Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya


Tirik sistemalarni mana shu nanostrukturalaridan sun’iy


Download 7.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/186
Sana30.09.2023
Hajmi7.32 Mb.
#1690165
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   186
Tirik sistemalarni mana shu nanostrukturalaridan sun’iy 
nanostrukturalar yaratishda foydalansa bo‘ladimi? Tadqiqotchilar 
qo‘shqavatdagi lipid molekulalarini orientatsiyasiga e’tibor berganlar. 
Qo'shqavatdagi lipid molekulalari shunday joylashganki, ularning
133


molekulaiarini nopolyar (gidrofob) dumlari lipid qavatni ichiga, ya’ni 
boshqa qavatni 
lipidlarini 
dumlariga qarab joylashgan. 
Lipid 
molekulaiarini polyar (gidrofil) boshchalari esa tashqariga qaragan.
Qo‘shqavatni (ikki qavatni) fragmentlari suvda o‘zlarini 
qanday tutadi? Olimlar qo‘shqavat fragmentlarini suvga solib, kichik 
dumaloq pufakchalar hosil bo‘lganini kuzatganlar. Pufakchalami devori 
lipidlarni qo‘shqavatidan tashkil topgan bo‘lib, ularni polyar boshchalari 
bir tomondan suvli muhit bilan, ikkinchi tomondan esa, pufakchani ichki 
bo‘shlig‘i bilan chegaralashgan. Devori lipidlardan tuzilgan bunday 
dumaloq pufakchalar liposomalar (grekcha-yog‘li jism) deb nomlangan. 
Mitsellalar - lipidlardan tashkil topgan mayda sharikchalar bo‘lib, ular 
liposomalardan strukturalarini o‘ziga xosligi bilan farqlanadi: 1 - ular 
ichki bo‘shliqqa ega emaslar (suvli idishchasi yo‘q); 2 - tashqi suvli 
muhitdan, nanosomalar (mitsellalar) bir qavatli lipidli devor bilan 
ajratilgan (78-rasm).
Suvli muhit
78-rasm. Suvli muhitda lipidli qo ‘shqavatdan liposomani (yuqorida va chap 
tomondagi rasm) va mitsellani shakllanishi.
Liposomalarni shakllanish sharoitlarini o‘zgartirib, olimlar uni 
ichiga dorivor moddalar, DNK bo‘lakchalari va boshqa moddalar 
kiritish yoMlarini topganlar.
Olimlar liposomalarni va plazmalemmalarni devorlarini struk- 
turaviy o ‘xshashligiga e’tibor berib, ulami o‘zaro ta’sirlarini maxsus 
tajribalarda o‘rganishni o‘zlariga vazifa qilib qo‘ydilar. Natijada 
liposomalar, 
nafaqat hayvonlar uchun toksik xususiyatga ega
134


emasliklarini, balki ular hujayra membranalari bilan qo‘shilish 
xususiyatiga ega ekanligini namoyish qilganlar (79-rasm).
Liposomadan amaliyotda foydalanish uchun qiziqarli jarayon 
quyidagi tadqiqotlarda kuzatilgan: Liposomani hujayra membranasi 
bilan qo'shilish jarayonida, liposomani ichidagi moddalar, hujayrani 
sitoplazmasiga o‘tganligi kuzatilgan. Demak, liposoma nishon-hujayrani 
ichiga dorivor moddalar yoki uni ichiga joylashtirilgan genni yetkazish 
xususiyatiga ega ekan.

Download 7.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling