o‘sib kelayotgan hujayra membranasi yordamida bir-biridan ajraladi.
Prokariot hujayrani plazmalemmasini tashqaridan
mustahkam hujayra
devori o‘rab oladi. Bu devomi asosi maxsus polisaxarid - mureindan
tashkil topgan. Hujayra devorini tashqi tomonida shilimshiq kapsula
boMishi mumkin (84-rasm).
Tuzilishi
oddiy boiishiga qaramasdan, prokariotlar faol hara-
katlanish qobiliyatiga ega.
Qanday apparat prokariotlar harakatini
ta’minlaydi? Bakteriyalami ko‘pchiligi
harakatlantimvchi maxsus
organoid - xivchinlarga ega. Xivchinlami miqdori har xil turga mansub
boMgan bakteriyalarda har xil bo‘lib, 1 tadan 100 tagacha boMadi.
Xivchinni yo‘g‘onligi - 10-20 nm, uzunligi 3-15 mkm. Uning aylanishi
soat strelkasini
teskarisi ravishda boMib, bir sekundda harakatlanish
imkonini beradi. Masalan,
Xelikobakter
nomli bakteriya I sekundda
o‘zining uzunligidan 60 marta uzunroq masofaga harakatlana oladi.
Agar bu raqamlami yirik hayvonlami harakati
bilan taqqoslaydigan
boMsak, har qanday tezyurar hayvonlardan 2,5 marotaba tez ekanligiga
guvoh boMamiz. Xivchinlar bakteriya hujayralarini butun sirti bo‘ylab
bir tekis joylanishi yoki uni (bakteriya hujayrasini) bir yoki ikki joyidan
chiqishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: