi hisoblanadi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling