Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya


organizmlarni hayotini membranali strukturalarsiz tasavvur qilib


Download 7.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/186
Sana30.09.2023
Hajmi7.32 Mb.
#1690165
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   186
organizmlarni hayotini membranali strukturalarsiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. Hujayra plazmalemmasidan ajralgan hujayra tezda nobud 
boMadi. Prokariot hujayralarda yadro boMmaydi. Ma’lumki, eukariot 
hujayralami yadrosida irsiy material to‘planadi. Shunday ekan bu 
materiallar prokariotlami qaysi joyida joylashadi? Yoki bunday 
materiallar umuman yo‘qmi? - degan savol tug‘iladi.
Prokariotlarda yadroni o‘miga nukleotid faoliyat ko'rsatadi. 
Nukleotidlar formasi aniq bo‘lmagan struktura bo‘lib, u bitta halqali 
DNK molekulasi, oqsil moddalar va RNKdan tuzilgan. Yagona DNK 
molekulasi prokariot hujayraning barcha irsiy axborotini o ‘zida saqlaydi.
DNK molekulasi xuddi barcha nukleotid kabi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
sitoplazmada joylashadi. U hujayra membranasini ichki sirtiga maxsus 
oqsil iplar yordamida bog‘langan bo‘lib, prokariot hujayralarda DNKni 
umumiy miqdori, eukariotlarga qaraganda ancha kam bo'ladi. Prokariot 
hujayralarini ko‘pchiligi noyob bo‘lib, odatda faqat tRNK va rRNK 
kodlovchi genlargina qaytarilib turiladi. Prokariotlar hujayraning ikkiga 
bo‘finish yo‘li orqali ko‘payadi va ko‘ndalang to‘siqlar hosil qiladi. 
Bundan oldin DNK molekulasi o ‘z-o‘zidan ikkilanadi. Bu jarayonni 
autoreplikatsiya deb ataladi. Hosil bo‘lgan DNKni ikki molekulasi,
151


o‘sib kelayotgan hujayra membranasi yordamida bir-biridan ajraladi. 
Prokariot hujayrani plazmalemmasini tashqaridan mustahkam hujayra 
devori o‘rab oladi. Bu devomi asosi maxsus polisaxarid - mureindan 
tashkil topgan. Hujayra devorini tashqi tomonida shilimshiq kapsula 
boMishi mumkin (84-rasm).
Tuzilishi oddiy boiishiga qaramasdan, prokariotlar faol hara- 
katlanish qobiliyatiga ega. Qanday apparat prokariotlar harakatini 
ta’minlaydi? Bakteriyalami ko‘pchiligi harakatlantimvchi maxsus 
organoid - xivchinlarga ega. Xivchinlami miqdori har xil turga mansub 
boMgan bakteriyalarda har xil bo‘lib, 1 tadan 100 tagacha boMadi. 
Xivchinni yo‘g‘onligi - 10-20 nm, uzunligi 3-15 mkm. Uning aylanishi 
soat strelkasini teskarisi ravishda boMib, bir sekundda harakatlanish 
imkonini beradi. Masalan, 
Xelikobakter
nomli bakteriya I sekundda 
o‘zining uzunligidan 60 marta uzunroq masofaga harakatlana oladi. 
Agar bu raqamlami yirik hayvonlami harakati bilan taqqoslaydigan 
boMsak, har qanday tezyurar hayvonlardan 2,5 marotaba tez ekanligiga 
guvoh boMamiz. Xivchinlar bakteriya hujayralarini butun sirti bo‘ylab 
bir tekis joylanishi yoki uni (bakteriya hujayrasini) bir yoki ikki joyidan 
chiqishi mumkin.

Download 7.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling