Pulning funksiyalari
Pul, kredit va banklar: Y.Rashidov o‘z darslikida
Download 36.95 Kb.
|
XK MOLIYA MAQOLA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pulning qiymat o‘lchovi funksiyasi
Pul, kredit va banklar: Y.Rashidov o‘z darslikida pulning quydagi funksiyalari keltirilgan. Pul ayirboshlash, to‘lov, qiymatni o‘lchash, boylikni to ‘plash vositasi funksiyalari. [2]
Tahlil va natijalar. Pulning iqtisodiy mohiyati to‘g‘risida turli iqtisodiy аdаbiyоtlarda turli tа ‘riflаr mаvjud bo ‘lib, uning mohiyаtiga nisbatan yagona yondoshuv mavjud emas. Chunki, jаmiyаtda – iqtisodiy shаroitning o‘zgаrishi pulning mоhiyаtini turlichа tаlqin etilishini tаlаb etmоqdа. Jumlаdan, iqtisodchi olimlar pulni – iqtisodiy kategoriya sifatida, qiymat o‘lchovi vositasi, umumekvivalent tovar, maxsus tovar, ayirboshlash vositasi ekanligini e ‘tirof etadi. Pul jamiyatda sodir bo‘lаyotgan ijtimоiy – iqtisоdiy munоsаbatlаrda, jami ijtimоiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, bozordagi talab va taklif asosida tovarlar bahosini aniqlashda bevosita qatnashishi uning mohiyatini namoyon qiladi. Pulning iqtisodiy mohiyati va uning zaruriyatiga xorij iqtisodchilari alohida e‘tibor qaratgan. Masalan, A.Smit pulni iqtisodiy kategoriya darajasiga ko‘tarib, unga “pul – bu muomalaning buyuk g‘ildiragi“, “savdo sotiqning yuksak quroli” sifatida ta‘rif beradi.[1] Pullarning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati ularning ichki mazmunini ifodalaydigan funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Pullar quyidagi beshta funksiyani bajaradi: qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi, jamg‘arish vositasi, jahon pullari. Pulning qiymat o‘lchovi funksiyasi. Pullar umumiy ekvivalent sifatida hamma tovarlarning qiymatini o‘lchaydi. Tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy zarur mehnat ularni tenglashtirish uchun sharoit yaratadi. Hamma tovarlar ijtimoiy zaruriy mehnat mahsuli hisoblanadi, shuning uchun o‘z qiymatga ega bo‘lgan haqiqiy pullar (kumush, oltin) boshqa barcha tovarlar qiymatining o‘lchovi bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda qiymat o‘lchovi bevosita milliy valyuta «so ‘m», AQShda dollar, Evropa ittifoqiga a ‘zo mamlakatlarda evro, Buyuk Britaniyada funt sterling, Yaponiyada iena qiymat o‘lchovi vositasi hisoblanadi.[1] Iqtisodiyotda pul o‘lchov vositasi sifatida xizmat qilganda xisob birligini ta‘minlashi lozim. Og‘irlikni funtda yoki masofani milda o‘lchaganimiz kabi biz tovarlar va xizmatlarning qiymatini pul birliklarida ifodalaymiz. Ushbu funksiyaning muhimligini anglashimiz uchun pul qiymat o‘lchovi funksiyasini bajarmaydigan barter usulini ko‘rib chiqamiz. Agarda iqtisodiyotda faqatgina uchta tovarlar, aytaylik, kitob, daftar va telifonlar mavjud deb qarasak, unda tovarlar almashinuvini ta‘minlash uchun faqatgina uchta narxlarni bilishimiz zarurdir: kitobdan daftarning narxi, daftardan kitobning narxi, telifondan kitobning narxi. Pulning qiymat o‘lchov funksiyasining avfzaligi shundaki, barter usulida tovarlarni ayirboshlashda yuzaga keladigan noqulayliklarni bartaraf etadi. Chunki barter usulida bilamizki biron bir mahsulot yoki tovar o‘rniga boshqa bir tovarni ayirboshlash tushuniladi. Masalan baliq evaziga bolta, yoki hayvon terisi evaziga guruch va boshqalar. Bu usul keyinchalik insonlar o‘rtasida noqulayliklarni keltirib chiqargan. Baliq kerak bo‘lgan insonda baliqni beradigan insonga ayirboshlash uchun kerakli narsani izlab topshish kabi qiyinchiliklarni yuzaga keltirgan. Pulning qiymat o‘lchovi funksiyasida esa bundan muamolar mavjud emas, chunki har bir tovar va maxsulotni pul orqali qiymati belgilanadi. Bu esa har qanday tovar va maxsulotni harid qilishni osonlashtiradi.[2] Download 36.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling