Pul massasi va uning iqtisodiyotdagi roli. Pul massasi va tarkibi va o’zgarishi Markaziy bankning monetary instrumentlari


Inflyasion targetlash asosidagi g’oya shvesiyalik


Download 22.22 Kb.
bet5/5
Sana23.01.2023
Hajmi22.22 Kb.
#1111165
1   2   3   4   5
Bog'liq
BMB 1-Maruza

Inflyasion targetlash asosidagi g’oya shvesiyalik iqtisodchi, kapital, narx darajasi va ish xaqining umumiy nazariyasini ilmiy tadqiq qilgan olim Viksell Knutga ta’luqlidir. K.Viksell 1896 yilda Shvesiya iqtisodchilar assosiasiyasida Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutani tovar va xizmatlarga nisbatan barqarorligini ta’minlash hisoblanishi kerakligini ta’kidlab o’tgan. O’sha davrda Markaziy banklar milliy valyutaning iste’mol tovarlariga qaraganda oltin narxiga nisbatan barqarorligini saqlashni bosh maqsad sifatida bilishgan. Uning bu qarashlari 1914 yilga qadar, ya’ni oltin standartida inqiroz kuzatilganiga qadar qo’llab-quvvatlanmagan. 1931 yilda Shvesiya Riks banki bu olimning milliy valyuta barqarorligini iste’mol tovarlariga nisbatan ta’minlash kerakligini amaliyotga joriy qildi va 1931 yil sentyabr oyida o’z oldiga bosh maqsad sifatida mamlakatda narx barqarorligini ta’minlash qilib belgiladi. 1938 yilda Shvesiya Riks banki narx darajasining barqarorligini ta’minlashga erishib, iste’mol tovarlar narxini 1928 yildagi narx darajasiga qaytarishga muvaffaq bo’lgan. Shunday qilib, biz Shvesiyani inflyasiyani targetlagan davlatlar ichida birinchilardan bo’lganligini keltirishimiz mumkin. Chunki, inflyasion targetlash xususiyatlari bilan 1931 yilda Shvesiya Riks bankining narx barqarorligini ta’minlash xususiyatlari bir-biriga juda yaqin hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, 1990 yilda Yangi Zelandiya birinchilardan bo’lib inflyasion targetlashga o’tgan bo’lsa, 2005 yilga qadar asosan industrial rivojlangan davlatlar Markaziy banklari bu kabi targetlashga o’tishgan. 2005 yildan hozirgi davrga qadar inflyasion targetlashga o’tgan davlatlar qatorida rivojlanayotgan davlatlarning ulushi katta qismni tashkil etmoqda.
Oxirgi yillarda turli davlatlar Markaziy banklari valyuta kursini targetlashdan yoki pul massasi o’sishini targetlashdan ko’ra to’g’ridan-to’g’ri inflyasiyani targetlashni o’z oldiga asosiy maqsad sifatida belgilamoqda. Hususan, 2010 yilda Xalqaro Valyuta Fondiga a’zo davlatlar Markaziy banklarining 16,4 foizi inflyasion targetlash rejimiga o’tishgan bo’lsa, 2018 yilga kelib, 21,4 foiz davlatlar Markaziy banklari inflyasion targetlash rejimini amaliyotga qo’llashgan. Ajablanarlisi bu jarayon doimiy o’sish tendensiyasiga ega bo’lmoqda. Bundan, dunyoning ko’pchilik davlatlari almashinuv kursini targetlash effekt bermayotganligini va inflyasiyani to’g’ridan-to’g’ri targetlash lozimligini tan olayotganligi borasida xulosa chiqarsak bo’ladi.
Bir qator mutaxassislarning fikriga ko’ra, ko’plab mamlakatlarning pul-kredit siyosatini inflyasion targetlash sifatida izohlash mumkin. Masalan, Amerikaning Stendforsk Universitetining mashhur professori Dj.Teylor, Amerika Qo’shma Shtatlarining pul-kredit siyosati inflyasion targetlashning empirik qoidasi sifatida tavsiflanadi, deb hisoblaydi. Ushbu qoidaga binoan, Federal Zaxira Tizimi YaIM o’zgarishining uning potensial ko’rsatkichidan chetlashishiga hamda mavjud inflyasiya darajasining prognoz ko’rsatkichidan chetlashishiga javoban, tizimli ravishda federal fond foiz stavkani (federal Fund Rate) to’g’rilab boradi.
Nima uchun bir qator mamlakatlar uchun inflyasion targetlash rejimiga o’tish zamon talabi bo’lib qolmoqda? O’ylaymizki, ko’pchilik davlatlar uchun, shuningdek aksariyat olimlar uchun, mamlakatda narxlarning barqarorligiga (ya’ni past va bir maromdagi inflyasiya darajasiga) erishish, iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi birinchi omil hisoblanadi. Amaliyot esa shuni ko’rsatmoqda-ki, iqtisodiy siyosatning, ya’ni bandlikning yuqori darajasi yoki yalpi ishlab chiqarishning o’sishi kabi maqsadlarga erishish yo’lidagi sa’y-harakatlar, barqaror narxlar tamoyiliga zid kelmoqda. Ba’zi bir iqtisodchilar, pul-kredit siyosati yordamida birdaniga bir necha maqsadlarda harakat qilishi, inflyasiyaning o’sishiga olib keladi, deb hisoblaydilar.


Nazorat savollari.
1. Pul muomalasi deganda nimani tushunasiz?
2. Pul aylanmasi deganda nimani tushunasiz?
3. Pul agregatlarining mohiyati nimada?
4. Pul massasi tarkibi asosan qaysi komponentlardan tashkil topadi?
5. Pul massasini miqdoriy olchashga nisbatan necha xil yondashuv mavjud hisoblanadi?
6. J.Keynsning pullarga bolgan talab nazariyalari mazmun-mohiyatini aytib bering? 7. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniqlashda asosan qaysi pul agregatlaridan foydalaniladi?
8. O'zbekistonda pul agregatlarining tarkibiy qismlari qaysi ko'rsatkichlardan iborat?
Download 22.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling