Pul massasi va uning iqtisodiyotdagi roli. Pul massasi va tarkibi va o’zgarishi Markaziy bankning monetary instrumentlari


Muomaladagi pul miqdorini kamaytirish


Download 22.22 Kb.
bet2/5
Sana23.01.2023
Hajmi22.22 Kb.
#1111165
1   2   3   4   5
Bog'liq
BMB 1-Maruza

Muomaladagi pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi choralami amalga oshirish muhimdir. - iste’mol kreditni rivojlantirish, kreditga qanchalik ko‘p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak boladi; - naqd pulsiz hisob-kitoblaming rivojlanishi; - pullaming muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar. Pul massasi darajasini hisoblashning asosiy tamoyillaridan biri mablag’larning likvidlilik darajasi hisoblanadi. Muomaladagi pulning turlari pul agregatlari bilan guruhlarga ajratiladi.
Unga ko'ra muomaladagi mablaglar likvidlilik bo'yicha tasniflanadi, ya’ni dastlab yuqori likvidli mablaglar past likvidligiga qarab Ml, M2, M3,....Mn yoki L agregatlarga ajratiladi. Pul agregatlari tarkibi va soni turli mamlakatlarda turlichadir.
1.2. Pul massasi va tarkibi va o’zgarishi
Pul massasi darajasini hisoblashning asosiy tamoyillaridan biri mablaglarni likvidlilik darajasi hisoblanadi. Muomaladagi pulning turlari pul agregatlari bilan guruhlarga ajratiladi. Unga ko'ra muomaladagi mablaglar likvidlilik bo'yicha tasniflanadi, ya’ni dastlab yuqori likvidli mablaglar past likvidligiga qarab Ml, M2, M3,....Mn yoki L agregatlarga ajratiladi. Pul agregatlari tarkibi va soni turli mamlakatlarda turlichadir.
O‘zbekistonda pul agregatlari quyidagi tarkibiy qismlardan iborat naqd pullar (Markaziy bankning rasmiy kursi bilan milliy valyutada hisobga yuritiladigan xorijiy valyutalar);
M0 = naqd pullar
M1 = M0 + schyotlardagi pul qoldig‘i + mahalliy byudjet mablag‘lari — byudjet, jamoa va boshqa tashkilotlar mablaglari;
M2 = M1 + tijorat banklaridagi muddatli jamg'armalar;
M3= M2 + sertifikatlar + maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
Pul massasi tarkibini uning harakatiga qarab ikkiga bolish mumkin, ya’ni pul massasining aktiv qismi - bu pul mablaglarining xo'jalik faoliyatidagi turli xil shakldagi hisob-kitoblami olib borish bilan bogliq qismi va ikkinchisi, passiv qism - jamg'armadagi pullar va hisob raqamlardagi qoldiqlar hisoblanadi. Markaziy bankning rasmiy kursi bilan milliy valyutada hisobga yuritiladigan horijiy valyutalar agregatlar tarkibiga kiritiladi Pul muomalasi qonuniga ko'ra, pul muomalasi tezligi pul massasining o’sishiga nisbatan proporsional ravishda ortib boradi. Iqtisodiyotning pul vositalari bilan ta’minlanganligi darajasini aniqlashda monetizatsiya koeffitsiyenti ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Ushbu korsatkich ma’lum davr ichida o‘rtacha pul massasi darajasini jami ijtimoiy mahsulotning nominal qiymati o'rtasidagi nisbati asosida aniqlanadi.
Adabiyotlarda pul bazasi tushunchasi ham mavjud bo’lib u Markaziy bank tomonidan muomilaga chiqargan naqd pullar va tijorat banklarining majburiy zaxiralarini o’z ichiga oladi. Ushbu ko’rsatkich pul va kredit multiplikatorlari ko’rsatkichlarini aniqlashda qo’llaniladi.
Bunda pul massasi bilan pul bazasi o’rtasidagi nisbat pul multiplikatorini tashkil etadi.


Naqd pullar depozit hisobvaraqlarida turgan naqd pulsiz shakldagi pul mablag’laridan hosil bo’ladi va tijorat bankining bank multiplikatori mexanizmining amal qilishi natijasida yaratgan pul massasining tarkibiy qismidan iborat bo’ladi. Bank krediti multiplikatoriga tijorat banki Markaziy bankdan kredit oladi uni bir qismini o’z majburiyatlarini qoplashga va qolgan qismini o’z mijozlariga kreditga beradi va uning natijasida, pul massasini muayyan summagacha naqd pulsiz shaklda ko’payishi bank multiplikatorida o’z aksini topadi.





Download 22.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling