Pulning funksiyalari


Jahon pullari funksiyalari


Download 36.95 Kb.
bet4/4
Sana18.12.2022
Hajmi36.95 Kb.
#1029452
1   2   3   4
Bog'liq
XK MOLIYA MAQOLA

Jahon pullari funksiyalari. Pulning ushbu funksiyasi asosan tashqi savdo aloqalari, xalqaro qarzlar, tashqi sherikka xizmatlar ko‘rsatilishi jahon pullarining paydo bo‘lishini taqozo etgan. Ular umumiy to‘lov vositasi, umumiy xarid qilish vositasi va ijtimoiy boylikning umumiy moddiylashtirilishi sifatida faoliyat yuritishadi. Pullarning barcha beshta funksiyasi pullarning tovarlar va xizmatlarning umumiy ekvivalenti sifatidagi yagona mohiyatini namoyon qiladi.
Jahon pullari — umumiy universal toʻlov vositasi sifatida tan olingan, xalqaro miqyosda hamma uchun xarid vositasi, boyliklarning umumiy oʻlchov birligi, qiymatning xalqaro ifodasi boʻlgan pullar; jahon bozorida amal qiluvchi yuksak likvidli pullar. Jahon pullari milliy pullardan barcha mamlakatlarning xalqaro muomalasida ishlatilishi bilan farq qiladi. Jahon pullari qadimda xalqaro savdo paydo boʻlishi bilan vujudga kelgan. Dastlab Jahon pullari vazifasini boy, davlatlararo savdoda faol qatnashadigan mamlakatning oltin va kumush tangalari, keyinchalik oltin quymalar, yombilar bajargan (ular tangalarga nisbatan katta vaznga ega boʻlib, savdo aylanmasi katta boʻlgan, bir yoʻla koʻp pul talab qilinadigan muomalada qoʻllanilgan). 20 - asrning 1-choragidan oltin pullar muomaladan chiqarilib, ular oʻrnini bir pul birligiga toʻgʻri keladigan sof oltin miqdori (gramm) bilan taʼminlangan qogʻoz pullar egalladi. Shu paytdan boshlab, iqtisodiyoti kuchli mamlakatlarning barqaror deb tan olingan qogʻoz pullari Jahon pullari vazifasini oʻtay boshladi. [6]
Ikkinchi jahon urushidan soʻng Jahon pullari vazifasini AQSH dollari oʻz zimmasiga oldi. 20- asrning 70-yillariga kelib koʻpgina mamlakatlarda qogʻoz pul birliklarining oltin taʼminoti bekor qilindi. Lekin shunga qaramay qogʻoz Jahon pullari doirasi kengaydi va ular qatoriga erkin almashtiriladigan ingliz funt sterlingi, Germaniya markasi, Yaponiya iyenasi, Shveysariya franki, Rossiya rubli qoʻshildi. [5]
Xulosa
Ushbu maqolada biz pulning asosiy funksiyalarini; qiymat, ayirboshlash, to‘lov, jamg ‘arish va jahon pullari funksiyalari o ‘rgandik. Bu funksiyalarni pulning barcha xususiyatlarini jamlagan holga mujasamlashtirgan funksiyalar hisoblandi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati.
1.Tillayev X.S., “Pul va banklar” fanidan o ‘quv-uslubiy majmua. – T.: TMI, 2018, 391 bet.
2. Rashidov Y.O‘., “Pul, kredit va banklar” darslik. - T: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019. - 328 b.
3. https://cbu.uz/uz/press_center/reviews/584534/.
4. www.finance.uz;
5. https://nbu.uz/uz/exchange-rates/
6.uz.wikipedia.org.
Download 36.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling