Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya


Xivchinlar prokariot hujayralami


Download 7.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/186
Sana30.09.2023
Hajmi7.32 Mb.
#1690165
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   186
Xivchinlar prokariot hujayralami yagona sirtqi strukturasimi? 
Bakteriyalami sirtida xivchinlardan tashqari tuklar (vorsinki) ham bor. 
Ular xivchinlarga qaraganda ingichka (diametri 5-10 nm, uzunligi 2 
mkm gacha) boMib, asosan bakteriyalami substratga yopishib olishlari 
uchun xizmat qiladi. Vorsinkalar moddalami transportida ham ishtirok 
etishlari mumkin. Bakteriyalar odatdagi vorsinkalardan tashqari, uzun 
ipsimon vorsinkalar - pili ham saqlashi mumkin. Pilini diametri 3-10 
nm, uzunligi 10 mkm. Ular eng oddiy jinsiy jarayon-konyugatsiya 
jarayonida DNKni bir bakteriyadan, boshqasiga uzatishda ishlatilishi 
mumkin.
Prokariot va eukariot hujayralami tuzilishidagi katta farq, ulami 
hayot - faoliyatlariga ham ta’sir etmasdan qolmagan. Ko‘plab 
prokariotlarda oksidlanish jarayoni bijgMsh bilan chegaralangan. Ba’zi 
bir prokariot organizmlar atmosfera havosidagi azotni fiksatsiya qiiish 
xususiyatiga ega. Avtotrof prokariotlarda fotosintez jarayoni, ulami 
hujayra membranalarining qatlamlarida 
sodir boMadi. Prokariot 
organizmlami bunday noyob xususiyatlari, nanotexnologiya sohasida 
faoliyat ko‘rsatib kelayotgan olimlar va konstmktorlami qiziqtirmasdan 
qolmadi.
152


Moddalami hujayra ichiga kiritish. Hozirgi vaqtda bakteriyalarga 
dorivor moddalar va genlami hujayraga yo‘naltirilgan holda yetkazib 
berish uchun ideal transport vositasi sifatida qaralmoqda.
Bakteriyalami qaysi xususiyatlari bu sohada faoliyat ko‘rsatib 
kelayotgan mutaxassislarni e’tiborini tortgan? Eng aw alo, bakte­
riyalar tirik hujayraga yengil kirib borish xususiyatiga ega. Qizig‘i shun- 
daki, hujayraga dori-darmon, gormon, DNK yetkazib berib, shu jarayon­
lami bajarishda, hattoki nishon-hujayrani shikastlantirmaydi ham.
Nanotexnologiyada genni manzilga yetkazib berish usulidan 
foydalaniladi va bu usul «genii terapiya» deb nom olgan. Yetkazib 
berilgan gen hujayra yadrosiga kelib tushganidan va o‘zini faoliyatini 
boshlagandan keyin, hujayra o‘zi uchun zamr bo‘lgan oqsil (ferment) 
ishlab chiqaradi. Hosil bo‘lgan bu yangi oqsil, modda almashinuvini 
m e’yorga keltiradi va irsiy kasalliklarni namoyon bo‘lishini minumimga 
tushiradi.

Download 7.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling