Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya


«lyambda» bakteriofagi va «ichak tayoqchasi»


Download 7.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/186
Sana30.09.2023
Hajmi7.32 Mb.
#1690165
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   186
«lyambda» bakteriofagi va «ichak tayoqchasi» bakteriyasini DNK 
fragmentlaridan tuzilgan. Bundan oldinroq ikkita unikal tip fermentlar 
ochilmaganida P. Berg bajargan tajribalami o ‘tkazib bo‘lmas edi.
Bu fermentlar:
1) 
restriktazalar - DNK 
molekulasini aniq bir uchastkadan 
kesadigan fermentlar;


2) 
ligazalar - DNKni har xil molekulasi fragmentlarini bir-biriga 
ulaydigan fermentlar.
Restriktazalar juda ham muvaffaqiyatli nom - «biologik qaychi» 
degan nom olgan. Bu «qaychilar» yordamida gen injenerlari DNK 
molekulalarini fragmentlarga kesib, har xil manipulatsiyalar o‘tkazadi. 
Gen injeneriyasi bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribalar o‘tkazish uchun 
zarur bo‘!gan ikkinchi sharoit bu «vektorlardan» foydalanishdir.
Vektorlar - viruslar yoki bakteriyalardan olinadigan qisqa 
xromosomalardan tashqaridagi DNK fragmenti - plazmidalardir. 
Restriktaza va ligaza fermentlari yordamida olimlar vektorlarga 
DNKning kerak bo'lgan fragmentini (gen) kiritaoladilar. Vektorni 
vazifasi - yangi DNKni hujayraga kiritish va uni xo‘jayin -  
organizm DNKsiga joylashtirish.
Gen muhandisligi usullarini mukammallashtirish, hatto qarindosh 
bo‘lmagan organizmlarni, shu jumladan evolutsiyaning har xil 
bosqichidan o‘rin olgan organizmlarni ham, genetik axborotlarini 
birlashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, «probirkada» (in vitro) 
ham rekombinant DNK yaratish jarayonini amalga oshirish mumkin. 
Albatta, bunday sharoitda tirik organizmlarda faoliyat ko‘rsatuvchi, 
to‘sib qo‘yuvchi mexanizmlarni chetlab o‘tish imkoni paydo bo‘ladi. 
Bugungi kunda gen muhandisligi usullari dorivor moddalar ishlab 
chiqarishda hamda boshqa qator jarayonlarda muvaffaqiyatli ishlatib 
kelinmoqda. Ular asosida insulin, interferon, interleykin, o‘stirish 
gormonlari kabi organizm uchun zarur bo'lgan moddalarni sanoat 
sharoitida ishlab chiqarish yo‘Iga qo‘yilgan. Gen muhandisligi asosida 
transgen o‘simliklar olish texnologiyasi ham yaratilgan (65-rasm).
Shuningdek, nafaqat sermahsul, balki yuqori darajada kasalliklarga 
va parazitlarga chidamli bo‘lgan hayvon zotlari ham yaratilgan. 
Masalan, Belgiya va AQSHda kartoshka va pomidomi kolorado 
qo‘ng‘iziga chidamli boMgan yangi navlari yaratilgan bo‘lib, ular tabiiy 
navlarga nisbatan insektitsidlar miqdorini 40-60% ga kamaytirishga 
imkon bergan.

Download 7.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling