Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya


DNK ni bu ikki unikal xususiyatlari: o‘z-o‘zidan ikkilanish va


Download 7.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/186
Sana30.09.2023
Hajmi7.32 Mb.
#1690165
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   186
DNK ni bu ikki unikal xususiyatlari: o‘z-o‘zidan ikkilanish va 
gibridizatsiyadan amaliyotda qanday foydalanish mumkin? Hozirgi 
vaqtda bu xususiyatlar quyidagi sohalarda ishlatilmoqa:
- DNK da m a’lum nukleotid ketma-ketlikka ega bo‘lgan 
nukleotidlar (genlar) sonini topish uchun;
- hujayrada bitta genni (yagona genni) borligini yuqori aniqlikda 
ko'rsatib berish uchun;
- hujayrada matritsa RNK sini alohida turlarini aniqlash uchun;
- murtak rivojlanishi davomida genlami saralash faolligini 
o‘rganish uchun;
- DNK da sanaladigan (transkripsiya bo‘ladigan) va sanalmaydigan 
(transkripsiya bo'lmaydigan) nukleotidlami ketma-ketligini aniqlash 
uchun;
DNK ni replikatsiyalanish va gibridizatsiyalanish imkoniyatlari asosida, 
olimlar DNK ni amplifikatsiya (ko‘p marotaba nusxalanish) usulini ishlab 
chiqishga erishdilar va bu usul amaliyotda keng ishlatilib kelinmoqda.
3. Nuklein kisiotalar molekulalarini amplifikatsiyasi va uni 
amaliyotda ishlatilishi
DNKni strukturasini aniqlash (nukleotid ketma-ketligini) biologiya, 
tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, arxeologiya, paleontologiya, kriminalistikada 
kundan-kunga keng ishlatilib kelinmoqda. DNK strukturasini aniqlash 
maxsus laboratoriya usullari yordamida olib boriladi va tadqiqot obyekti 
sifatida bir organizmdan ajratib olingan katta miqdordagi DNKni talab 
qiladi.
Agar tadqiqotchi ixtiyorida atigi bir necha yoki bitta DNK 
molekulasi bo‘lsa, nima qilish kerak? 1983-yilgacha DNK ni 
strukturasini aniqlash muammosi hal qilinmagan edi. 0 ‘sha (1983) yili 
amerikalik olim K. Myullis bu muammoni DNKni unikal xususiyatlari: 
o‘z-o‘zidan 
ikkilanish 
va 
gibridizatsiyalanish 
xususiyatlaridan 
foydalanib, hal qilishga erishdi. K. Myullis - polimeraza zanjirli 
reaksiyani PZR amalga oshirdi va bu reaksiya asosida DNK 
molekulasini «nusxalanish^ usuli yaratildi. Bu usulni ilmiy nomi 
nuklein kislotalarini amplifikatsiyasi (nusxa sonini ko‘paytirish) usuli 
deb ataladi. Bu usul tufayli bir necha soat davomida molekulalami
78


(genlar, DNK bo‘laklari) millionlab nusxalarini olish imkoni tug‘ildi. 
Nusxalar soni ko‘paygandan keyin, ulami oddiy laboratoriya usullari 
yordamida o‘rganish osonlashadi.
Amerikalik olim yaratgan PZR usullarini eslab o'tishga urinib 
ko‘ramiz. Birinchi masala, bu usulni amalga oshirish uchun qanday 
birlamchi (dastlabki) komponentlar tayyorlash kerakligini aniqlash. 
Bunday komponentlarga quyidagilar kiradi:
1). DNK - matritsa - DNK molekulasi yoki uning bir qismi (bu 
virus yoki bakteriyani atigi birgina DNK molekulasi bo‘lish mumkin);
2). Praymerlar (20-30 juft nukleotiddan tashkil topgan, unchalik 
kattalikka ega bo‘lmagan fragmentlar). Bu praymerlar o‘rganiladigan 
genni oxirida joylashgan nukleotidlar ketma-ketligiga komplementar 
bo‘lish kerak. Praymerlar ikki maqsadda xizmat qiladi: birinchidan, 
erkin 31-uchli ketma-ketlik taqdim etilib, DNK - polimerazani ishga 
tushirib yuboradi; ikkinchidan, fermentni DNK ni faqatgina nusxala- 
nishga tanlangan qismi doirasidagina ishlashga majbur qiladi, ferment 
faoliyatini ikki tomondan chegaxalab qo'yadi;
3). DNK ni yangi komplementar zanjirini sintez qilish uchun 
material hisoblangan nukleotidlar aralashmasi;
4). DNK - polimeraza fermenti;
5). Bufer eritmalar (Mg2+, saqlagan reaksion muhit, bu muhit 
fermentni faolligini ushlab turish uchun kerak).
Yana savol tug‘iladi: qanday qilib yuqorida keltirib o‘tiIgan 

Download 7.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling