Pythonda takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash uchun masalalar. Kirish


Download 1.03 Mb.
bet1/9
Sana25.01.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1120285
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ulug\'murodov dilshodbek


Sharof Rashidov nomidagi Samarqand
Davlat Universiteti
Matematika fakulteti
Amaliy matematika yo’nalishi
111-guruh talabasi
Ulug’murodov Dilshodbek
Informatika asoslari fanidan
MUSTAQIL ISH
Tekshirdi: Yarmatov.Sh
Pythonda takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash uchun masalalar.
Kirish.
Python dasturlash tilini o'rganish vaqtida ko'plab masalalarni dasturini tuzib, bajarib ko'ramiz. Ayrim masalalarni dasturini tuzayotganimizda qandaydir amalni bir necha marta takrorlashimizga to'g'ri keladi. Bunday masalalarni takrorlash ya'ni sikl operatorlari yordamida oson yechishimiz mumkin. Quyida takrorlanuvchi algaritmlarga oid masalalar berilgan bo'lib, ular yordamida python dasturlash tilining sikl operatorlarini o'rganamiz.
Takrorlanuvchi algaritm.
Python tilida ikkita takrorlash operatori For va While dan foydalanamiz. For operatori takrorlanishlar soni aniq bo'lganda foydalaniladi. Quyidagicha ko'rinishda yozishimiz mumkin:
for i in range(a, b, d):
takrorlanuvchi qism
Bu yerda i takrorlanishlar soni, a takrorlanishning birinchi qiymati, b takrorlanishning oxirgi qiymati, d qadam qiymati. For operatorining parametrlarini boshqacha ko'rinishda yozishimiz ham mumkin.
Takrorlanishlar soni oldindan aniq bo'lmaganda va qandaydir shartga bog'liq bo'lganda While operatoridan foydalanamiz. Quyidagicha ko'rinishda yozishimiz mumkin:
while :
takrorlanuvchi qism
Bu yerda shart rost bo'lganda takrorlanuvchi qism bajariladi. 
For va While operatori yordamida quyidagi masalarni dasturini tuzamiz.
1-masala. "Hello World" so'zini 10 marta ekranga chiqaruvchi dastur tuzing.
for i in range(10):print("Hello World")
While yordamida
i=1
while i<=10:
print("Hello World")
i+=1
Pythonni o'rganish uchun chiziqli dasturlash masalalari.
Kirish.
Algaritmlar uch turga bo'linadi:chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algaritmlarga. Masalani ishlash algaritmi ketma-ket bajarilsa, shart, takrorlanish qatnashmasa chiziqli algaritmlar deyiladi. Chiziqli algaritmlar asosida tuziladigan dasturlar chiziqli dasturlar deb ham ataladi. Dasturlash tillarini o'rganayotganimizda har xil masalalarni komyuterda dasturini tuzib, ishlatib ko'ramiz. Bu masalalar dasturlash tilining boshlang'ich qismini o'zlashtirishimizga yordam beradi. Har doim o'rganishni chiziqli masalalarni dasturlashdan boshlaymiz. Eng yaxshi Senior dasturchilar ham dasturlashni chiziqli masalalarni dasturini tuzishdan boshlagan.
1-masala. Ikkita a va b sonlarning yig'indisini hisoblovchi dastur tuzing. C=a+b.
a=float(input("a ni kiriting: "))
b=float(input("b ni kiriting: "))
C=a+b
print("Javob: "+str(C))
2-masala. Kvadratning berilgan a tamoni bo'yicha perimetrini aniqlovchi dastur tuzing. P=4*a.
a=float(input("a tamonni kiriting: "))
P=4*a
print("Perimetri: "+str(P))
3-masala. Kvadratning berilgan a tamoni bo'yicha yuzini topuvchi dastur tuzing. S=a^2.
a=float(input("a ni kiriting: "))
S=a**2
print("Kvadrat yuzi: "+str(S))
4-masala. Kubning berilgan a qirrasi bo'yicha hajmini topuvchi dastur tuzing. V=a^3.
a=float(input("a qirrani kiriting: "))
V=a**3
print("Kub hajmi: "+str(V))

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling